Menejmentning markazlashtirish qonuni. Bu qonun markazdan va quyidan boshqarishning optimal (eng qulay) variantini topishni talab etadi.
Bu qonun, bir tomondan, markazdan, ya’ni yuqoridan pastga, ikkinchi tomondan, pastdan yuqoriga menejment jarayonini o‘zida aks ettiradi.
Boshqarishning obyektiv tizimi markazlashtirilgan shaklda bo‘ladi. Masalan, biologiyada birinchi tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun markaz, ya’ni miya ishlashi kerak.
Korxonani boshqarishda, muhim qarorlar qabul qilishda vakillikning aksariyat qismini o‘z zimmasiga oladigan boshqaruv tizimi markaz- lashgan boshqaruv deb ataladi. Korxonani boshqarish vakolatlari, asosan, quyi boshqaruv organlariga berilgan bo‘lsa, bu markazlash- magan, ya’ni quyidan boshqaruv deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |