Maydonli suv haydash (ploshadnoe zavodnenie) usuli ham ichki suv haydashning bir kg’rinishi bg’lib, bunda haydovchi va oluvchi quduqlar bir-biri bilan ketma-ket joylashtiriladi. Bunda oluvchi quduqlarga haydovchi quduqlarning ta’siri bevosita bg’ladi, chunki ular yonma-yon. Bg’lakli usulda esa faqat haydovchi quduqlar yonidagi qatorlarga birinchi galda ta’siri bg’lib, ungacha qolgan qatorlar ta’sirdan xoli ahvolda bg’ladilar. Masalan, beshqatorli suv haydashda ta’sir 2/5, uchqatorlida esa, 2/3 ekanligi aniq. Undan tashqari bu usulda xar bir haydovchi quduqqa tg’g’ri keladigan oluvchi quduqlar soni kamdir. Quduqlarning (oluvchi va haydovchi) joylashish tg’ri qazib chiqarish tartibining jadalligiga qarab, har xil kg’rinishda bg’lishi mumkin, hamda bunda oluvchi va haydovchi quduqlar nisbati ham turlicha bg’ladi. Masalan, chiziqli va beshqatorli tartibda bu munosabat 1 ga, etti nuqtalida 0,5 ga, uning g’chirilganida 2, tg’qqiz nuqtalida 0,33, uning g’chirilganida 3, katakli (yacheistiy) kg’rinishida 4-6 ga tengdir.
15-rasm. Neft uyumini gumbazdan suv haydash usuli bilan qazib chiqarish.
a- g’q bg’yicha suv haydash, b-halqa shaklida suv haydash, v-markazdan suv haydash. Qolgan shartli belgilar 12-rasmdagidek.
Maydonli suv haydash usulining amalda besh nuqtali, g’chirilgan etti nuqtali va g’chirilgan tg’qqiz nuqtali kg’rinishlari kengroq qg’llanganligi ma’lum.
Bu usullar aksariyat nisbatan bir tekis kollektorlik xususiyatlariga ega bg’lgan terrigen va karbonat kollektorlar-ning g’ovakli turida qg’llanadi. Undan tashqari bular g’tkazuvchanlik xususiyati kam kollektorlarda va ancha yuqori qovushqoqlik xususiyatiga ega bg’lgan neftli konlarda qg’llanadi. Ba’zan ham yomon g’tkazuvchan, ham yuqori qovushqoqli neftlar bir konda mujassam hollarda ham bu usul qg’llanaveradi. SHuni alohida qayd etish lozimkn, bu usulni mahsuldorligi yuqori bg’lgan konlarda ham muvaffaqiyat bilan qg’llayverish mumkin, undan tashqari kondan neft chiqarishning muddatli qisqartirish lozim bg’lganda uni ishlatishni jadallashtirish uchun ham bu usuldan foydalanish mumkin.
Keyingi vaqtlarda Udmurdistonlik neftchilar g’ovakli, yoriqli karbonat kollektorlarga joylashgan yuqori qovushqoqli kg’rsatkichga ega bg’lgan neft konlarini ishlatishda katakli deb nomlangan suv haydash usulini muvaffaqiyatli qg’llamoq-dalar. SHunga e’tibor qilish lozimki, bu usulni qg’llaganda oluvchi quduqlar g’ovakli kollektorlarda ishlayotgandek haydovchi quduqlar esa yuqori bosim ostida ochilgan yoriqlarni inobatga olganda, g’ovakli-yoriqli kollektorlarda ishlayotgandek faraz qilish mumkin. Bunda haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanlik xususiyati, oluvchi quduqlarning neft beruvchanlik xususiyatidan bir necha bor ortiq bg’lishligi kuzatiladi. Oddiy nuqtali usulni qg’llaganda bunday kollektorlardan foydali natijani ololmas edik. Katakli usul esa bunday qusurga ma’lum darajada barham beradi. Bunga sabab haydovchi quduqlar bilan oluvchi quduqlarning nisbati (1:6), ikkinchidan bu quduqlar orasidagi masofada tafovut mavjudligidir (oluvchi quduqlarning haydovchi quduqlarga nisbatan orasi yaqin). Lekin bunda olinadigan natijani faqat shu nisbatlar natijasi deb qarash mumkin emas.
Maydonli suv haydash usullarining g’ziga xos noqulay-liklari ham mavjud. Bunda hamma quduqlarni suv bosgan bg’ladi, shuning uchun ishga tushirilishi lozim bg’lgan quduqlar ham ma’lum darajada suv bilan ishlaydi. Undan tashqari ba’zi burchaklarda neft yaxshi yuvilmasdan qolib ketishi mumkin. Kg’pincha joriy va tg’la ta’mirlash ishlari quduqlarning ishlashida notekislik keltirib chiqaradi va natijada qatlamdan neft olish miqdori kamayishi mumkin. Qatlamlar-ning mahsuldorlik darajasi past bo’lganligi tufayli bu usul bilan neft chiqarilganda qatlamdan olinadigan pirovard neftmiqdori uning umumiy miqdoridan 0,45-0,5 dan oshmasli-gi tabiiy holdir.
Maydonli suv bostirish usulining har hil kg’rinishlari. kg’pgina neft tumanlarida qg’llanilgan. Bunda Ozarbayjon konlari, Udmurtiston konlari, CHichen-Ingushetiya-dagi Oktyabr koni, Farg’onadagi Andijon koni, Qozog’iston va G’arbiy Sibirdagi konlar misol bg’laoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |