11. Respublika yo’l jamg’armasiga to’lovlar hisobi
Yo’l fondining mablag’lari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini saqlash, qurish, qaytadan qurish, ta’mirlash bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda olib qo’yilishi yoki sarflanishi mumkin emas. Yo’l fondining joriy yilda foydalanilmagan mablag’lari zahiraga o’tkazilib, keyingi yilda faqat maqsadga muvofiq sarflanadi.
Respublika yo’l jamg’armasi ajratmalarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan foydalaniladi:
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar".
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Yo’l fondiga to’lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Yo’l fondiga ajratmalar hisoblanganida quyidagicha provodkalar beriladi:
Hisobot davri yakunida Yo’l fondiga ilgari to’langan bo’nak to’lovlari yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar" hisob-varag’iga o’tkaziladi:
Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6520 - "Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar";
SHundan so’ng Yo’l fondiga bo’lgan qarz to’lovlari o’tkazib beriladi:
D-t 6520 - "Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar";
K-t 5110 -"Hisob-kitob schyoti".
12. Soddalashtirilgan soliqlar hisobi Yagona soliq to’lovi hisobi. 2005 yil 20 iyunda Prezidentning "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PF-3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko’rsatish shart-sharoitini yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo’naltirilgan va asosiy masalalar tartibga solinadi:
1) soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o’zgarishi, birxillashtirilgan soliq to’lovining joriy etilishi;
2) joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to’lovi to’lovchilari uchun imtiyozlar va qo’shimcha preferensiyalar berilishi.
Yagona soliq to’lovini to’lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar bo’yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo’l va Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi jamg’armalariga majburiy ajratmalar summalarini alohida to’lanmaydi.