Bog'liq Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4
Sinergetik samaradorlikning iqtisodiy ko'rsatkichlari — sarflangan resurslar hajmi o'zgarmagan holda mahsulot hajmining ko'payishi va joriy xarajatlarning tejalishi, yalpi daromad, foyda, rentabellik darajasi. Ushbu ko'rsatkichlar agrosanoatning shakllanishida hisobga olinadi.
Qishloq xo'jaligida axborotlar tizimi
Agrar islohotlaming asosiy jihatlaridan biri — qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilari uchun qulay sharoitlarni yaratishdir. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini boshqarish masalalarining majmui murakkab ichki va tashqi axborotlashgan aloqaga ega. Ichki aloqa asosida masalalaming o'zaro axborotlashgan harakati, majmui va bo'limlarda qarorlar qabul qilish o'z aksini topadi. Tashqi aloqa esa boshqaruvning boshqa funksiyalarini amalga oshiruvchi bo'linmalar, tashkilotlar tashqi muhit, bozor, yuqori tashkilotlar, vazirliklar va tashkilotlar bilan o'zaro aloqaiarida ifodalanadi.
Qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilariga nafaqat o'z mamlakati, balki chet el bozorlaridagi vaziyat haqida, u yerlardagi tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, narxlar haqida muntazam axborot zarur. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida bozor mexanizmlarini shakllantirish, bozorning asosiy subyektlari — tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish shu mexa- nizmlarga mos bo'lgan axborot muhitini vujudga keltirishni taqozo etadi. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini axborotlashtirish jarayonlari zamonaviy texnika imkoniyatlari, yangi axborot texnologiyalarining boshqa texnologiyalar rivojlanishiga ta’siri, axborotlaming xususiyatlari, axborotning qanchalik darajada inson mehnatining asosiy predmetiga aylanayotgani va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Respublikaning global axborot tarmog'iga ulanishi mamlakatimizda iqtisodiyot va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim yo'nalish- laridari biridir. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning axborot salohiyati yoki axborot resurslarini oqilona shakllantirish, ulardan samarali foydalanish eng muhim vazifa bo'lmoqda. Hozirgi zamon jamiyati — axborot jamiyatidir. Axborot jamiyatida eng asosiy kapital — bu — axborotdir.
Internet tarmog'ida elektron tijoratdan foydalanish imkoniyati juda kengdir. Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish asoslaridan biri bu mintaqada «Elektron jamiyat» yaratish hisoblanadi. «Elektron jamiyat» qurishning asosiy omillaridan biri jahon miqyosida elektron tijorat tizimi hisoblanib, bu tizimdan foydalanganlar katta miqdordagi sarmoyalarga ega bo'lmoqdalar.
«Elektron tijorat to'g'risida» gi qonunning 3-bandida «Tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir», deb ko'rsatib berilgan. Bundan ko'rina- diki, hozirgi kunga kelib, barcha jismoniy va yuridik shaxslar o'zlariga kerak bo'lgan narsani internet orqali sotib olishlari mumkin bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida axborotlar tizimini rivojlantirish mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab amalga oshirilib kelayotgan axborotlashtirish va kompyuterlashtirish siyosatining asosi bo'lib, qishloqda axborotlashtirishning milliy tizimlarini yaratish, har bir inson hayotiga, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini ommaviy tarzda kiritishni, milliy iqtisodiyotning asosiy tarmog'i bo'lgan qishloq xo'jaligini jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, qaror qabul qilish uchun lozim bo‘lgan ma’lumotlami tez yetkazib berish qobiliyatiga ega. Zamonaviy axborot tizimlarining muhim xususiyati — turli xil axborot kompyuter tizimlari mijozlari ohshi mumkin bo‘lgan agrar sohaga oid axborot yangilanishining muntazamliligi va tezkorligidadir.
Qishloq xo'jaligi korxonalarining faoliyat doirasi kenghgi doimiy xo'jalik faoliyatini uzluksiz kuzatib borishni talab qiladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida axborotlar tizimi, axborotlar texnologiyasi va kompyuterlar yordamida boshqarishni tashkil etish tobora ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo'jaligida axborotlashtirishning rivojlangan tizimini tashkil etish, quyidagi muammolarni yechish imkonini beradi, ya’ni:
qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi va servisini samarali tashkil etishning axborot ta’minotni;
mintaqaviy qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilarining yangi ilmiy ishlanmalaridan foydalanishni tashkil etishni;
biznes-rejalami tuzish uslubiyotlarini ishlab chiqishini;
investitsiyalarni jalb qilishni;
buxgalteriya hisobotlarini ishlab chiqishni;
don, paxta va boshqa qishloq xo'jalik ekinlarining yangi hosildor navlarini yaratishni tezlashtirish va ularni joriy qilishini;
ekinlar diversifikatsiyasini tashkil etishga ko'mak berishni;
resurs tejamkor ekologik sof zamonaviy texnologiyalami targ'ib va tashviq qilishni;
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining ko'p mehnat talab qiladigan jarayonlarining mexanizatsiya darajasini oshirishni;
— O'zbekiston sharoitida ipakchilik, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining boshqa ixtisos- lashgan tarmoq turlarining samaradorligini oshirishni;
agrar fanining yangi yutuqlarini qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga faol va samarali joriy etishni;
ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi, huquqiy, iqtisodiy va ekologik bilim darajasini oshirish va boshqalami.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, ishlab chiqarish integratsiyasi uchun sharoit yaratish jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalarisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Elektron axborot massivlaridan ratsional va samarali foydalanish qishloq xo'jaligi tarmog'ining rivojlanishini yanada yuqoriroq darajasiga ko'tarilishiga yordam beradi. Ishlovchilarni milliy va chet el yutuqlari to'g'risidagi
axborot bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash agrar tarmoqning rivojlanishiga olib keladi.