A toshmatov, sh sh. Magzumova


ruhiyat nuqsonining rivojlanishi



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

ruhiyat nuqsonining rivojlanishi,
bu bem orning ish qobiliyatini 
pasaytirishi, hatto ish qobiliyatidan m ahrum qilishi m um kin va uning 
shaxsini jamiyatdagi to ‘la qonli hayotga adaptatsiyasiga xalaqit beradigan 
darajada o'zgartirib yuboradi. Hissiyot-iroda nuqsonlari shizofreniyada; 
intellektual m nestik buzilishlar — bosh miya qon tom ir kasalliklari, 
travmalaribilan bog'liq organ ik kasalliklari, og‘ir yuqumli va intoksikatsion 
psixozlar, shuningdek, kechki yosh davrining aqli zaiflikka olib keluvchi 
kasalliklarida rivojlanishi mumkin.
— 
tez-tez kuzatiluvchi retsidivlar
ruhiy kasalliklarda ular ruhiy faoliyat 
nuqsoniga har doim ham bo ‘laverm asa-da, olib keladi, am m o tez-tez 
gospitalizatsiyalar zarurati tufayli bemor hayotga tuig‘un moslasha olmaydi. 
Bunday kechish turi turli xil psixozlarda uchrashi mumkin;
— 
shaxsning patologik rivojlanishi (psixopatizatsiya),
o ‘tkazilgan 
psixozdan keyin, shuningdek, bemorning jamiyatda moslashuviga xalaqit 
beradigan darajaga yetishi mumkin;
— 
о ‘lim holati,
bu asosan yo'ldosh kasalliklar bilan bogMiq. Umuman, 
ruhiy kasalliklarda o ‘lim holati ko‘p uchramaydi. U umumiy aholi orasidagi 
o‘lim ko'rsatkichining 5-6% iga to‘g‘ri keladi. Tibbiyot fani va amaliyotining 
yutuqlari sababli, oxirgi o ‘nyillik davomida bu ko‘rsatkich keskin pasaydi. 
A m m o ba’zi m uam m olar hali hal etilmagan va ko'pchilikni bezov- 
talantirmoqda. Bu — o 'tkir alkogol psixozi — oq alahlashdagi yuqori 
ko‘rsatkichli o‘lim ko'rsatkichiga ham taalluqlidir. Yana bir muhim muammo
— o ‘z joniga qasd qilish holatlarining salmoqli miqdori ruhiy kasalliklar 
bilan bog‘liq. Yirik ijtimoiy islohotlar va kasalxonadan tashqaridagi 
yordamning samarali tashkil etilishi sababli bu ko'rsatkich nisbatan pasaydi.
REAKTIV PSIXOZLAR
Reaktiv psixozlar ko‘pincha zaif turdagi asab tizimli shaxslarda o ‘ta 
kuchli ekstraordinar ruhiy jarohatlovchi omillar (yaqin kishisining oiim i, 
bemorning yoki uning yaqin qarindoshlarining hayoti xavf ostida qolishi 
va h.k.) ta ’siri ostida yuzaga keladi. Reaktiv psixozlaming klinikasi idrok, 
hissiyot, tafakkur, ong, doiralarining yaqqol buzilishlari, qo‘pol xulq- 
atvor buzilishlari bo‘lishi bilan xususiyatlidir. Bemorlarning reaksiyasi
55


yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan nomuvofiq bo'lib, tanqid yo'qoladi. Endogen 
psixozlardan farqli tarzda reaktiv psixozlarning oqibati nisbatan yaxshi, 
odatda, jarayon ortga qaytishga moyil, ammo ba’zi holatlarda, ruhiy 
jarohatlovchi vaziyat bemor uchun alohida ahamiyatga ega bo'lganda va uni 
uzoq vaqt davomida bartaraf etishning iloji bo'lmaganda, reaktiv holatlar 
cho'zilgan shaklda kechadi. Reaktiv psixozlarning bir necha shakli ajratiladi.
Affektiv-shok reaksiyalari to'satdan yuzaga kelgan va juda kuchli ruhiy 
jarohatlovchi om illar (yer qimirlashi, o 't ketishi, suv bosishi, transport 
halokati va h.k.) natijasida, Icuchli stressli vaziyatlarda yuzaga keladi. Ular 
reaktiv qo'zg'alish shaklida kechib, ong maydoni torayishi, panik qo'rquv, 
m a’nosiz xatti-harakatlar bilan kuzatiladi va bemorning jon saqlashiga 
halal beradi, yoki reaktiv stupor shaklida: soqovlik, qotib qolish, 
harakatsizlik kabi javob reaksiyasining nomuvofiq shakllari ko'rinishida 
kechadi. Natijada bu holatdagi bemorlarda, odatda, amneziya kuzatiladi.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish