Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan davlat siyosati vazifalarining ilmiy yechimini ta’minlashga yo‘naltirilgan, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan o‘ziga xos muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan kompleks echimlarni ishlab chiqishga qaratilgan, tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralangan ilmiy-tadqiqot loyihalari.
Mentor – startap-loyihani rivojlantirish va ilgari siljitish maqsadida uni o‘z bilimlari va tajribasi bilan qo‘llab- quvvatlaydigan maslahatchi.
Muallif – ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy
shaxs.
Nou-xau – bu ishlab chiqarish siri hisoblangan, egasi bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ishlatilishidan himoya qilish huquqiga ega bo‘lgan, himoyalovchi hujjatlar (masalan, patentlar) bilan muhofazalanmagan va to‘liq yoki qisman nashr qilinmagan texnik, tashkiliy yoki tijorat ma’lumotlaridir. Bular xo‘jalik faoliyati jarayonida foyda keltiradigan yangi texnologiya, texnik yoki boshqa yechimlar, bilim, tajriba bo‘lishi mumkin.
Sanoat namunalari – bu sanoat yoki hunarmandlik buyumlarining tashqi ko‘rinishini belgilovchi badiiy- konstruktorlik yechimidir. Agar sanoat namunasi yangi yoki original bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Sanoat hamkori – ilmiy-tadqiqot loyihasi natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdan manfaatdor bo‘lgan va shunga muvofiq loyihani hamkorlikda moliyalashtirish taklifiga ega sanoat yoki tarmoq korxonasi. Agar sanoat namunasi yangi yoki original bo’lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Seleksion yutuqlar – bu ijodiy mehnat orqali o‘simlikning yangi navi yoki hayvonlarning yangi turini yaratish (aniqlash) kabi insonning aniq bir maqsadga qaratilgan faoliyatining natijasidir. Agar seleksion yutuqlar yangi, boshqalardan farqli va barqaror bo’lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Startap–yosh tadbirkorlarning yangi g‘oyalar, ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalari asosida, avval foydalanilmagan uslubda, iste’mol bozoriga (qonun bilan taqiqlanmagan) tovarlar yoki xizmatlar taqdim etishini ifodalaydi.
“Startap” kompaniya – ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalarini ilgari surish hamda tijoratlashtirish uchun tashkil etiladigan yuridik shaxs.
Startap-loyiha – foyda olish noaniq va moliyaviy tavakkalchilik yuqori bo‘lgan sharoitlarda yangi innovatsion yechim va texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida
yangi mahsulot yaratishni yoki xizmatni joriy etishni ko‘zda tutuvchi yangi biznes loyiha.
Do'stlaringiz bilan baham: |