9.2. Suv haydash usulini tanlashnnng geologik asoslanishi
Neft konlarini qazib chiqarishda qg’llanishi mumkin bg’lgan suv haydash turlarini yuqorida ko’rsatgan edik. Endi uni qg’llash uchun qaysi birini tanlash va qanday sharoitlar belgilash haqida fikr yuritamiz.
Qatlamga suv haydash yg’li bilan ta’sir etishni tanlash uyum turiga, uning g’lchamlariga hamda suv-neft zonasining o’lchamiga, qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligiga, qatlam-kollektorlarining turi va ularning g’tkazuvchanlik xususiyatlariga, qatlamning xilma-xilligiga, har xil uzilmalarning mavjudligi va shu kabi belgilariga qarab bajariladi. Biz quyida suv haydashning har xil turlari tg’g’risida va ularni qo’llashning geologik sharoitlari to’g’risida fikr yuritamiz.
Uyum tashqarisidan turib suv haydash. Bunday usul tatbiq qilinganda suv haydash quduqlari uyum tashqarisidagi suvli zonaga joylashtiriladi. Dastlabki vaqtlarda bunday usulda uyum chegarasidan 3-5 km ga haydovchi quduqlar joylashtirilar edi, lekin ularni qanchalik chegaraga yaqinroq joylashtirsak, natija shunchalik yaxshi bg’lishi ma’lum bo’ladi. Bunda biz tabiiy suv siquvi rejimiga g’xshash sharoit barpo qilamiz va neftni suv bilan siqib chiqarish jarayoni xuddi g’sha rejimdagiga g’xshab ketadi. Uyumning kengligi uncha katta bg’lmagan hollarda gaz-neftli va neftli uyumlarda bu usulni qg’llash yaxshi natijalar beradi. Undan tashqari natijaning yaxshi bg’lishi qatlam sharoitidagi neftning kamroq qovushqoqlik xususiyatiga ega bg’lishiga va anchagina yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bg’lishligiga, hamda qatlamning
12-rasm. Neft uyumiga chiziqdan tashqaridan suv haydash usuli bilan qazib chiqarish.
1-tashqi neftli chegara, 2-ichki neftli chegara, 3-haydovchi quduqlar, 4-oluvchi quduqlar.
ozmi-kg’pmi bir xilligiga va nihoyat qatlamning uyum tashqarisi bilan uning orasidagi bog’langanligi yaxshi bg’lishiga aloqador bg’ladi.
Bunday usul qatlam turidagi hamda massiv turdagi karbonat kollektorlarda yaxshi natijalar berganligi tajribadan ma’lum.
Geologik jihatdan qulay bg’lgan hollarda bu usulni qg’llash natijasida yuqori neft beruvchanlik darajasiga erishish mumkin. Bunda asosan oluvchi quduqlar neftli zonaga joylashtirilgan bg’lib, suv-neftli zonadagi neftlar tashqarisidan haydalgan suv yordamida quduqlar tubiga haydab kelinadi, natijada neftning qatlamda qolib ketishi unchalik kg’p bg’lmaydi, undan tashqari neftli quduqlarning soni xam uncha kg’p bg’lmaydi. SHuni qayd qilish lozimki, bunday usulni erkin gaz mavjud uyumlarda gaz-neft chegarasini siljitmagan holda uning quvvatini ma’lum darajada qazib chiqarish jarayoniga jalb qilib ishlatish hollarida ham muvaffaqiyat bilan qg’llash mumkin. Bu usul bilan qatlamga suv xaydash jarayonida bir dona xaydovchi quduqqa aksariyat 4-5 ta mahsulot oluvchi quduq tg’g’ri kelishi mumkin. SHuni qayd etamizki, bunday usulni qg’llash uchun kerakli sharoitlarning mavjud bg’lavermasligi tufayli uni tajribada kamroq uchratamiz.
Bu usulda qatlamlarni qazib chiqarish kg’pgina joylarida muvaffaqiyatli qg’llangan, jumladan Bavli konining D1 qatlami, Tg’ymaza konining Dp va Xg’jaobod konining (Farg’ona) VIII qatlami shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |