21.Қадимги Римда халқаро алоқаларнинг шакллари ва дипломатия муассасалари.
Eng qadimgi davrlardan boshlab Rimda mehmondorchilik huquqi mavjud bo‘lib, u Yunonistondagi prokseniyani eslatardi. Qabilalar va qabilaviy ittifoqlar o‘rtasida yuzaga keladigan janjallar va anglashilmovchiliklarni tartibga solgan kohinlarning fetsiallar kollegiyasi bor edi. Birorta tashqi siyosiy tashabbusni fetsiallarning ijozatisiz na boshlab bo‘lardi, na yakunlab. Xalqaro kelishuvlarni saqlash, urush e’lon qilishning va sulh tuzishning rasmiy marosimini o‘tkazish fetsiallar vakolatlarining doirasiga kirardi. Boshqa qabilaga mansub kishilar bilan bo‘lgan munosabatlarda Rim jamoasi va alohida fuqarolarning manfaatlarini rekuperatorlar deb nomlangan martabali shaxslar himoya qilgan. Ular, rimliklar va qo‘shni shaharlar va qabilalar vakillari o‘rtasida paydo bo‘ladigan o‘zaro moddiy da’volar negizidagi janjallarni va tortishuvlarni ko‘rib chiqadigan, soni 3 dan 5 gacha bo‘lgan saylanma hakamlar edi. Keyinchalik, mil. avv. II – I asrlarda, rekuperatorlar sudi Rim viloyatlari aholisining noiblar ustidan qilgan arzlari va shikoyatlarini ham ko‘rib chiqqan. Xalqaro aloqalarning rivojlanishi munosabati bilan Rimda xalqaro huquqning kurtaklari ham paydo bo‘lmoqda edi. Buni fetsiallar huquqida ko‘rish mumkin. Iqtisodiy xayotning murakkablashishi va qo‘shnilar bilan tinchlik munosabatlarining rivojlanishi sari faqat Rim fuqarolarga taaluqli bo‘lgan qadimgi “fuqarolar huquqi” bilan bir qatorda “xalqlar huquqi” ham vujudga keldiki, u rimliklar va chet elliklar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soldi. Antik davriga oid diplomatik muassasalarning tashkil etilishi va ichki tuzilishi Rimda mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumning xususiyatlarini aks ettirgan klassik davridagi Rimda xalq yig‘ini faqat urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal qilardi, tashqi siyosatga esa Senat siyosiy rahbarlik qilardi.
Rim tarixining eng qadimgi (podsholik) davrida elchilik yuborish huquqi podshoga tegishli bo‘lib, elchilar esa fetsiallardan iborat edi. Respublika davrida ushbu huquq Senat qo‘liga o‘tdi. Elchilar legatlar va oratorlar deb nomlandi. Elchi shaxsi odat va qonun bilan himoya qilingandi. Elchiliklar turli maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin edi: urush e’lon qilish va sulh tuzish, shartnomalarni imzolash, bo‘ysundirilgan viloyatlarning boshqaruvini yo‘lga qo‘yish, ihtiloflar va diniy kelishmovchiliklarni hal qilishda hakamlik qilish. Senat nafaqat elchiliklarni yuborish, balki ularni qabul qilish huquqiga ega edi. Rimga etib keladigan elchiliklar ikki toifaga bo‘linardi: 1) G‘anim davlatlarning elchiliklari; 2) Do‘stona davlatlarning elchiliklari; Ichki diplomatiya so‘nggi antik davriga oid xalqaro munosabatlar tizimining o‘ziga xos xususiyati sifatida namoyon bo‘lgan. Ichki diplomatiya rivojlanishining eng yuqori cho‘qqisiga Rim imperiyasi davrida chiqqan. Rim imperiyasida markaz va alohida qismlar o‘rtasidagi munosabatlarning mujmalligi sharoitida na faqat tashqi va balki ichki siyosat o‘rtasidagi, na ichki va tashqi diplomatiya o‘rtasidagi aniq chegarani belgilashning iloji yo‘qdir. Rimda mavjud bo‘lgan davlat huquqi nuqtai nazardan, har bir shahar va hatto mamlakatning maydaroq qismi mustaqil siyosiy sub’ekt, ya’ni davlat ichidagi davlat sifatida ko‘rilardi. Ushbu mustaqillikning ko‘rinishlaridan biri elchilik huquqida o‘z ifodasini topgandi. Yuqorida tilga olingan har bir shahar yoki ma’muriy qism markazga elchilik yuborishi, qo‘shnilari bilan shartnoma tuzishi mumkin edi va hokazo, bir so‘z bilan aytganda, huquqiy jihatdan mustaqil birlik yoki tomon sifatida harakat qilardi. Natijada, ma’lum nuqtai nazardan yagona hisoblangan xalqlar huquqi rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |