Tо‘quv dastgohi
turlari
Mokili
Mokisiz
22-rasm. Tо‘quv dastgohlari turi
MOKISIZ ARQOQ TASHLASH
USULLARI
Mitti mokili
Rapirali
Pnevmatik
Gidravlik
23-rasm. Mokisiz arqoq tashlash usullari
Arqoq ipini homuzaga
tashlash turlari
Uzlukli
Uzluksiz
24-rasm. Arqoq ipini homuzaga tashlash turlari
Arqoq ipi bilan ta’minlashning turi bо‘yicha dastgohlar mexanik,
avtomatik arqoq almashtirish mexanizmi bilan jihozlanmagan va
avtomatik dastgohlarga bо‘linadi.
34
Homuza hosil qiluvchi mexanizmlarning tuzilishiga qarab, tо‘quv
dastgohlari kulachokli, karetkali va jakkardli dastgohlarga bо‘linadi.
Kulachokli homuza hosil qiluvchi mexanizmli dastgoh larda, asosan,
oddiy о‘rilishli (polotno, sarja, satin va h.k.) tо‘qi malar tо‘qish mumkin.
Karetkali dastgohlarda esa, 12–48 tagacha shodalar mavjud bо‘lib,
shularga mos tо‘qimalar ishlab chiqarish mumkin. Jakkard mashinali
dastgohlarda esa, har qanday naqshli (gulli) tо‘qimalar olish mumkin.
Batan mexanizmining tuzulishiga qarab dastgohlar umumiy,
seksiyali, nuqtali, rotatsion va tebranma arqoq jipslashtirish mexa-
nizmli dastgohlarga bо‘linadi.
Zarb mexanizmi tuzilishiga qarab dastgohlar ketma-ket va ix-
tiyoriy zarbli dastgohlarga bо‘linadi.
Bir vaqtda ishlatiladigan arqoqlarga qarab dastgohlar bir rangli
va kо‘p rangli dastgohlarga bо‘linadi. Kо‘p rangli arqoq almashtirish
mexanizmini qо‘llash, tо‘qima turlarini kо‘paytirishga imkon beradi.
Tо‘qimadagi iplarning turiga qarab paxta, jun, ipak, zig‘ir, me-
tall, shisha va boshqa tо‘qimalarni ishlab chiqarishga moslashgan
tо‘quv dastgohlari ishlab chiqariladi. Ayrim rivojlangan firmalar
kо‘p lab barcha turdagi iplardan tо‘qima olish imkoniyatiga ega uni-
versal tо‘quv dastgohlarini ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqa rilgan
tо‘qimadan foydalanishga qarab dastgohlar oddiy va maxsus tо‘qima
ishlab chiqaruvchi dastgohlarga bо‘linadi.
Ishlab chiqarilayotgan tо‘qimani eniga qarab dastgohlar ensiz va
enli dastgohlarga bо‘linadi, lekin bu shartli kо‘rsatkich bо‘lib, hozir da
maksimal taxtlash eni 2 metrdan ortiq bо‘lgan dastgohlar enli dast-
gohlar deb qabul qilingan.
Tо‘qima qanday tо‘quv dastgohida ishlab chiqarilishidan qat’i na-
zar, unda quyidagi beshta amal bajariladi:
– tanda ipini uzatish va uni taxtlash tarangligini hosil qilish;
– iplarni ikki qismga ajratib, birinchi qismini yuqoriga kо‘ta rish,
ikkinchi qismini pastga tushirish bilan homuza hosil qilish;
– hosil qilingan homuzaga arqoq ipini tashlash;
– homuzadagi arqoq ipini tо‘qima chetiga jipslashtirish va tо‘qima
elementini hosil qilish;
35
– tо‘qimani tortish va unda kerakli arqoq bо‘yicha zichlikni
ta’minlash.
Yuqoridagi beshta amalni bajarish uchun tо‘quv dastgohlariga
quyidagi mexanizmlar о‘rnatilgan; homuza hosil qiluvchi mexanizm-
lar, zarb va arqoq ipi tashlash mexanizmlari, batan va arqoq ipi ni
jipslashtiruvchi mexanizmlar, tо‘qima rostlagichlari, tanda rostlagich-
lari (25-rasm).
Bu mexanizmlarning ishlashi, ularning sozligi, ishlab chiqarila-
yotgan tо‘qimaning tuzilishiga, sifatiga, uzuqlar soniga, dastgoh va
meh nat unumdorligiga bevosita ta’sir etib, ularni aniqlovchi asosiy
shartlardan hisoblanadi. Shuning uchun mexanizmlar kо‘p roq о‘rga-
niladi va dastgohlar ustida tinimsiz ishlar olib boriladi. Yuqoridagi
asosiy mexanizmlardan tashqari tо‘quv dastgohlariga ogohlantiruv-
chi, arqoq ipini avtomat almashtiruvchi va boshqa yor damchi me-
xanizmlar ham о‘rnatiladi. Zamonaviy tо‘quv dast gohlarida bu me-
xanizmlarning ishlashini boshqarish uchun mik roprotsessorlardan
foy dalanilib, ularga xizmat kо‘rsatish tobora kamayib bormoqda.
Mikro protsessorlardan tо‘quv dastgohlarida foydalanish ularning
aniq ishlashini ta’minlaydi.
25-rasm. Tо‘quv dastgohining texnologik kо‘rinishi
36
Tо‘quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy firmalar. Tо‘quv
dastgohlari kо‘plab davlatlarda ishlab chiqariladi. Quyida zamonaviy
tо‘quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi fir malarning ayrim-
lari keltirilgan (2-jadval).
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |