A salimov, G. Axmedjonova


Zamonaviy tо‘quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchi



Download 10,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/78
Sana26.08.2021
Hajmi10,5 Mb.
#156378
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
Bog'liq
xomashyoni toquvchilikka tayyorlash

Zamonaviy tо‘quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchi  
yetakchi firmalar
Ishlab chiqaruvchi firmalar
Pnevmatik tо‘quv dastgohlarini 
ishlab chiqaruvchilar
Rapirali tо‘quv dastgohlarini 
ishlab chiqaruvchilar
Zulser (Shveysariya)
Dorniyer (Germaniya)
Sudakoma (Yaponiya)
Somet (Italiya)
Picanol (Belgiya)
Picanol (Belgiya)
Toyota (Yaponiya)
Zulser (Shveysariya)
Dorniyer (Germaniya)
Vamates Rapirali (Italiya)
Somet (Italiya)
Vamates Negativ Rapirali (Italiya)
Trusrein (Chexiya)
Panter Negativ Rapirali (Italiya)
Gunne (Germaniya)
Yakob Myuller (Shveysariya)
MyullerAG (Shveysariya)
SapaTextil (Ispaniya)
Vauple (Germaniya)
Panter (Italiya)
ICBTVaupel (Germaniya)
CTM (Xitoy)
Gidravlik tо‘quv dastgohlarini 
ishlab chiqaruvchilar
Mitti mokili tо‘quv dastgohlarini 
ishlab chiqaruvchilar
Sudakoma (Yaponiya)
Toyota (Yaponiya)
Zulser (Shveysariya)
STB (Rossiya)
Zamonaviy tо‘quv dastgohlarining yuqori sifati quyidagi omillar 
bilan ta’minlanadi:
–  yuqori  universalligi,  ya’ni  turli  xil  tо‘qimalar  ishlab  chiqarish 
imkoniyatlarining kengligi;


37
– yuqori tezlikda ishonchli ishlashi;
– ishlab chiqarilgan tо‘qima sifatining yuqoriligi;
– dastgoh tо‘xtashlari sonining kamligi va bartaraf etishdagi kam 
mehnat sarfi.
Dastgohlarning  universalligi  paxta,  jun,  ipak,  sun’iy  va  sintetik 
ham da  aralashmali  iplardan  tо‘qima  ishlab  chiqarish  imkonini 
yaratadi.
Dastgohlarda og‘irligi yuqori bо‘lgan quyidagi tо‘qimalarni ishlab 
chiqarish mumkin: kiyimbop junli tо‘qimalar, yengil va zich ligi yuqori 
ip gazlamalar, zig‘ir, sintetik va aralash ipli va boshqa tо‘qimalar.
Dastgohlarning  keng  assortiment  imkoniyatlari  quyidagi  kо‘r-
satkichlar bilan ta’minlanadi:
– original kinematik va dinamikli tig‘ yuritmasi; 
– arqoq ipini tashlash mexanizmining konstruksiyasi; 
– ishchi eni qamrovining kattaligi;
– arqoq ipining rangini erkin rapportida ajratuvchi tanlagich va 12 
shodali homuza hosil qilish mexanizmining о‘rnatilishi; 
– 20 shodali pozitiv elektron shoda kо‘tarish karetkasi; 
– elektron yoki mexanik boshqaruvchi jakkard mashinasi.
Maksimal tezlikda ham dastgohlar ishining yuqori ishonchliligi ni 
namoyon etadi.
Dastgohlar  ishining  ishonchliligi,  uning  tezligi  oshishi  bilan  qu-
yidagilar bilan ta’minlanadi.
– detal va mexanizmlari yuqori aniqlikda tayyorlanganligi;
– eng yangi texnologiyalar va kompozitsion materiallarning qо‘l-
lanishi;
–  4  bо‘g‘inli  rapira  yuritmasi  qо‘llanishi,  kulachok  va  aksilku-
lachoklardan harakat oluvchi yengillashtirilgan batan me xanizmi;
–  dastgoh  yuritmasi  va  tormozi  asosiy  mexanizmlarining  muk-
kamal kinematika va dinamikasi;
– qisqichlar о‘lchami va konfiguratsiyasining optimalligi;
–  rang  ajratish  tanlagichida  arqoq  iplari  orasidagi  masofaning 
kattalashtirilganligi, dastgohning chо‘yan asoslardan iboratligi.


38
Yuqori sifatli tо‘qimani ishlab chiqarish quyidagilar bilan ta’min-
lanadi: 
–  о‘zgaruvchan  tokli  dvigatelning  yuritmasini  elektromexanik 
mufta  va  dastgohni  0,1  sek.da  tо‘xtatuvchi  va  tezligini  oshirishni 
ta’minlovchi dastgoh tormozining qо‘llanishi;
–  tanda  uzatuvchi  reversiv  turdagi  elektron  rostlagichlarning 
qо‘llanishi, bu rostlagichlar tanda ipining tarangligini bir xilda ushlab 
turadi; 
– yо‘qolgan arqoq ipi о‘rnini homuzada topish mexanizmlari;
– elektron tо‘qima rostlagichlari;
– soxta milk hosil qiluvchi mexanizmlar;
– optimal konstruksiyali arqoq ipini jipslash mexanizmlari; 
–  takomillashgan  homuza  shakli  va  skalo  holatini  rostlashning 
katta imkoniyatlarining mavjudligi;
Dastgoh  ishlayotganida  va  qayta  taxtlanganida  qisqa  muddatga 
tо‘xtab turish quyidagilar bilan ta’minlanadi: 
– mexanizm omillarining yuqori barqarorligi;
– dastgohlarni tuzatish va uni muqobillashtirish omillarini nazorat 
qiluvchi elektron tizimi;
– tо‘qima enini oson rostlash; 
–  berilgan  о‘rilishli  tо‘qimaning  ishlab  chiqarish  va  arqoq  rang-
larini tanlab beruvchi protsessorda yaxlitlovchi elektron tizimi;
–  tо‘qima  о‘ramiga  qarab  mikroprotsessorlar  tomonidan  nazorat 
qiluvchi arqoq ipi uzilgan homuzani avtomatik topish qurilmasi;
– tо‘qima ruloni diametri kattaligi va uni dastgoh ishlab turganida 
yechib olish;
– rulonni joylovchi romlarini qо‘llash imkoniyati;
–  yuqori  takomillashgan,  iplar  uzuqlarini  bartaraf  etish  vaqtini 
kamaytiruvchi tanda kuzatish qurilmasi;
– dastgohning ishchi tezligi, ishlab chiqariladigan tо‘qima, uzuq-
lar  va  boshqa  kо‘rsatkichlar  haqida  ma’lumotlar  beruvchi  mikro-
protsessorlar yordamida elektron boshqarish markazining qо‘llanishi.
Tо‘qimachilik  korxonalaridagi  ensiz  va  past  unumli  tо‘quv  dast-
gohlari о‘rnini zamonaviy enli dastgohlar egallamoqda.


39
Hozirda  dunyo  bo‘yicha  tо‘qimachilik  mashinalari  yangiliklari 
3 ta asosiy kо‘rgazmalarda namoyish etiladi:
ITMA  (XTMK  –  xalqaro  tо‘qimachilik  mashinalari  kо‘rgazma-
si)  – har 4 yilda Yevropada о‘tkaziladi.
ATME-I (Amerika tо‘qimachilik mashinalari kо‘rgazmasi) – har 
4 yilda AQSHda о‘tkaziladi.
OTEMAS  (Osiyo  tо‘qimachilik  mashinalari  kо‘rgazmasi  (shou-
si) – har 3 yilda Yaponiyada о‘tkaziladi.
Shuningdek,  har  yili  Istanbulda  turli  tashkilotlar  tomonidan  tо‘-
qimachilik mashinalari kо‘rgazmasi tashkil etiladi. 

Download 10,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish