Yer resurslaridan foydalanish koeffitsienti (YRFK) qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlami (QXYY) xo'jalikka biriktirilgan jami yer maydoni (S)ga nisbati bilan ifodalanadi:
Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanish samara- dorligining asosiy ko'rsatkichlari yer qaytimi va yer sig'imidir.
Yer qaytimi (YQ) 1 ga qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga to'g'ri kelgan mahsulotni (M) ifodalasa, yer sig'imi (YS), 1 so'mlik sof mahsulot qancha gektar yerdan olinganligini ifodalaydi:
Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanish samarador- ligining qo'shimcha ko'rsatkichlari ana shu yerlardan olingan natura va qiymat shaklidagi yalpi va tovar mahsulotlari hisoblanadi. Yer qaytimi va yer sig'imining natural ko'rsatkichlari alohida olingan xo'jaliklarda yoki bir xil tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda joylashgan va bir xil ixtisoslashgan xo'jaliklarda alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini baholashda foydalanilinadi. Yer qaytimi va yer sig'imining natural ko'rsatkichlari 1 ga qishloq xo'jaligiga yaroqli yer hisobiga to'g'ri kelgan qishloq xo'jaligi yalpi va tovar mahsulotini xarakterlaydi va aksincha:
Bunda har bir tur qishloq xo'jaligi mahsuloti uni ishlab chiqarish uchun kerak bo'lgan qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga mos keladi. Yer qaytimining natural ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
1 ga yerdan olingan qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi; 100 ga haydaladigan yer hisobiga to'g'ri kelgan, sentner: g'alla, paxta, kartoshka, sabzavot va boshqalar.
100 ga qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarga yoki ozuqa ekinlari
maydoni hisobiga ozuqa ishlab chiqarish, ozuqa birligi.
— 100 ga qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar hisobiga ishlab chiqarish, sentner sut, go'sht (turli xil), jun, tuxum, g'alla, paxta va boshqalar.
Dehqonchilik, chorvachilik yoki butun qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, shuningdek, boshqa turli ixtisoslashgan xo'jaliklami taqqoslashda, yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash uchun yalpi va tovar mahsuloti qiymatini, shuningdek, foydani qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga bo'lib hisoblaydigan, yer qaytimi va yer sig‘imining qo'shimcha qiymat ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.
YMQ;TMQ;F, y£_ QXYY Q QXYY ’ YMQ;TMQ; (86)
Qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini xarakterlaydigan ko'rsatkichlarga, dehqonchilik, chorvachilik alohida mahsulotlarini ishlab chiqarishning, shuningdek, tarmoqlar va butun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |