“Strategiya” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Tor ma’noda strategiya qaror qabul qilish qoidalari majmui sifatida belgilanadi; tashkilotga muvozanat va umumiy o‘sish yo‘nalishini ta’minlaydigan tizimli yondashuv; beqarorlik sharoitlarida firmaga yordam beruvchi vosita. Bu jihatdan strategiyani qaror qabul qilish jarayoni, o‘zaro bog‘liq harakatlar majmui, maqsadlarga erishish kompleksli rejasi yoki maqsadlarga erishish yo‘li sifatida ham ko‘rib chiqishadi. Keng ma’noda strategiyani qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish uchun qo‘llanadigan tamoyil, usul, harakat vosita va yo‘llari majmui sifatida ta’riflanadi.
Korxonalar (ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari, firmalar) o‘z faoliyatida (ishlab chiqarish, innovatsion) qo‘llagan strategiya tamoyillari uning ko‘p tomonlarini qamrab olib, quyidagilarda qo‘llaniladi: 1) faoliyatning hozirda va kelajakdagi natijalarini baholashda; 2) tashkilotning tashqi muhit bilan munosabatlarini belgilashda, bunda muayyan innovatsion ishlanmalar, ularning amalga oshirish o‘rni va raqobatchilar ustidan ustuvorlikka erishish yo‘llari asoslab beriladi; 3) tashkilotning ichki munosabatlarini o‘rnatishda (masalan, Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari xizmatlari va marketing o‘rtasidagi munosabatlar) va tezkor faoliyatni amalga oshirishda. Strategiya uchun quyidagi xususiyatlar xarakterlidir: strategiyani tanlash jarayoni korxona pozitsiyalarini mustahkamlaydigan umumiy yo‘nalishlarni aniqlash bilan tugaydi; u rivojlanishning samarali yo‘llari va imkoniyatlarini aniqlashda yordam beradi; umumlashtirilgan va har dom ham aniq
bo‘lmagan ma’lumotlar ishlatiladi; teskari aloqa ma’lumotlari (reklamatsiya, iste’molchilar talablari va h.k.) keng qo‘llaniladi.
Strategiya va orientirni ajratish lozim. Orientir - bu tashkilot intilgan maqsad, strategiya esa – maqsadga erishish vositasidir. Bitta orientirda samarali bo‘lgan strategiya, korxona (firma) orientirlari o‘zgarganda boshqacha bo‘ladi. Strategiya va orientir o‘zaro bog‘liq va o‘zaro almasha oladi. Shu asnoda, ba’zi ko‘rsatkichlar, masalan, bozor ulushining ortishi, rentabellik darajasining oshishi, ma’lum bir vaqtda tashkilot uchun orientir bo‘lib, boshqa vaqtda – uning strategiyasi bo‘lishi mumkin. Boshqarishning yuqori darajalarida (soha, vazirlik) bozor ulushining ortishi strategiya bo‘lib, pastkilarida esa (korxona, birlashma) orientirga aylanadi.
Innovatsiyalar strategiyasi zarurati asosan korxona (tashkilot, birlashma) ning tashqi muhitidagi keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lganda vujudga keladi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi:
bozorning to‘yinganligi va talabning kamayishi;
ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasidagi radikal o‘zgarishlar;
ishlab chiqarish diversifikatsiyasi va natijada – yangilik kiritishlarning bozor assortimentining kengayishi;
bozorda prinsipial yangiliklar paydo bo‘lishi;
yangi raqobatchilar xavfi.
Strategiya zarurati jamiyat tomonidan, misol uchun, keskin ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarda bo‘lgan talablari korxonani o‘z orientirlarini keskin o‘zgartirishga majbur qilganda ham vujudga keladi.
Innovatsiyalar strategiyasini ishlab chiqish korxona (korporatsiya, birlashma) ning umumiy maqsadini ifodalashdan boshlanadi. Umumiy maqsad ifodalangandan so‘ng aniq maqsadlar belgilanadi.
Aniq maqsadlarga erishuvchanlik ularning strategiya amalga oshishi davrida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatdagi realistikligiga bog‘liq. Ularning realistikligini iqtisodiy vaziyatni bashoratlash,
tashqi muhit o‘zgarishi asosida ta’minlanadi. Bunda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va ekologik omillar tahlil etiladi. Bashoratlashning asosiy maqsadi – korxonalar qulay imkoniyatlardan foydalanish uchun nima qilishi kerakligi va iqtisodiy vaziyatning kelgusidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq tahdidlarga qanday javob berishi lozimligini aniqlashdir. Tashqi muhit, iqtisodiy vaziyat o‘zgarishini bashoratlash ahamiyati innovatsion strategiyaning so‘nggi ta’riflanishida quyidagilardan iborat:
kelgusi xavflar va qulay imkoniyatlarni aniqlash;
kutilmagan hodisalarni istisno qilish;
yangi raqobatlashuvchi texnologiya (buyum, mahsulot)larni izlash.
Innovatsilar strategiyasini so‘nggi tanlov va ifodalashda korxona (tashkilot) ning imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Shu sababli uning faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini tahlil etish lozim. Korxonaning kuchli tomoni - texnik ishlanmalarning ilmiy salohiyati va darajasi, zaif tomoni esa – ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi darajasi bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda innovatsion rivojlanish strategiyasini prinsipial yangiliklarni ishlab chiqish va chiqarishga asoslash maqsadga muvofiqdir. Agar korxonaning kuchli tomoni bozorning o‘rganilganligi, uning ma’lum ulushini qo‘lga kiritishda bo‘lsa, innovatsion rivojlanish strategiyasi, ehtimol, bozor ulushining ortishi va bozorning o‘zlashtirilgan mahsulot modifikatsiyalarini yaratish, buyumlarning tuzilishiga bo‘lgan funksional o‘zartirishlar kiritish va hokazolar bilan erishilgan assortiment siljishlar hisobidan kengayishiga asoslanadi. Oldindan aniqlangan va asoslangan maqsadga erishish yo‘llari (“qay tarzda?”) va iqtisodiy vaziyat, tashqi muhit bashoratlarining (“qanday imkoniyatlar bo‘ladi?”) ichki muhit, ichki imkoniyatlar tahlili natijalari bilan qiyoslanishi (“korxona nima qila oladi?”) innovatsion strategiyaning so‘nggi tanlovi uchun asos bo‘ladi (“korxona nima qiladi?”).
Do'stlaringiz bilan baham: |