A samatov, I. B. Rustamova


Ixtisoslashtirish quyidagi turlarga bo'linadi



Download 0,77 Mb.
bet223/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

Ixtisoslashtirish quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Xo'jalik ichidagi ixtisoslashtirish. Bunda mahsulot ishlab chiqarish xo'jaliklar ichidagi bo'limlar, fermalar, brigadalar va oilalar bo'yicha ixtisoslashadi;

  1. Xo'jaliklararo ixtisoslashtirish. Bunda turli xil mahsulotlar yetishtirish bo'yicha korxonalar o'rtasida mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Xo'jaliklararo cho'chqa yoki qoramolni bo'rdoqiga boquvchi, buzoqlami o'stiruvchi fermalar, mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar va h.k. tashkil etiladi;

  2. Tarmoqlar ichida ixtisoslashtirish. Bunda bir tarmoq ichida, chunonchi chorvachilikda — qoramolchilik, cho'chqachilik, qo'ychilik kabi sohalar bo'yicha, dehqonchiiikda esa g'alla, paxta, sabzavot, poliz kabi mahsulotlarni yetishtirish bo'yicha mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Xo'jalikda ixtisoslashtirishni to'la xarakterlash uchun ixtisoslashtirish koeffitsienti (Kjx) ko'rsatkichi qabul qilingan. U quyi- dagicha hisoblanadi: 100

К» ~ TMH(2n-l) (18Л)

bunda: 100 — alohida tarmoq bo'yicha tovar mahsulotlarining umumiy hissasi,foiz;

TMH— tarmoqdagi tovar mahsulotlarining turlari bo'yicha hissasi, foizda;

n - tovar mahsulotlarining hissasi bo'yicha tartib raqami (eng yuqoridan boshlab).

Masalan: paxtachilikda ixtisoslashgan xo'jalikda tovar mahsulotlari tarkibi quyidagilardan iborat bo'lsin (jami tovar mahsulotga nisbatan foiz hisobida): paxta — 50 foiz, don — 30 foiz, sut - 15 foiz va boshqa turdagi mahsulotlar esa 5 foiz.

Shu ma’lumotlar asosida ixtisoslashtirish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:

v loo = 38



K* ~ 50(2 -1 -1) + 30(2 - 2 -1) +15(2 ■ 3 -1) + 5(2 -4-1) ’

Bu koeffitsient bir butunga qancha yaqin bo'lsa, ixtisoslashtirish darajasi shuncha yuqori bo'ladi. Agar ixtisoslashtirish koeffitsienti

0, 35 bo'lsa, past darajadagi ixtisoslashtirish; 0,35 dan 0,50 gacha

o'rta; 0,50 dan 0.60 gacha yuqori; 0,60 dan katta bo'lsa, chuqur- lashtirilgan ixtisoslashtirish deyiladi;

  1. Zona yoki iqtisodiy rayonlar bo'yicha ixtisoslashtirish. Bunda qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish bo'yicha zona yoki iqtisodiy rayonlar bo'yicha mehnat taqsimoti joriy qilinadi.

Qishloq xo'jaligida tarmoqlami qo'shib olib borishning va Lxtisos- lashtirishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko'rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi:

1. 100 ga qishloq xo'jaligiga yaroqii yerga va haydaladigan yerga,

bitta xodimga, 100 so'mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga va 100 so'mlik joriy ishlab chiqarish xarajatlariga to'g'ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati;

  1. 100 ga haydaladigan yerga to'g'ri kelgan g'alla, paxta, go'sht, sut va boshqalar;

  2. Mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi.

Demak, mahsulot yetishtirish uchun qayerda qulay sharoit mavjud bo'lsa, mahsulot birligining tannarxi va bahosi arzonlashsa, bu xo'jalik va iste’molchilar uchun shuncha foydalidir.

  1. Integratsiya jarayonlarining iqtisodiy

mohiyati

Ijtimoiy mehnat taqsimoti bir tomondan ishlab chiqarishni har xii sohalarini va ularni ma’lum xildagi mahsuiot yetishtirishga ixtisoslash- tirib ajratsa, boshqa tomondan, ular o'rtasida aniq va puxta kooperativ aloqalami taqozo etadi. Xo'jaliklar o'zaro va sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradilar. Yangi xildagi yirik ixtisoslashgan tashkiliy ishlab chiqarish shakllari vujudga keladi,

Bozor sharoitida muik shakllarining turli-tuman bo'lishi. qishloqda ishlab chiqarish va yer munosabatlarining o'zgarishi, agrar tarmoqning xo'jalik mexanizmida boshqaruvning o'zgarishi integratsiya munosa- batlarining kengayishiga sabab bo'ladi. Yirik ishlab chiqarish bilan birga mayda ishlab chiqarishni bir-biriga muvofiq holda olib borilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik garovidir,

«Integratsiya» so'zi ma’lum bo'laklar yig'indisini bir butimga birlashtirish ma’nosini bildiradi. Integratsiya butunlay yoki qisman tashkiliy qo'shilishga olib keladi. Bir xildagi tarmoq va soha korxo- nalarining o'zaro kooperatsiyalashishi gorizontal integratsiya deyiladi.

Gorizontal integratsiya ikki xil bo'ladi:

  • birinchi, alohida boigan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o'ziga xos vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo'jaligi korxonalari o'rtasida kooperatsiyani amalga oshirishdir;

  • ikkinchi, bir nechta xo'jaliklaming imkoniyat va mablag'larini yirik ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashishidir.

Gorizontal bo'yicha xo'jaliklararo kooperatsiyaning tashkiliy for- malari bo'lib, ular xo'jaliklararo kooperatsiya korxonalari birlash- malaridir. Xo'jaliklararo kooperatsiya qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga bogiiq bo'lmagan sohalarda, qurilish, xizmat qilish va boshqalarda tashkil topgandir. U korxonalar va xo'jaliklar o'rtasida har xil birikmalar ko'rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Xo'jaliklararo kooperatsiya kapital mablag'larni tez qoplash, yer, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Qishloq xo'jaligining bir qator texnologik vazifalarini sanoat va xizmat ko'rsatish tarmoqlariga o'tishi bilan qishloq xo'jaligining mehnat faoliyati tomya boradi, tayyor mahsulot yaratuvchi qishloq xo'jaligi

— ko'p hollarda xomashyo yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi ko'pincha uning o'z faoliyatiga bog'liq emas, balki qishloq xo'jaligida yaratilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazib berish va boshqa xizmat qilish tarmoqlari sohalariga, ular o'rtasidagi aloqa va ishlarni yaxshi yo'lga qo'yilganiga bog'liqdir.

Bu esa sanoat tarmoqlarini qishloq xo'jaligi korxonalari bilan uzviy birlashishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bunday birlashishning zaminida ma’lum bir mahsulot yaratish, maqsadlarning bir xilligi, ya’ni yagona texnologik jarayon yotadi. Gorizontal bo'yicha amalga oshiriladigan qishloq xo'jaligi korxonalarining kooperatsiyasidan farq qilgan holda bunday birlashish vertikal agrosanoat integratsiyasi deb yuritiladi.

Agrosanoat integratsiyasiga xos birlashmalar awalambor mahsuloti tez buziladigan qishloq xo'jaligi tarmoqlari (uzum, meva, sabzavot, moyli ekinlar va boshqalar)da vujudga keldi.

Hozirda vertikal integratsiya asosida faoliyat olib boradigari agrosa­noat tuzilmalarining quyidagi shakllari mavjud:

  • agrosanoat korxonalari;

  • xolding kompaniyalari;

  • agrofirmalar;

  • ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish