A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Tasavvuf va uning tariqatlari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tasavvuf va uning tariqatlari. 
Tasavvuf falsafiy oqim va diniy- 
m a’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sa­
bablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning 
ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neopla- 
tonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo‘ldi. Tasavvuf uchun 
vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turi- 
shi, fano bo‘lish, orif shaxsining Tangri taolo bilan ruhan bir- 
lashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini soTiylar deb ataganlar 
va «so‘fizm» atamasi shundan paydo bo‘lgan. Rasmiyatchilik
aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, 
iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj 
bo‘lmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga 
sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni pok- 
lash, nafs balosidan ozod bo‘lish darkor. Ana shundagina inson
42


dili nur bilan to‘ladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o‘zidan 
izlaydigan darajaga ko‘tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni 
qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o‘zini ozod qiladi, 
Chunki inson qalbi hurdir.
Butun islom olamida keng tarqalgan tasavvufning yurtimiz- 
dagi eng keng tanilgan yo‘nalishlari kubraviya, yassaviya, naqsh- 
bandiya tariqat-suluklaridir.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro (1154—1226) 
Xevada tug‘ilgan, asarlari orasida «Sharxus-sunna val-masolix», 
«Usuli ashara», «Favoixul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya 
tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan. Bular — Tang- 
riga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi dunyo — har qanday laz- 
zatdan o‘zini tiyish, tavakkul — Ollohga e’tiqodi pokligi uchun bar­
cha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish, 
mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr, tavajjux — Haqqa muhabbat 
qo‘yish, sabr — nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba — tafakkurga 
g‘arq bo‘lish, rizo — Tangri xushnudligini qozonishdan iborat.
Kubro mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan janglarda jasorat ko‘rsatgan va 
shahid bo‘lgan. Mo‘g‘ullar Kubroning nomi ulugMigi, obro‘si ba- 
landligini hisobga olib, unga ozod bo‘lishi, omon qolishi mum- 
kinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal’adan chiqib ketishi 
kifoya ekanini bildirgan. Ammo Kubro bunday jon saqlagandan 
ko‘ra, o‘z xalqi bilan birga yurt himoyasi yo‘lida jon berishni afzal 
ko‘rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, 
jangchilarga faol ko‘mak bergan. Buni ko‘rgan shogirdlaridan biri 
«Ustoz, anchadan beri bayroq ko‘tarib charchadingiz, uni menga 
bering», deganida, u «Agar kuchim bo'lganida qilich yoki kamon 
olgan bo‘lar edim. Bayroqni bizga qo‘yingda, siz yo qilich yoki 
nayza bilan yog‘iyga qarshi kurashing», degan ekan. U bayroqni 
shunchalik mahkam ushlagan ekanki, halok bo‘lganidan keyin, 
qo‘lidan bayroqni olishning iloji bo‘lmaganidan, bir mo‘g‘ul Kub­
roning qo‘lini kesib olgan ekan.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy (1166- 
yilda vafot etgan). Turkistonning Sayram n uzofotida tug‘ilgan, 
mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot 
etgan) ta ’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga
43


erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir mud- 
dat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni Abduxoliq 
G ‘ijduvoniyga qoldirib, Yassi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z 
tariqati, yo‘l-yo‘riqlarini tashviq etish bilan mashg'ul bo‘ladi.
Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda yozilgan, 
tasavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikm atlari devonida o‘z ak- 
sini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga yetishish, uning ishqi- 
da parvona bo‘lish, undan boshqa narsaga ko‘ngil qo‘ymaslik 
haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida 
ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o‘tkazgan. 
Yassaviy tariqati Turkiston o‘lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shi- 
molda — Qozon shahrigacha, G ‘arbda — Bolqongacha keng 
tarqalgan.
Mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot 
etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan yana bir ulug‘ zot - 
Bahouddin Naqshband (1318—1389-yillar) naqshbandiya tariqa- 
tining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru 
dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Unga ko‘ra in­
son Olloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi 
lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo‘li esa mehnatda bo‘lmog‘i 
lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, 
m a’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islom- 
ning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat 
esa, o‘zidan kechish, fano bo‘lishdir. Haqiqat — behuda ishlar- 
dan uzoqlashish, haq ishlarga bog‘lanish. Demak, shariat — qo- 
nun, tariqat — yo‘l, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo‘l esa 
ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.
Kubraviya, 
yassaviya 
va naqshbandiya 
ta ’limotlari
m a’naviyatimiz tarixida juda katta o‘rin tutgan va o‘z ta’sirini 
haligacha saqlab kelmoqda.
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati 
va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta bo‘lgan. Uning 
hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlat- 
larning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi 
marralarga erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-
44


ma’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin timsolidir. 
«Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar 
sohadagi ijobiy siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va is­
lom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. 0 ‘sha davrda ja­
hon miqyosida Vatanimizning m a’naviy-intellektual nufuzi ortib 
bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.
Afsuski, bu madaniy uyg‘onish mo‘g‘ul bosqini tufayli tanaz- 
zulga yuz tutdi. Amir va sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar, no- 
ahillik Chingizxon bosqiniga qo‘l keldi. Bu bosqin mo‘g‘ullarning 
1218-yilda 0 ‘tror shahrini bosib olishi, uning hokimi, Xorazm- 
shohning qaynog‘asi, Inolchiqni bandi qilishi va qulog‘iga 
qaynab turgan kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan bosh- 
landi. Mo‘g‘ullarning hukmronligi davrida ana shunday qonxo‘rlik 
tinimsiz davom etdi. Ko‘rkam shahar va qishloqlar vayronaga 
aylandi, iqtisodiyot tanazzulga yuz tutdi. Ilm-fan, madaniyat, 
jum ladan falsafa ilmi ham inqirozga uchradi.
Garchand uquvsiz hukmdor M uhammad Xorazmshoh salta- 
natni saqlab qola olmagan bo‘lsa-da, xalqimizning bosqinchi- 
larga qarshi kurashi aslo to ‘xtagani yo‘q. Ba’zi tarixiy manbalar- 
ga ko‘ra, o‘sha davrda nihoyatda katta hududdan 600 mingga 
yaqin qo‘shin to‘plash m um kin edi. Bu qo‘shin to ‘planganida va 
tajribali lashkarboshiga topshirilganida Chingizxon saltanatni 
bosib olishi gumon edi. Insoniyatning o‘tm ishini yaxshi biladi- 
gan ba’zi olim va mutaxassislarning fikricha, agar shoh o‘zining 
yovqur o‘g‘li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayin- 
laganida va qo‘shinining ixtiyorini unga topshirganida, nafaqat 
Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo‘ldan ketishi 
mum kin edi.
Afsuski, tarix «Agar unday bo‘lmaganida edi...» qabilidagi ta- 
moyillarni tan olmaydi. Chingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy 
taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib yubordi. 0 ‘sha davr­
da bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin 
Manguberdi esa millatimiz ozodligi uchun olib borgan kurashi- 
ning timsoli sifatida tariximiz sahifalarida al adiy qoldi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish