Amortizatsiya — bu ishlatilgan ishlab chiqarish vositalarini pul ifodasidagi qoplanishidir. Har bir korxonada amortizatsiya fondi tashkil etiladi.
Asosiy vositalarning eskirishini ularning amaldagi eskirish me’yorlari (normativlari) yordamida aniqlash mumkin. Ularning eskirish qiymati amortizatsiya summalari, deb ataladi. Asosiy vositalarning eskirish me’yorini belgilab beruvchi amortizatsiya me’yori asosida ularning eskirish qiymati (summasi) quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: AV AV
Aq = TtT- • 100 yoki тгг1- (10.2)
bunda: Aq — asosiy vositaning amortizatsiya summasi (so'm);
AVq — asosiy vositaning balans qiymati (so'm);
AVem — asosiy vositaning eskirish me’yori (koeffitsientda, yilda).
Asosiy vositalarning eskirish me’yori (normativi) berilmaganda asosiy vositaning balans qiymatini uning xizmat muddatiga taqsimlash natijasida eskirish me’yori aniqlanadi. Xo'jalikda bir necha yillar davomida ishlatilgan vositalar kapital ta’mirlangan bo'lsa, ular balans qiymatiga qo'shiladi.
Eskirish qiymatlari yetishtiriladigan mahsulotlarga, xizmatlarga belgilangan tartibda o'tkaziladi.
Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan fuqarolar mehnat predmetlaridan hamda mehnat vositalaridan oqilona foydalanish natijasida turli xildagi sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirib, foydali xizmatlami bajaradilar. Ulaming yig'indisini qishloq xo'jaligi vositalari yoki fondlari tashkil etadi. Qishloq xo'jalik fondlari tarmoqdagi ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishiga yoki foydalanilishiga ko'ra, ishlab chiqarish fondlari hamda
noishlab chiqarish fondlaridan tashkil topadi.
Ular qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida qatnashishining zamriyligi hamda muddatiga ko'ra, yuqorida ko'rsatilganidek, asosiy va aylanma fonalarga bo'linadi.
Asosiy vositalar iqtisodiy mohiyatiga ko'ra, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi jarayonida bir necha yillar davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yilma-yil qisman o'tkazib boradi (ya’ni eskirish qiymatini).
£
Ularni natura holdagi ko‘rinishiga ko'ra, asosiy va aylanma vositalar, umumiy holda esa ishlab chiqarish vositalari, deb ataladi.
Asosiy vositalar
Noishlab chiqarish Ishlab chiqarish —
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan
Uy-joy
v kotnmunal
xo'jaligi
Sanoat Inshootlar Uzatish qurilmalari Transport vositalari Qurilish Inventar
Sog'liqni -Л1 saqlash
Ko'p yillik daraxtlar £— Boshqalar Maorif
Ishchi
hayvonlar Mahsuldor
hayvonlar
Y erga kapital mablag'lar
Asbob va boshqalar
10.1-rasm. Asosiy vositalar tarkibi.
Mashinalar
va uskunalar
Binolar
Bunday vositalar 15 minimal ovlikdan yuqori qiymatga ega bo'lgan va 1 yildan ko'proq xizmat qiladigan ishlab chiqarish vositalaridir. Ularga qishloq xo'jalik yerlari, mashinalar, traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, stanoklar, ishchi, mahsuldor hayvonlar, ko'p yillik mevali daraxtlar va boshqalar kiradi.
Asosiy va aylanma vositalar mahsulot ishlab chiqarib, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda benihoya katta ahamiyat kasb etadi. Chunki
ularsiz talabni qondiradigan miqdorda, sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ulardan oqilona foydalanish natijasida mehnat va mablag1 xarajatlari tejaladi. Demak, asosiy va aylanma vositalardan oqilona va samarali foydalanish tufayli qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti rivojlanadi. Natijada aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi. Shuning uchun bunday vositalarni yaratishga, qurishga, ta’mirlashga, ulardan yaxshi foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda.
Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarishda asosiy rol qishloq xo'jaligida qatnashuvchi fondlarga tegishlidir, chunki ular asosiy ishlab chiqarish fondining 80 foizini tashkil qiladi. Bu fondlarga quyidagilar kiradi:
—yer resurslari;
binolar;
inshootlar;
mashina va texnikalar;
transport vositalari;
ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari;
sog'in sigirlar;
—go'shtga boqilgan qoramollar;
Aylanma vositalar .]
3’
3
Muomila fondlari
Moddiy aylanma vositalar Ishlab chiqarish zaxiralari Tugallanmagan ishlab chiqarish Pul vositalari
Tayyor mahsulotlar £
-7 Dehqonchilik
Boquvdagi
mollar
Boshqalar
O'g'it va zaharli kimyoviy vositalar л *
Chorvachilik Yoqilg'i Bazadagi qoramollar Urug'lik Yem-xashak
10 2-rasm. Aylanma vositalar tarkibi.
13 — Samatov, G‘. A. va boshq. 193
—yerni yaxshilash uchun qilingan sarflar (inshootlardan tashqari).
— asboblar va hokazolar.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining qiymat ko'rsat- kichlari: fond qaytimi va fond sig'imidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |