T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
12- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
5- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
3- min
|
Jami:
|
45 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi. Qurolli Kuchlarga rahbarlik. Harbiy okruglar 1995-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan Harbiy doktrina hujjatida davlatimizning harbiy siyosati asosida harbiy faoliyat hamda qurilishining yo‘nalishi va tamoyillarini belgilaydi. U davlat tashkilotlari harbiy kadrlar uchun majburiy hisoblangan harbiy nazariya va amaliyotning asosiy, rasman qabul qilingan qarashlari va qoidalarini aks ettirdi, hozirgi strategik vazifalarni, harbiy qurilish tamoyillarini va Qurolli Kuchlarni qo‘llash shartlari, Qurolli Kuchlar, xalq hamda mamlakatni mudofaaga tayyorlash masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. O‘zbekiston Respublikasi mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlardan hamda mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidan kelib chiqqan holda 2000-yilda davlatimizda mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi. Mudofaa doktrinasi milliy xavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi. Qurolli Kuchlarning harbiy-strategik vazifalari va tarkibi. Harbiy boshqaruvning asosiy organlari Qurolli Kuchlar ayni vaqtda fuqarolarning hayoti va tinchligini himoya qilish vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Birlashgan Millatlar Òashkilotining ustaviga muvofiq, o‘zini o‘zi mudofaa qilishdan iborat ajralmas huquqini amalga oshiradi, davlatning zarur darajada harbiy qudratga va mudofaa qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Hozirgi zamon urushlariga xos xarakter va oqibatlarini inobatga olib, doktrinada bosh harbiy strategik vazifa urush va harbiy tajovuzni bartaraf etish, deb belgilanadi va:
- tinchlik davrida — davlatning mudofaa qobiliyatini respublika daxlsizligi ta’minlanishini kafolatlashga kifoya qiladigan darajada saqlab turishdan, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi qilinishi mumkin bo‘lgan ig‘vogarliklar va tajovuzlarning oldini olishdan, Qurolli Kuchlarning hujumlarni ham mustaqil tarzda, ham Umumiy xavfsizlik to‘g‘risidagi Shartnoma qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan o‘zaro hamkorlikda bartaraf etish uchun har taraflama doimiy ravishda tayyor turishini ta’minlashdan;
- urush davrida — tajovuzning kafolatli tarzda qaytarilishi, o‘z kuchlari bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi bilan muvofiq, protokolga asosan, boshqa davlatlarning harbiy kuch-qudrati hamkorligida bosqinchiga qaqshatqich zarba berish, deb ko‘rsatildi. Qurolli Kuchlarning tarkibiga quruqlikdagi qo‘shinlar, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari, muhandislik-quruvchilik qo‘shinlari, chegara qo‘shinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari kiradi. Quruqlikdagi qo‘shinlar Quruqlikdagi qo‘shinlar — Qurolli Kuchlarning eng ko‘p sonli xillaridan biri bo‘lib, boshqa qo‘shin xillari va turlari bilan o‘zaro harakatda O‘zbekistonga nisbatan qilingan, qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar, tajovuzni qaytarishga oid vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibiga motoo‘qchi, tank va artilleriya qismlari, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, tezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlari, ta’minot qism va bo‘linmalari kiradi. Motoo‘qchi qismlar — quruqlikdagi qo‘shinlarning asosi, jangovar tarkibining negizi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |