57. XVIII асрда мустамлакачилик сиёсати.
Fransiya dastlabki ikki yirik urushini (1667 - 1668; 1672 – 1678 yy.) boy va sanoati rivojlangan Ispan Niderlandlari uchun olib bordi. “Golland urushlari” Lyudovik XIVga to‘la g‘alabani keltirmadi (ya’ni butun Ispan Niderlandlarining bosib olinishi), ammo Aaxen (1668y.) va Nimvegen (1679y.) tinchlik shartnomalariga ko‘ra Fransiya o‘z erlariga Janubiy Niderlandlarining qator shaharlarini (Lill, Valansen, Kambre va boshq), hamda Muqaddas Rim imperiyasining Fransh - Konte viloyatini qo‘shib oldi. Tinchlik imzolanganidan so‘ng Lyudovik XIV, turklarning Venaga solgan Yangi tahdididan foydalanib, 1681 yilda Elzas viloyatining markazi - Strasburg shahrini bosib oldi. 1684 yilda imperator Leopold I (1658 - 1705yy.) va Ispaniya qiroli Karl II (1665 - 1700yy.) Regensburgda Lyudovik XIV bilan shartnoma imzolashdi. Unda 20 yil yarash ahdi ko‘zda tutilgandi va Fransiyaning hududiy istilolari tan olindi. Fransiyaning muvaffaqiyatlari 1686 yilda, Vilgelm III Oranskiy tashabbuskori bo‘lgan, Augsburg ligasi deb nomlangan mudofaa ittifoqining tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. Augsburg ligasi tarkibiga Gollandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Savoyya, Avstriya, ayrim nemis kurfyurstliklari va italyan davlatlari kirishdi. Ittifoqqa Rim papasi Innokentiy XI xomiylik qildi. Angliyada 1688 yilda ro‘y bergan “Shonli inqilob” natijasida Niderlandlar stautxauderining ingliz taxtiga o‘tirishi Angliyaning koalitsiyaga qo‘shilish uchun imkon yaratdi. 1688 yilda Lyudovik XIV deyarli butun Evropaga qarshi o‘zining uchinchi urushini boshladi. Harbiy harakatlar quruqlikda va dengizda olib borildi. Evropa maydonlarida g‘alabalarga erishgan Fransiya ingliz flotidan mag‘lubiyatlarga uchrardi. Urush 1697 yilda Risvik sulhining imzolanishi bilan yakunlandi. Hududiy jihatdan deyarli urushdan oldingi holat tiklandi. Fransiya faqat Strasburgni va imperiya bilan chegaradagi ayrim erlarni o‘zida saqlab qoldi. Fransiyaning eng katta siyosiy yon berishi - Vilgelm III Oranskiyni ingliz qiroli sifatida tan olishi edi. Risvik sulhidan uch yil o‘tgandan so‘ng Lyudovik XIV o‘zining to‘rtinchi, oxirgi urushini - “ispan merosi”1 uchun urushni (1701-1714yy.) boshladi. Ispaniya taxtining bo‘shab qolganligi (ispan Gabsburglaridan bo‘lgan farzandsiz Karl II ning 1700 yilda vafotidan so‘ng) ushbu urushga bahona bo‘ldi. Vilgelm III Oranskiy, imperator Leopold I, german knyazlarining ko‘pchiligi, Bryunderburg kurfyursti (1701 yildan Prussiya qiroli), Portugaliya, Savoyya Fransiyaga qarshi chiqishdi. Ispaniyadan tashqari, faqatgina Bavariya kurfyursti (unga Ispan Niderlandlari va Pfals va’da qilingandi) va Kyoln arxiepiskopi Lyudovik XIV ning ittifoqchilari bo‘lib qolishdi. Lyudovik XIV Fransiyaning an’anaviy ittifoqchisi - Shvetsiyadan katta umidlari bor edi. Shvedlar o‘sha davrda Evropadagi eng ilg‘or armiyaga ega edilar. Ammo Shvetsiya Shimoliy urushda (1700 - 1721yy.) o‘ralashib qoldi va Fransiya hech qanday yordam beraolmadi. Harbiy harakatlar asosan Italiya, Ispaniya, Niderlandlar, hamda Germaniya va Fransiyaning ular bilan chegaradosh hududlarida olib borildi. Fransiyani to‘la mag‘lubiyatdan uning dushmanlari lageridagi kelishmovchiliklar va ularning ichki qiyinchiliklari saqlab qoldi. 1713 yilda Utrexda tinchlik kongressi ochildi; unda Fransiya va Ispaniya, bir tomondan va Angliya, Gollandiya, Brandenburg, Savoyya, hamda Portugaliya, ikkinchi tomondan, tinchlik shartnomalariga imzo qo‘yishdi. Ispaniyaga uning mustamlakalari qoldirildi, ammo Filipp V Burbon, o‘zida faqatgina ispan taxtini saqlab qolib, Fransiya tojiga bo‘lgan da’volaridan voz kechdi. Ersgersog Karlga (1711 yilda Karl VI nomi bilan Muqaddas Rim imperiyasining imperatori bo‘ldi) ispan taxtidan voz kechganligi evaziga Ispan Niderlandlari (Belgiya) va Italiyadagi barcha ispan erlari (Milan gersogligi, Neapolitan qirolligi, Sardiniya va boshq) berildi. 1714 yilda Utrext shartnomasiga Avstriya ham qo‘shildi (1714 yildagi Rashtatt shartnomasi). Angliya Pireneydagi Gibraltar qal’asini, Menorkadagi Maon portini, fransuzlarning Shimoliy Amerikadagi sobiq hududlarini (Nyufaundlend oroli, Kanadada avliyo Lavrentiy daryosining quyilish joyi), hamda ispan mustamlakalarida alohida savdo huquqlarini, shu jumladan “asiento”ni (qullar bilan savdo qilish huquqi), qo‘lga kiritdi. Fransiya yirik tashqi siyosiy mag‘lubiyatga uchradi. Evropada Fransiyaning ustivorligi davri yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |