172
22§.
Ibtidoiy odamlarning turmush kechirish xillari
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
arxantrop, sinantrop, pitekantrop,
paleontrop, geydelberg, neandertal, neontrop, kromanon, Homo erectus, Homo
sapiens. Odamning kelib chiqish markazlari. Monosentrizm va polisentrizm
Bundan taxminan 1.7 mln yil muqaddam pleystosen, ya‘ni muzliklar davri
boshlangan. Pleystosen davridagi odam evolyutsiyasini olimlar shartli ravishda
uch: arxantrop, paleoantrop va neoantroplarga bo‘ladilar.
Arxantroplar
– petikantrop - sinantroplar bo‘lib, hozirgi vaqtda
antropologlar ularni Homo eruktus turiga kiritadilar. Arxantroplardan keyin paydo
bo‘lgan odamlarni paleantroplar degan yig‘ma atama bilan ataydilar. Chunki u
bilan geydelberg odami va neandertal odamini birgalikda tushunadilar. XX asrning
60-yillaridan boshlab hozirgi zamon tipidagi odamlarni Homo sapiens sapiens,
neandertal odamlarni Homo sapiens neandertalensis deb atala boshlangan.
Lekin bunday ajratish munozarali hisoblanadi. Chunonchi klassik neandertal
bilan hozirgi odamlar DNKsini taqqoslash tufayli ular orasidan hozirgi irqlar
orasidagi farqga nisbatan uch hissa ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Skelet tuzilishi ham
neandertallar bilan hozirgi odamlar skeleti ancha farq qiladi. Bu esa hozirgi
odamlarni Homo sapiens deb atash maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
Turkan Afrikan ko‘lining g‘arbiy va sharqiy qirg‘oqlaridan topilgan
suyaklarini tekshirgan olimlar arxantroplar bundan 1.8 mln yil ilgari paydo
bo‘lgan, degan fikrga keldilar. 1.7-0.5 mln yil oldin yashagan arxantroplar suyak
qoldiqlari, ayniqsa, bosh miya qutisini tekshirish natijasida ularga Homo erektus
turi deb atashning maqbulligini ko‘rsatdi. Dastlabki yarim million yillar davomida
arxantrop faqat Afrikada, keyinchalik yaqin Sharqda, hatto, Kavkazda ham
topilgan.
Ularning suyaklari Gruziyaning Djumanne degan joyidan ham topilgan.
Bundan 1.2 mln yil oldin erectus Yava oroliga tarqalgan bo‘lib, ular 1.4 mln yil
muqaddam Yevropaga ham tarqalgan.
173
1984- yil Gollandiyalik vrach Akaha Dyuegeo Yava orolining Solo daryosi
yaqinida maymun odam - petikantropning suyak qoldiqlari miya qutisining yuqori
qismi, keyin son suyagini topadi va unga petikantropus erektus deb nom beradi.
Petikantroplar million yillar ortiqroq vaqtda yashagan va keyingi vaqtlar
keng maydonda butun Afrika, janubiy Yevropa, Osiyoning kop qismida tarqalgan
bo‘lishiga qaramay, ularning populyatsiyalari bir-biridan tabiiy to‘siqlar suv,
tog‘lar bilan alohidalashgan holda bo‘lgan. Shunga qaramay ularning ichki
tuzilishi bir xil bo‘lgan va morfologik jihatlari ham o‘xshash bo‘lgan.
Erectus turiga, ya‘ni arxantroplarning ko‘pchilik vakillarining skeleti odam
skeletiga o‘xshash. U, ayniqsa, son, yelka, bilak suyaklarining uzunligida ko‘zga
tashlanadi. Dastlabki gominidlarga erectus tanasining kattaligi erkak va ayol
o‘rtasida gavda tuzilishdagi hajmiga ko‘ra farqni ortganligi bilan xarakterlanadi.
Bundan tashqari erektuslarda daraxtda yashashga moslashish bo‘lmagan.
Shu bilan birga tos suyak, umrtqasi hamda oyoq suyaklarida ba‘zi tafovutlar
arxantroplarning qadimgilar bilan keyingilar o‘rtasida tafovutlar borligini bildiradi.
Arxantroplar evolyutsiyasida bosh suyagi tepa qismining ko‘tarilishi hisobiga miya
hajmi 1000 sm
3
bo‘lganligi aniqlangan. (rasm) Miya hajmining katta bo‘lishi
xususida ikki xil fikr bor. Ba‘zi olimlar erectus evolutsiyasi davomida miya asta-
sekin ortib borgan desalar, boshqa olimlar esa arxantroplar paydo bo‘lishi
jarayonida bosh miya sakrash yo‘li bilan keskin kattalashgan, keyinchalik
arxantroplar miyasida paleantroplar paydo bo‘lgunga qadar ko‘zga ko‘rinarli
o‘zgarishlar yuz bermagan deydilar.
Miya hajmi o‘zgargan bo‘lishiga qaramay peshanasi qiya past, suyaklari
qalin, uning kengligi neandertal va hozirgi odamlarnikidek kalla skeleti o‘rtasida
emas, balki avstralopiteklar kalla skeletining o‘zagiga to‘g‘ri keladi. Jag‘ tishlari
hozirgi odamlarnikidek yirik bo‘lgan.
174
Antrapologik dalillarga ko‗ra arxantroplar har holda keyinchalik
boshlang‘ich nutqqa ega bo‘lgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Chakka, yuqorigi jag‘ va og‘iz tuzilishi bo‘yicha ular maymunlarga
qaraganda odamlarga yaqin turadi. Arxantrop suyaklari bilan birga ko‘pgina tosh
qurollar topilgan. Ularning ba‘zilari homo habilisning qurollariga o‘xshash,
ba‘zilari esa anchagina takomillashgan qurol bo‘lgan.
Bu qurollar Fransiyaning Sent-Ashol joyidan ko‘plab topilgan. Lekin
Janubiy-Sharqiy Osiyodagi joylarga erectus suyaklari topilsa ham tosh qurollar
topilmagan. Hozirgi paytdagi ko‘pchilik antropolog olimlar har xil geografik
arxantrop populyatsiyalardan faqat Afrika populyatsiyasi hozirgi zamon odamlari
kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan degan fikrni quvvatlaydilar.
Boshqa olimlar polisentrizm g‘oyasini himoya qilib, hozirgi odam Afrika,
Osiyo va Evropa erektuslaridan kelib chiqqan degan g‘oyani himoya qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |