A ta’limiy: O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikning fanining tarixiy zaruriyati hamda uning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berish va o’rgatish. B tarbiyaviy



Download 2,44 Mb.
bet6/112
Sana18.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#452706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
10-sinflar uchun ChQBT fanidan tayyor dars ishlanma

D)Rivojlantiruvchi:Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani haqida tushuncha berish
Dars turi: Nazariy. Dars tipi: Yangi bilim berish. Darsning jixozlari: YOCHT kitobi.

T/r

Darsning elemenlari

Davomiyligi

1.

Tashkiliy qism

12- min

2.

Yangi mavzu bayoni

20 min

3.

Yangi mavzuni mustahkamlash

5- min

4.

Darsni yakunlash va baholash

5- min

5.

Uyga vazifa berish

3- min

Jami:

45 min

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni. Umumiy harbiy majburiyat tushunchasi va uning mohiyati. Harbiy xizmat turlari Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish Respublika Qurolli Kuchlarida ham muhim o‘zgarishlar qilishga sabab bo‘ldi. Chunonchi, 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunni ko‘rish mumkin. Unga binoan, Qonun fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi tajovuz bo‘lgan taqdirda, aholini muhofaza etish chora-tadbirlarini qamrab oladi.
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:
-harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar;
-haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar;
-Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;
-turli sabablarga ko‘ra, harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan, iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar,deb ataladi.
Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga binoan, harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etilgan:
— muddatli harbiy xizmat;
— safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
— kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002-yil 12-dekabrda yangi qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, yiliga ikki marta: aprel-may va oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilib kelingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi «Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada takomillashtirish maqsadida yiliga bir marta — fevral-mart oylarida chaqirilish belgilandi.



Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish