Tuban torburunli maymunlar
katta oilasi. Bular Amerika maymunlaridan
burun kataklarining yaqinligi va yuzidan burni oldinga chiqanligi bilan
harakterlanadi. Dumining uzunligi har xil lekin oyoqlari teng yoki oldingi oyoq
biroz kaltaroq. Barmoqlari ichida eng yirigi uchinchi barmoq hisoblanadi. Yuqori
jag‘idagi qoziq tishlari juda katta. Yung qatlami va tanasi, terisi rangli. Bosh
miyasi yaxshi rivojlangan, uning hajmi 100-150gr. Tuban torburunli maymunlar
kunduzi poda bo`lib daraxtlarda yoki yerda Afrikada (pavian, makdril, martishka)
va Osiyoda (makaka, burundor, qora pavian) yashaydi. O`simliklar, hasharotlar,
mayda hayvonlar bilan oziqlanadilar. Yil davomida urchiydilar. Homiladorligi 150
- 200 kun. Odatda bitta axyon -axyonda ikkita bola tug‘adi.
55
Martishkasimonlar
oilasiga kiradigan martishkalar kichik oilasi 7ta avloddan
iborat.
1
)
Makaklar avlodi
tanasi 3,5 - 18kg. Urg`ochilari biroz kichik, oldingi va orqa
oyoqlari teng. Barmoqlari ushlovchi, katta barmoq boshqa barmoqlarga qarama-
qarshi bo`ladi. Barmoqlar orasida oz miqdorda parda bo`ladi yunglari qalin, yung
rangi har xil turlarda bir - biridan farq qiladi. Tumshug`i oldinga chiqqan, yuzi
yungsiz. Burun tepasi va qosh suyagi barcha erkaklarida yaxshi namoyon bo`ladi.
Quloqlari ham yungsiz. Qalqon bezi ostida bir juft tomoq xaltasi bor u rezanator
rolini bajaradi. Dumining uzunligi har xil turlarida turlicha. Makaklar Afrikaning
Shimoliy va Osiyoning Pokistondan Yaponiyagacha, Tayvandgacha, Tibetdan
Seylongacha bo`lgan hududda yashaydilar. Milan arxipelagidan Filippingacha
bo`lgan joylarda ham uchraydi. Ular yashaydigan tropik o`rmonlarda ham Xitoy
yaqinidan Hindiston, Seylon quruq butalar, hatto kaktusli joylarda ham bor.
Qisman yerda yashovchi hayvonlardir. Ular yirtqichlardan saqlanish uchun
daraxtlarda, qoyalarda uxlaydilar. Ular mevalar, ildizlar, yosh barglar, hasharotlar
va ularning qurtlari, mollyuskalar, qisqichbaqalar bilan oziqlanadilar. Ekinzor-
lardagi shakarqamishlar va makkajo`xorilar bilan ham oziqlanadilar.
Makaklarning hatti - harakatlari, hulq - atvorlari tabiy sharoitda va
laboratoriya sharoitlarida yaxshi o`rganilgan. Ular guruh - guruh bo`lib
yashaydilar. Guruhda bitta erkagi va bir nechta urg`ochisi, har-xil yoshdagi
bolalari birga yashaydilar. Ular 30 hildan ortiq tovush chiqaradilar. Har bir tovush
ma`lum bir ma`noni bildiradi. Aftini o`zgartirishni, qoshini qimirlatib, labini
chappillatishni biladilar. Makaklar orasida joxil maymunlar - megatlarda dum
bolmaydi 3-rasm.
Makaklar orasida rezus makak donor hisoblanadi. U tibbiyot maqsadlari
uchun har yili Hindiston va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan boshqa
mamlakatlarga eksport qilinadi. Uning tanasi xira yashil - sariq yung bilan
qoplangan, oyoqlari teng. Yuzi, qulog`i, panjasi och jigarrang. Anchagina yirik va
xavfli. Guruh bo`lib yashaydi. Guruhda 20 tadan ortiq individ bo`ladi. Rezus
makak Ximolayda Nepaldan to Shimoliy Birmaga qadar bo‘lgan joyda yashaydi.
56
Rezuslar suvda yaxshi suzadi, sho`ng`iydi. Hindlar ularni muqaddas hayvon
hisoblab, ovqatini bir qismini ularga qoldiradilar.
3-rasm. Makaklar.
2)
Do'stlaringiz bilan baham: |