ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi
Qishloq xo'jalik korxonalarini moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta’minlashga doimo katta e’tibor berilmoqda. Chunki bu sarflanadigan mehnat hamda mablag' xarajatlari kamayishi, mehnat unumdorligi yuksalib, foyda summasi ko'payishi uchun imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, qishloq xo'jalik korxonalarining moddiy- texnika vositalari bilan ta’minlanish bu vositalardan foydalanish jarayonini va bu boradagi o'zgarishlami bilish talab etiladi. Buning uchun bir qancha ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin. Eng awalo, bu boradagi asosiy ko'rsatkich — korxonaiarning moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ko'rsatkichidir. Xo'jalik o'z faoliyatida amalga oshiradigan ishlarni tez va sifatli bajarishga intiladi, bu jarayonda texnika vositalari o'rtasida mutanosiblikni ta’minlashga alohida e’tibor beradi.
Sababi - traktorlar ko'p, ularga tirkaladigan mexanizmlar kam yoki aksi bo'lsa, kutilgan samaraga erishib bo'lmaydi. Chorva hayvon- lari ko'p bo'lib, yem-xashak kam bo'lishi ham foydasizdir. Demak, korxonalar samarali muvozanatdagi moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta’minlangan bo'lishlari kerak. Uning darajasini quyidagi ifoda yordamida aniqlash mumkin:
(S_+<AF-AVq)+W+Bq); (1Q1)
О
bunda: MTRTI) — moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, so'm;
Sq — qishloq xo'jalik yerlarining qiymati (so'm);
AVq — asosiy vositalaming o'rtacha yillik qiymati (so'm);
AF — asosiy fondlaming o'rtacha yillik eskirish qiymati (so'm);
AyFlq — aylanma fondlaming o'rtacha yillik qiymati (so'm);
Bq — bog'lar, tokzorlaming o'rtacha yillik qiymati (so'm).
Bu ko'rsatkich yordamida har bir xo'jalik ixtiyoridagi foydalani- layotgan 1 ga qishloq xo'jalik yeriga yoki ekin maydoniga necha so'mlik moddiy- texnika resurslari to'g'ri kelayotganligi aniqlanadi. Uning miqdori talab, ya’ni me’yor darajasida bo'lishi kerak. Bu umumiy ko'rsatkich maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa aniq ko'rsatkichlar yordamida yanada aniqlashtiriladi.
Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida kimyoviy vositalarni, jumladan, mineral o'g'itlami sotib olishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yowoyi o'tlar hamda zararku- nandalarni ozaytirib, mehnat va mablag' sarflarini kamaytiradi, mahsulotning sifati yaxshilanadi.
Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi ishlab chiqarish ja- rayonidagi faoliyatiga ko'ra, mehnat predmetlari hamda mehnat vositalariga bo'linadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilib, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o'z shakllarini to'liq o'zgartiradigan predmetlar tarmoqning mehnat predmetlarini tashkil etadi.
Ularga sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan yoqilg'i, yog'lovchi materiallar, kimyoviy o'g'it, yem va boshqalar kiradi. Ular tarmoqning mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarida bir marta qatnashib, o'z shakllarini to'liq o'zgartirib, qiymatini ham ularga o'tkazadigan predmetlardir. Tarmoqda band bo'lgan insonlaming ongli mehnati, mehnat predmetlari yordamida qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlami bajarish maqsadida bir necha yillar davomida foydalaniladigan narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Ular tabiat tomonidan hamda sanoat, qishloq xo'jalik tarmoqlarida yaratilgan bo'lib, turli xildagi mahsulotlarni yetishtirishda, xizmatlami, ishlarni bajarishda bir necha yillar davomida foydalanilib, o'z ko'rinishini, shakllarini o'zgartirmasdan, lekin qiymatining ma’lum bir qismini mahsulotlarga, ishlarga, xizmatlarga o'tkazib boradigan vositalardir. Ularga qishloq xo'jalik texnikalari hisoblangan mashina- traktorlar, kombaynlar, seyalkalar, kultivatorlar, sug'orish inshootlari, binolar, stanoklar va boshqalar kiradi. Yerlar, tabiiy o'rmonlar — tabiat mahsulidir. Ishchi va mahsuldor chorva hayvonlari, bog‘zorlar, tokzor- lardan qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish uchun bir necha yillar mobaynida foydalaniladi. Asosiy vositalar yillar davomida jismoniy hamda ma’naviy eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy texnikalaming yaratilishi tufayli ular ma’naviy jihatdan ham eskiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |