2.1- rasm. Menejment jarayoni bosqichlari va davrlari.
Boshqaruv operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo'lib, ular tartibi va birikishi natijasida menejment jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahiiliy faoliyat uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular asosida tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni menejment jarayoniga tatbiq qilish lozim. Menejment jarayonini amalga oshirish vositalariga, awalo, axborotni kiritish lozim. Boshqaruv operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo'llaniladigan texnika vositalari ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy tashkiliy texnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot- tahlil faoliyati axborot yig'ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash, tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlab chiqishdan iborat; tashkiliy faoliyatga-tushuntirish, ishontirish, rag'batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish va hisob-kitoblar kiradi. Korxonada menejer uchun tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
Tashkiliy amaliy
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv appara- tining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maqsadli harakat qilishidir. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko‘ra, uni bir necha bosqichga bo'lish mumkin. Bular: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilishdan iboratdir.
Har bir ta’sir etishni amalga oshirishdan awal uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv ma’lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi menejment jarayo- nidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo'llarini izlash yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog'liq ishlami tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holati, uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan uning qarama- qarshiliklarini aniqlash ko ‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o'tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o‘tkaziladi.
Menejment funksiyalarining mohiyati, mazmuni
Har qanday menejment funksiyasi boshqaruv xodimlarining o‘ziga xos faoliyatining turidir. Mehnatning kasbiy taqsimoti boshqaruv sohasidagi ixtisoslanish natijasidir. Ushbu faoliyatni o‘ziga xosligi shundaki, har bir funksiya berilgan maqsadni bajarishga yo'naltirilgan. Shuning uchun u o‘zining mavjud rolini o‘ynaydi va boshqaruv xodimlarining umumiy faoliyatini tarkibiy qismi hisoblanadi.
Funksiya lotincha «function» so‘zidan kelib chiqqan bo'lib, bajo keltirish, bajarish, amalga oshirish ma’nosini bildiradi. Xorijiy so'zlar lug'atida funksiya faoliyat darajasi, majburiyat, maqsad va rol deb ifodalanadi. Menejment funksiyalari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarni bir butun qilib bog'lab, aniq majburiyatlar bilan tavsiflaydi.
Menejment funksiyalariga tadqiqotchilar o'zlarini nazariy qarashlari asosida yondashganlar. Masalan, F.Teylorning fikricha, har bir xizmatchi eng yuqori lavozimdan eng quyi lavozimgacha imkoni boricha oz sonli vazifani bajarishi kerak. Ba’zi mutaxassislar o'z qarashlarida menejment funksiyalarining asosiy tayanchini mazmuniy tomonga emas, balki axborotli tomonga yo'naltirishgan. Menejment funksiyasi deganda, ular eng awal axborotga ishlov berilishidagi tashkiliy faoliyat, ya’ni shunday zarur mehnat faoliyati turiga bevosita axborotni ishlab chiqarishni boshqaruvning manfaati uchun harakati va ishlatilishi bilan bog‘liqligi, shu jumladan, zarur qarorlar qabul qilish tushuniladi. Ayrim mualliflar menejment funksiyasini menejment subyektlarini harakat operatsiyasi desa, boshqasi ijtimoiy jamiyat birlashmasi faoliyatining bir qismining tartibga sohnishi deydi, uchinchisi esa obyektiv zarur, barqaror takrorlanuvchi harakat degan xulosaga kelgan.
Yirik mutafakkirlardan bin A.Fayol boshqaruvchining korxonada bajariladigan barcha funksiyalarini quyidagi olti guruhga bo‘lgan:
texnik (ishlab chiqarish, yasash, qayta ishlash);
tijorat (sotib olish, sotish, almashtirish);
moliyaviy (kapital topish, uni boshqarish);
himoyalash (mulkni va shaxsni himoyalash);
hisob-kitob (muvozanat, sarflar, statistika).
ma’muriy (ish olib borish, tashkil qilish, farmon chiqarish va nazorat).
A.Fayol boshqarishning umumiy funksiyalarini turkumlashda yagona muallif hisoblanadi. A.Fayolning fikricha, ma’muriy funksiya korxona rahbari zimmasidagi eng katta o‘rinni egallovchi majburiyatdir. U rahbarning predmeti sifatida quyidagilarni bildirgan:
oldindan ko‘ra bilish (kelajakni o'rganish va harakat yaratish);
tashkil qilish (korxonaning moddiy-texnika bazasini yaratish):
farmon berish (korxona xodimlarini harakatga keltirish);
tartibga keltirish (barcha jarayonlarni, harakat va intilishlami birlashtirish);
nazorat qilish (qonun-qoidalarga, chiqarilgan farmonlarga rioya qilinishini kuzatish).
Menejmentning funksiyalarini turkumlash muammosiga bildirilgan fikr- mulohazalar tahlili quyidagi asosiy xulosalami chiqarishga imkon yaratadi:
menejer tomonidan maqbul qarorlar ishlab chiqiladi;
korxona taraqqiyotini ta’minlaydigan buyruqlar chiqariladi va bajaruvchilarga yetkaziladi;
mehnat samarali tashkil qilinadi va tartibga solib boriladi;
qabul qilingan qarorlar bajarilishi nazorat qilinadi.
Menejment jarayoni, eng awalo, uning ohy maqsadini aniqlashdan va shu bilan birga, uni amalga oshirishni zaruriy harakatlar dasturini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ma’lumki, rejalashtirish boshqarishning asosiy funksiyalaridan bin hisoblanadi. Rejalashtirish, eng awalo, kelajakni belgilash, samaradorhkni oshirishning istiqbolh yo'nalishlarini tanlashdir. Qarorlaming eng maqbul variantlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlashdan iboratdir. Hozirgi vaqtda rejalashtirishning muhim yo‘nalishi kelajakni bashorat qilishdir. Kelajakni bashorat qilish iqtisodiy matematik usullar yordamida matematik modellashtirish orqali amalga oshiriladi.
Menejmentning tashkil etish funksiyasi qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasini yaratish, boshqaruv apparatining maqsadga muvofiq tashkiliy tarkibini aniqlash, zarur me’yoriy hujjatlami ishlab chiqish va joriy etish, yangi standartlar, boshqaruv bo'linmalari to‘g‘risidagi qoidalar, vazifaviy yo‘riqnomalar tayyorlash va boshqalami o‘z ichiga oladi. Tashkil etish funksiyasi korxonada bo‘limlar faoliyatining tarkibiy-tashkiliy bog‘la- nishiga belgilangan rejalarni ma’lum tartib asosida bajarilishini ta’min- laydi. Boshqacha qilib aytganda, korxonada barcha jarayonlaming birligini ta’minlab, yagona maqsadga birlashtiradi.
Menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi belgilangan dastumi yoki maqsadga muvofiq rejani amalga oshishini, ishlab chiqarish jarayonlarining bir me’yorda borishini ta’minlaydi va o'rnatilgan me’yordan og‘ishini bartaraf etadi. Bu korxonada zaruriy tartiblilik va barqarorlik holatini o‘matadi. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqalar har doim bir me’yorda davom etmaydi. Bo‘limlarning vazifaviy majburiyatlarini to‘liq bajarilmasligi natijasida o‘zaro aloqalarda uzilishlarni, jarayonlarda og‘ishlami vujudga keltiradi. Bu masalalar muvofiqlashtirish funksiyasi orqali yechiladi. Muvofiqlashtirish funksiyasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida katta ahamiyatga ega. Unga ishlab chiqarish ko‘lami oshgan, murakkablashib borayotgan iqtisodiy aloqalar vujudga kelgan sari katta talab qo‘yilmoqda. Menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi orqali korxonaning dina- mikasini, boshqaruv tizimini turli qism va bo‘linmalari bilan aloqasini bir tekisligi ta’minlanadi.
Menejmentning nazorat qilish funksiyasi vazifasi amalda belgilangan topshiriqlaming bajarilishini, ishlab chiqarishning bir me’yorda davom etishini kuzatish, uzilish holatlami, o‘matilgan talablardan og‘ish sabablarini aniqlash, bartaraf etish, ularni oldindan bilish va ogohlantirish, ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlashdir. 0‘zining mohiyatiga ko‘ra nazorat funksiyasi universal hisoblanadi, chunki, korxona funksiyasining barcha bo‘g‘inlari va bo‘linmalariga (texnologik jarayonlaming nazorati, texnik hujjatlar holatini nazorat qilish, mahsulot sifatini nazorat qilish va hokazo) kirib boradi va menejmentning boshqa funksiyalari bilan yaqin bog'langan bo‘ladi. Shunday qilib, menejmentning nazorat funksiyasi korxona faoliyatining haqiqiy holatini o'matilgan talablardan og‘ishidan doimo xabardor bo'lib turish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, menejmentning funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'lib, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish, samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Menejment qonunlari va tamoyillari
Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jihatdan tushunmay va asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqelik haqidagi obyektiv bilimlami o'rganish va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlaming tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi.
Qonun — falsafiy kategoriya bo'lib, borliq voqealaming barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, hodisalar yuz berishining aniq tartibda bo'lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonun- lami bilish rivojlanishning obyektiv yo'nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlami bilish, ularni amalda mohirlik bilan qo'llay olishga asoslanishi kerak.
Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to'liq va izchil foydalanilsa, mehnat sarfi shunchalik samarali bo'ladi. Va, aksincha, menejment jarayonida iqtisodiy qonunlami hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli menejment qonunlarini o'rganishda faqat amal qilishni emas, balki menejment jarayonida ongli ravishda qo'llanilishini ham ko'zda tutish lozim.
Boshqaruv qonunlaridan ongli ravishda foydalanish, ko'p jihatdan ularni o'rganish bilan bog'liq. Qonunlar qanchalik chuqur o'rganilsa, ulardan amalda to'g'ri foydalanish imkoniyatlari ortadi.
Lekin menejment qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda muvaf- faqiyatli qo'llash uchun kafolat bo'la olmaydi. Qonunlardan foyda- lanishda nazariya amaliyotdan ajralib qolishi foydasizdir. Demak, qonunlardan foydalanish ulami bilish, tushunish, amalda o'z vaqtida va to'g'ri qo'llay olishga bog'liq ekan. Bu menejment samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omildir.
Iqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanishning asosiy elementlari va bosqichlari quyidagi chizmada aks ettirilgan:
Iqtisodiy qonunlar tizimi Iqtisodiy qonunlami bilish
Maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo'llarini aniqlash
fr
|
->
|
|
Qaror qabul qilish
|
Xo‘jalik faoliyatini tashkil etish
|
-
i
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |