A. Taniyev innovatsion iqtisodiyot darslik


Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari



Download 0,97 Mb.
bet107/141
Sana19.11.2022
Hajmi0,97 Mb.
#868378
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141
Bog'liq
3 чи Таниев Инновацион иытисодиёт 2020

Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari


Davlatning innovatsion jarayonga ta’sir etishning muhim elementi – huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiyasi ilmiy-texnik taraqqiyotni, innovatsion jarayonni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishning bosh omillaridan biri sifatida belgilagan. U davlat vazifasi sifatida ilmiy-texnik yutuqlarni xalq xo‘jaligi va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshishini tashkil etishni mustahkamlab, fuqarolarga ilmiy-texnik ijod erkinligini kafolatlaydi. Konstitutsiya me’yorlari innovatsiyalarni boshqarishning huquqiy reglamentatsiyasi uchun asos qilib olingan. Innovatsion jarayonning huquqiy ta’minoti odatda respublika miqyosida qabul qilingan qonunchilik va normativ aktlarga tayanadi. Bunday aktlar amaldagi qonunlar, Prezidenti farmonlari, Hukumat va markaziy boshqaruv organlari qarorlari, davlat va sohalararo standartlar, hamda hududiy qonunlar, respublika hukumatlari qarorlari va hokazolarni o‘z ichiga olishi lozim.
Ta’kidlash joizki, ko‘pincha innovatsion jarayonni huquqiy ta’minlash faqat innovatsiyalarni moliyalashtirish va rag‘batlantirishga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar, yo‘riqnomalar) gacha toraytiriladi. Innovatsion qonunchilik yanada keng ma’noda, innovatsion mexanizmning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy, balki uning tashkiliy, axborot, boshqaruv va boshqa tarkibiy qismlarni qamraydigan ma’noda
ko‘rilishi lozim. Bularga innovatsion faoliyatga ta’sir etishning ma’naviy-psixologik usullarning huquqiy ta’minotini ham kiritish lozim. Xarakteri va mazmuniga ko‘ra innovatsion qonunchilikda uch guruh me’yoriy-huquqiy aktlarni ko‘rsatish mumkin:

    1. huquqiy maqomni o‘rnatadigan va innovatsiyalarni boshqarish organlari tizimining shakllanishini belgilaydigan;

    2. mazkur tizimning faoliyat ko‘rsatishini tartibga soladigan;

    3. bevosita innovatsion mexanizmni va undagi jarayonlarni belgilaydigan va tartibga soladigan.

Dastlabki ikki guruh bo‘yicha huquqning regulyativ funksiyasi asosan strukturaviy masalalarni echish – boshqaruv organlari tizimini tuzish, ularning kompetensiyasi, huquqlari va uning ayrim bo‘linmalari majburiyatlarini belgilash bilan cheklanadi. Uchinchi guruhda innovatsion jarayonni huquqiy jihatdan tartibga solish masalasida innovatsion jarayonni tashkil qilish, moliyalashtirish, rag‘batlantirish va rejalashtirish hamda uning natijalarini ishlab chiqarishda tadbiq etish, shuningdek, yangiliklarni ichki va tashqi bozorga chiqarish jarayonlari huquqiy rejimiga muhim rol ajratiladi. Uchinchi guruhga taalluqli me’yoriy-huquqiy aktlar muhimdir.
Innovatsion mexanizmning ba’zi elementlarini ularning faoliyat ko‘rsatishini me’yoriy-huquqiy ta’minlash nuqtai nazaridan qisqacha ko‘rib o‘tamiz. Innovatsion mexanizmning eng barqaror, konservativ elementi – tashkiliy tarkibiy qismidir, ya’ni tashkil qilish tiplari va ularning ichki tuzilishi, fan sektorlari, innovatsion ishlarni amalga oshirish usullari. Innovatsion mexanizm bozor munosabatlariga o‘tishdan oldin mavjud bo‘lgan, va uning tashkiliy mexanizmi deyarli saqlanib qolgan. Innovatsiyalarning tashkiliy mexanizmi o‘n yillar davomida o‘sha vaqt me’yoriy-huquqiy aktlari (qonunlar, qarorlar, nizomlar va h.k.) asosida shakllanib, umuman olganda o‘zini oqladi. Shu sababli innovatsiyalar tashkiliy mexanizmining yuridik asosini kardinal o‘zgartirishda zaruriyat yo‘q. Chunki bunday o‘zgarish tashkil qilishning ko‘pgina tiplari maqomining ko‘p o‘zgarishlariga
va natijada – ularning proporsiyalari, aloqalari va faoliyat ko‘rsatishi rejimi buzilishiga olib keladi.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish