А. Туркманов бухгалтерия ҳисoби



Download 21,68 Mb.
bet131/172
Sana23.02.2022
Hajmi21,68 Mb.
#165346
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   172
Bog'liq
Бухгалтерия ЎМК (1)

8. Yer solig’ini hisoblash va to’lash tartibi
O’z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar yer solig’i to’lovchilaridir.
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastqalari;

  1. qishloq yoki o’rmon xo’jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

  2. korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoqi qishloq xo’jaligiga taalluqli bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yer uchastqalari;

  3. korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo’lgan mulk xuquqi o’tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari.

Yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va Davlat Soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq to’lovchilarga yetkaziladi.
Yer solig’ini hisoblash yer uchastkasining haqiqiy maydoni asosida amalga oshiriladi.
Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik"
Ushbu soliq byudjetga to’langanda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti"


9. Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliq hisobi
Yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy investitsiyali yuridik shaxslar ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar hisoblanadi.
Soliq solish ob’ekti bo’lib "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot"ning 2-son shakli 270-satrida "Soliq solinadigan foyda" qiymatidan foyda solig’i ayrilgan summasi hisoblanadi. Soliqning eng yuqori stavkasi soliqqa tortish ob’ektining 8%i miqdorida belgilangan. Mahalliy hokimiyat idoralari soliqni past stavkalar bo’yicha to’lashi mumkin.
Balansida ijgimoiy infratuzilma ob’ektlari bo’lgan soliq to’lovchilar byudjetga to’lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:

  • agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo’lsa, soliq to’lanmaydi;

  • agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo’lsa, byudjetga to’lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Belgilangan tartibda hisoblangan soliq quyidagicha o’tkazma bilan aks etgiriladi:
Debet 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar»
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)».
Soliqni byudjetta o’tkazishda qilinadigan yozuv:
Debet 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha karz (turlari bo’yicha)»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».



Download 21,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish