A samatov, I. B. Rustamova


boshqaruvni qishloq xo'jaligida qo'llashning samaradorligi



Download 0,77 Mb.
bet142/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

boshqaruvni qishloq xo'jaligida qo'llashning samaradorligi

Innovatsiya inglizcha «innovation» so'zidan olingan bo‘lib, yangi ilmiy texnik yutuqni ifodalab, yangi mahsulotni amalda qo‘llanilish jarayoniga aytiladi.

Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida, inno- vatsiyalarni joriy etish, milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi ni va bozordagi mavqeyini mustahkam- lashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Innovatsiyaviy faoliyat, ishlab chiqarish va inson hayotiy faoliyatining boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri hisoblangan holda, u foydalaniladigan mahsulotlarning sifat o'zgarishlari, faoliyat vositalari va ushiblarini yangilash yo'li bilan amalga oshiriladi. Ammo sifat o'zgarishlarini faqatgina fundamental bilimlar asosida o'zgartirish mumkin bo‘lib, ular texnik bosqichdan ishlab chiqarish sohasiga o'tgan holda ilg'or o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu sohadagi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsiyaviy faoliyat mahsulotlarini sotish hisobiga milliy daromadning 20 foizgacha o‘sishi ta’minlanishi mumkin.

Innovatsiya — mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni bo'lib, unda innovatsiyaviy mahsulot amaliy qo'llanilish bosqichigacha olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Korxonalar rivojlanishining asosiy strategiyasi quyidagi tamoyillarga asoslangan innovatsiyaviy boshqaruv siyosati bo'lib, ularni amalga oshirish uchun:

  • tabiiy va iqlim resurslaridan oqilona foydalanish;

  • jamg'arilgan boyliklardan o'z o'rnida foydalanish;

  • investitsiyalarni faol jalb qilish;

  • innovatsiyalarni qo'llab-quwatlash talab etiladi.

Innovatsiyaviy boshqaruv — 0‘zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo'lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi.

Innovatsiyaviy boshqaruv korxonaning samarali rivojlanishi va raqobat ustunliklarini shakllantirish omilidir.

Innovatsiyaviy boshqaruvning eng muhim amaliy vazifalaridan biri — innovatsiyaviy jarayonlarni boshqarishning samarali tizimini shakllan- tirishdir va u quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

  • innovatsiyaviy boshqaruvning tegishli nazariy bazasini ishlab chiqish;

  • innovatsiyaviy boshqaruv sohasida mavjud muammolarni yechish uslublarini asoslash;

  • innovatsiyaviy jarayonlar samaradorligini baholash uslubiyati va ularga ta’sir ko'rsatish vositalarini ishlab chiqish.

Korxonada ro‘y berayotgan innovatsiyaviy jarayonlaming samara- dorligi, innovatsiyaviy strategiyani shakllantirishda qo'llaniladigan usul va uslublarga, innovatsiyaviy mahsulot kategoriyasiga, ishlab chiqilayot- gan innovatsiyalar turlariga, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ishlab ehiqarishda qo‘llanihshiga bog'liq bo'ladi. Ular orasida eng muhim elementlar bo'lib quyidagilar sanaladi:

—innovatsiyaviy xarakterdagi yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali strategiyalari;

—muayyan tashkiliy tuzilmada bunday strategiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish mexanizmi.

Tadbirkorlik, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va marketing strategiyalari bilan bir qatorda yuqorida qayd etilgan innovatsiyaviy strategiya, korxona umumiy iqtisodiy strategiyasining muhim bo'g'ini sifatida qaraladi.

Hozirgi kunda ilmiy-texnik taraqqiyot va bozor ehtiyojlari, mahsulot nomenklaturasi va sifatiga yangi talablarni shakllantirgan holda, talab va taklif konyunkturasidagi o'zgarishlarga olib kelmoqda. Ishlab chiqamvchilaming bunday o'zgarishlarga nisbatan loqaydligi, raqobat- doshlarning ilgarilab ketishidan dalolat beradi. Korxonalar ushbu o'zgarishlarga kech moslashuvining salbiy iqtisodiy oqibatlari, tanazzul holatga va hattoki bankrotlikka olib kelishi mumkin. Ushbu munosabat bilan, ishlab chiqarish faoliyatining deyarli barcha sohalarida, in- novatsiyalarga, istiqbolli rivojlanish vositasi sifatida qiziqishi oshadi. Korxonalami boshqarish amaliyotida bunday strategiyaning shakl- lanishi, innovatsiyaviy jarayonlarni samarali boshqarish tizimlarini yaratish zaruriyatini yana bir marta ta’kidlaydi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish