Mehnat intensivligi — bu jonli mehnatning jiddiyligi yoki murak- kabligi darajasi bo'lib, u ish vaqti birligida inson asab va muskul quwatining sarflanishi bilan o‘lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir ko'rsatmaydigan intensivlik ijtimoiy normal intensivlik hisoblanadi, sarflangan quwat ovqatlanish, dam olish va hissiy yengillanish hisobiga to‘liq tiklanadi.
Hisoblarga ko‘ra, mehnatning norma! intensivligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik bilan ketayotgan kuch-quwat sarflanishiga tengdir. Nisbatan normal muayyan mehnat intensivligini oshirish mehnatga haq tolashda tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi.
Mehnat unumdorligi, mehnat intensivligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan foydalanish darajasiga ham bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |