А. Туркманов бухгалтерия ҳисoби



Download 21,68 Mb.
bet132/172
Sana23.02.2022
Hajmi21,68 Mb.
#165346
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172
Bog'liq
Бухгалтерия ЎМК (1)

10. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga to’lovlar hisobi
Byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy yoki mahalliy hokimiyat organlarining ixtiyorida bo’lgan moliyaviy resurslar yig’indisi bo’lib, ular ma’lum maqsadga yo’naltiriladi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar moliyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ularning shakllanishi va ishlatilish tartibi moliyaviy qonunchilik orqali tartibga solinadi.
Davlat byudjetdan tashqari jamg’armalarni tashkil etish orqali o’zining moliyaviy mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Amaliyotdan ma’lumki, faqatgina byudjet mablag’lari yordamida u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni hayotga tatbiq etish mushkuldir.
Pensiya jamg’armai shakllanishining boshqa elementlari ham bor:
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining’ 15- moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda jarohatlanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo’lganlarga pensiya to’lash xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag’lar;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 14- moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag’lari;
Hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg’armasiga undirilgan summalaridan tashqari, sug’urta badallari va ajratmalarning o’z vaqtida to’lamaganligi uchun penyalar;
Yagona ijtimoiy to’lov 2015 yilda 25 foizli stavka qilib belgilandi, uning maqsadli jamg’armalarga quyidagi stavkalar bo’yicha, ya’ni, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga -24,8 foiz, Davlat bandlikka ko’maklashish fondiga – 0,1 foiz, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga – 0,1 foiz miqdorida taqsimlanishi saqlanib qoldi. Mikrofirma va kichik korxonalar, shu jumladan fermer xo`jaliklariga 15 foiz qilib belgilandi. Fuqarolarning byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari amaldagi 6.5 foiz o’rniga 7 foiz qilib belgilandi..

Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;


Pensiya fondiga ajratmalarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan foydalaniladi:
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo’nak to’lovlari";
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar".
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo’nak to’lovlari" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga hisobot davrida o’tkazib berilgan bo’nak to’lovlari hisobga olinadi.
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo’nak to’lovlari"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti";
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga to’lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Pensiya fondiga ajratmalar hisoblanganida quyidagicha provodkalar beriladi:
Kapital qo’yilmalar bo’yicha sug’urta to’lovlari hisoblandi:
D-t 0810-0890;
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar". Хarajatlarga tegishli sug’urta to’lovlari hisoblandi:
D-t 2011, 2310, 2510, 9420;
K-t 6520- "Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar".
Хodimning ish haqidan ushlanadigan sug’urta to’lovlari hisoblandi:
D-t 6710-"Хodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar";
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar".
Hisobot davri yakunida Pensiya fondiga ilgari to’langan bo’nak to’lovlari yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar" schyotiga o’tkaziladi:
D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar"
K-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo’nak to’lovlari".
SHundan so’ng Pensiya fondiga bo’lgan qarz to’lovlari o’tkazib beriladi:
D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar";
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti".



Download 21,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish