Ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari — bu tarmoqda ilmiy - texnika taraqqiyotini jadallashtirish hamda hayotga tatbiq etishni keng joriy etish maqsadida tuziladigan birlashmalardir. Ular urug' seleksiyasi, hosildor navlar va ko'chatlar, mahsuldor chorva zotlarini yaratish yo'nalishida xizmat qiladilar.
Agrosanoat integratsiyasi natijasida sinergetik samaradorlik vujudga keladi, u joriy xarajatlarning kamayishi, mahsulot hajmining oshishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi, mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish muddatlarining qisqarishi, aholi talabini to'liq qondirilishi bilan asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |