Bog'liq Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4
Kooperatsiya bu — ma’lum sohada o'z mablag'lari va harakatlarini birlashtirib kooperativ a’zolarini yirik xo'jalik tashkilotining turli afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishidir.
Kooperatsiya, tarixan yuzaga kelgan va doimiy ravishda takomil- lashib boruvchi ijtimoiy-xo'jalik faoliyati shakli sifatida, jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ushbu jamiyatning ma’lum qatlamlari yoki guruhlarining ehtiyojlarini qondirish usuli bo'lib yuzaga keladi.
Kooperativ muassasalar shaxsiy xo'jalik manfaati ta’siri ostida emas, jamoa farovonligi maqsadlarida ish yurituvchi faoliyat yurituvchilaming yangi turini yaratadi. Kooperatsiya yo'li bilan iqtisodiy motivatsiya qayta tuziladi va jamoatchilik asosida takomillashgan iqtisodiy tizim elementlari tayyorlanadi. Kooperativ asosda tashkil etilgan xususiy sektoming tadbirkorlik faoliyati turli ijtimoiy boyliklami yaratishga hissa qo'shadi. Rivojlangar. mamlakatlarda milliy darajada kooperatsiya- lashgan birlashmalaming roh yildan yilga ortib bormoqda. Ulaming maqsadi o'z tarkibiga kiruvchi kooperatsiyalashgan xo'jaliklar manfaat- larini himoya qilishdan iborat bo'lib quyidagilar bilan izohlanadi:
—boshqa huquqiy shakllardagi korxonaiarning yirik birlashmalari tomonidan raqobatni oshirish;
—mayda xo'jaliklar va xususiy tadbirkorlar foydalana olmaydigan zamonaviy texnologiyalarni qo'llash imkoniyatini oshirish;
—kooperatsiyalashgan xo'jaliklarning xo'jahk faoliyatini muvofiq- lashtirish va rejalashtirish, axborot almashish, xodimlar malakasining darajasini oshirishga majbur etuvchi xo'jalik yuritish shart-sharoitlarini yaratish;
—-jamoaviy o‘zini-o‘zi moliyalash uchun kooperatsiyalashgan bank- larni tashkil etish yo'li bilan kredit-moliya sohasida kooperatsiya- lashishni amalga oshirish.
Agrar tarmoqda kooperatsiyalami rivojlantirish O'zbekiston qishloq xo'jaligini istiqboiini belgilovchi omil hisoblanadi.
Kooperativ — ixtiyoriy tashabbuskor va o'z-o'zini boshqaruvchi jamoat tashkiloti bo'lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun hissadorlik asosida shaxslaming ixtiyoriy birlashuvi orqali tashkil etiladi, o'z-o'zini moliyalashtirish asosida faoliyat ko'rsatadi va o'z oldiga a’zolarining hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilashga ko'maklashish maqsadini qo'yadi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlabj*hiqarish va iste’mol qilish jarayonida qatnashish darajasiga qarab kooperativlar uch turga (4.2- rasm), ya’ni ishlab chiqaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi va istemolchi kooperativlarga bo'linadi.
Kooperativlar agrar soha xodimlarining kasbiy ta’limi va ishlab chiqarishga o'rgatish masalasiga ham e’tibor beradi. Ixtisoslashtirilgan o'quv yurtlari, o'quv-ishlab chiqarish markazlari, fermerlar malakasini oshirish kurslarida faoliyat olib boradi.
Qishloq xo'jaligida kooperatsiya tizimini tashkil etib moddiy- texnika resurslari «zavod-kooperativ-fermer» tizimida fermerlarga yetkazilsa, qo'shimcha xarajatlar miqdori birmuncha qisqartirilib, mahsulotlar sifati ortadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida fermerlik kooperatsiyasi davlat siyosati doirasida rivojlanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, ularni qayta ishlovchi va xizmat ko'rsatuvchi tuzilmalar o'rtasida mamlakat (milliy) va mintaqa miqyosidagi kooperatsiyalar faoliyat olib borayapti. Kooperatsiyaning bu shakli, asosan, paxta va g'alla yetishtiruvchilar o'rtasida tashkil qilingan. Kooperatsiyaning bu shakliwpaxta va g'alla yetishtiruvchi fermer xo'jaliklarini davlat tomonidan qo'llab-quwatlashning bir ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. Bu tizimga quyidagi obyektlar kiritilgan:
Qishloq xo'jaligida texnikaviy servis xizmatini ko'rsatish:
«mashina-traktor parklari» birlashmasi ochiq hissadorlik jamiyati tarkibidagi mashina-traktor parklari (MTP);
texnik servis markazlari va ta’mirlash ustaxonalari;