Oluvchi quduqlar - bular eng kg’p sonli quduqlar bg’lib, neft-gaz va yg’ldosh mahsulotni chiqarishga mg’ljallangandir-lar.
Haydovchi quduqlar - bular qazib chiqarishning samara-dorligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz, bug’, havo va shu kabilarni haydash vazifasini g’taydilar. Qatlamni yoqish qg’llanganda ular yoquvchanlik vazifasinn ham g’taydilar.
Maxsus quduqlar - g’z nomi bilan qatlam - kon kg’rsatkichlarini g’rganish va tadqiq qilish uchun maxsus vazifa-larni bajaruvchi quduqlardir. Ularning g’rganish natijalari qatlamni qazib chiqarishga tayyorlashda, qazib chiqarish jarayonida nazorat qilishda asqotadi. Ularni asosan ikki turkumga bg’lish mumkin: 1) - baholovchi quduqlar; 2) nazorat qiluvchi quduklardir.
Baholovchi quduqlar - maxsus texnologiya bilan konni g’rganishning har xil bosqichlarida qaziladi va undan maxsus namunalar olinadi, natijada geofizik tadqiqotlar bilan neftgazga tg’yinganlik foizini yoki qoldiq neftga tg’yinganlik darajasini baholash maqsadida foydalaniladi.
Nazoratchi quduqlar - esa qatlamda qazib chiqarish jarayonida bo’layotgan g’zgarishlarni nazorat qilish uchun xizmat qiladilar. Bu pezometrik va kuzatuvchi quduqlarga bg’linadilar.
Pezometrik quduqlar asosan uyumning tashqarisidagi suvli zonada qazilgan bg’lib, undagi bosimlarning g’zgarish holatlarini har xil usul bilan g’rganish va natijalaridan ilmiy tahlilda foydalanish maqsadida ishlatiladi. Neftli zonadagi ba’zi suv bosgan quduqlardan ham pezometrik quduq sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kuzatuvchi quduqlar neftni suv-gaz bilan siqib chiqarish jarayonida neft-suv, suv-gaz, gaz-neft chegaralarining haraka-tini (ularning surilishlarini) kuzatuvchi quduqlardir. Bunday quduqlar uyum ichida qaziladi. Gaz konlarida kuzatuvchi quduq-larda qatlam bosimi ham doimo g’lchab boriladi. Bunday quduqlar g’z vazifasiga binoan jihozlanadi va shunga qarab ularda kuzatish ishlari olib boriladi. CHunonchi, neft quduqlarida ishlatish kolonnasini otmasdan foydalaniladi, natijada bunday quduqda neytron usullarining samaradorli-gini oshirishga imkon tug’iladi va neft-gaz-suvga shimilganlik darajasini g’rganish qulaylashadi.
Undan tashqari oluvchi quduqlar orasida ham kuzatuvchi quduqlarni belgilash mumkin. Buning uchun qazib chiqariladigan qatlam rg’parasidan shu quduq tubi ochiladi va boshqa ob’ektlar uchun g’sha quduq nazoratchi quduq, shu ob’ekt uchun esa oluvchi quduq vazifasini utayverishi mumkin. Undan tashqari gaz konlarida anchagacha tg’xtatib qg’yiladigan quduqlardan kuzatuvchi quduqlar sifatida foydalanish mumkin.
Maxsus quduqlar fondi qisman g’z vazifasini bajargan quduqlar hisobiga bajariladi, chunonchi pezometrik quduqlar razvedka maqsadida qazilgan bg’lib, ular uyumning chetida qolgan hollarda uni shu maqsadga g’tkaziladi. Lekin baholovchi quduqlar maxsus qaziladi.
YOrdamchi quduqlar konda asosan suv olish va suv haydash maqsadida ishlatiladigan quduqlardir, Ba’zan yuqori bosimli g’rtalikdagi suv qatlamlardan qazib chiqarilayotgan ob’ektga suv haydash uchun suv olinadi va shunday hollarda bu quduq ishga tushiriladi. Undan tashqari neft bilan birgalikda olinadigan kg’plab miqdordagi yg’ldosh suvni bosimini pastroq qatlamlarga haydash uchun ham quduqlar kerak bg’ladi. Bunday quduqlar aksariyat g’z vazifasini bajargan quduqlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |