2 — Samatov, G‘. A. va boshq. iOITlJ i ч 17
hozirgi kunda qanday ishlami amalga oshirish va uzoq keiajakda qilinadigan ishiar ko‘rsatkichlarini yaxshilash ustida o‘ylab ko‘rishni talab etadi. Qisqa yoki uzoq muddatli maqsadlarni tanlashda, uzoq muddatli maqsadni tanlash doimo ustun bo‘lishi lozim. Agar menejer faqat bugungi kun muvaffaqiyatlarini o'ylab ish yuritsa, firma kelajagini xavf ostida qoldirsa, korxonaning ravnaq topishi amrimahol bo‘ladi.
Ma’lumki, menejmentning maqsadi korxonani yuqori natijaga erishishini ta’minlashdir. Joriy maqsadlar o'z ichiga shunday maqsad - lami oladiki, ularni amalga oshirilishi rahbar va xizmatchilami kundalik xizmat burchi hisoblanadi. Bu kabi maqsadlar esa korxonaning keiajakda erishishi va qo‘lga kiritishi lozim bo‘lgan natijalari, imko- niyatlari uchun ishlab chiqiladi.
Muammoviy va innovatsion maqsadlar oddiylaridan sezilarli daraja- da farq qiladi. Bu farqni asl ma’nosi ularga erishish tavsifidadir. Muammoviy va innovatsion maqsadlar katta aqliy energiya sarfini talab qiladi, chunki o'ziga yangi elementni qamrab oiadi. U ijodiy natijani qo'lga kiritish uchun aniqlanadi va ishlab chiqiladi.
Muammoviy maqsadlar firmaning yoki alohida insonning faoliyati uchun zarur vaziyatning o'zgarishi bilan bog'liq. Masalan, birdaniga tovarlar sifatining pasayishi kuzatiladi, tabiiyki, bu korxonaning oladigan foydasiga ta’sir ko'rsatadi. Sifatni nazorat qilish bo'limi rah- bari oldiga qo'yilgan maqsad ma’lum muddat davomida buning sababini aniqlash va mahsulot sifatini yaxshilashdan iborat.
Muammoli maqsadlar qatoriga yana innovatsion maqsadlarni ham qo'yish mumkin. Ular yangi usullarni izlash va ishlab chiqish, yangi vosita va yangi mahsulot bilan bog'liqdir. Masalan, reklama bo'limi mutaxassisining maqsadi, tovar uchun yangi, samaraliroq reklama yaratish bo'lsa, uni ma’lum muddat ichida telestudiyaga yo'llashi esa innovatsion maqsaddir. Izlanish bo'limi xizmatchilarining innovatsion maqsadi quyidagi masaladan iborat: Masalan, 1- iyulga 3 ta yangi tovami eksport sotuvi uchun tekshirib maromiga yetkazish:
Rahbar yoki xizmatchining o'z oldiga qo'ygan maqsadi qanchalik mashaqqatli bo'lsa, unda shunchahk muammo ko'pdir. Shuni aytish kerakki, muammo tushunchasi faqat obyektiv omil bo'lib qolmasdan, balki u o'ziga subyektiv omilni ham qamrab olgan. Bitta maqsad bir xizmatchi uchun oddiy hisoblansa, boshqasi uchun muammoli bo'lishi mumkin. Birinchi holatda xizmatchi unga erishish uchun zaruriy usullarga ega bo'lsa, qo'yilgan vazifani katta qiyinchiliklarsiz bajarish uchun yetarli bilim va qobiliyatga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |