A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

o ‘y i n d a n
ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni 
maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guriihga mansub kishilar,
Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo‘n misolga o‘xshaydi. Ammo 
uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shun­
day. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga
10


chiqadi va o‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr be- 
jiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida 
bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy- 
ro‘zqor tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga 
berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatla- 
rini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar 
uchun ibrat boiarli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayo- 
tiy tajribaga ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni 
bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil 
insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda 
falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda 
tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 
yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, sen hali 
yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», de- 
ganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 
470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: 
« 0 ‘z-o‘zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa nar- 
sa emas, o'zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xoraz- 
miy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn 
Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z 
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos 
xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan 
to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf dara- 
jasiga ko‘tarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham 
donishmand yoki mutafakkir deb bo‘lmaydi. Haqiqiy faylasuflar 
hayotda nihoyatda kam bo‘ladi. Ular o‘z davri va millatining 
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko'rsatadi. Xudo- 
ning o‘zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin 
tafakkurga ega boclgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy 
taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoni/ g‘oyalar, ma’naviy 
boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand 
odamlar bo‘lgan.
11


Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davr- 
da bizda falsafa ixtisosligi bo‘yicha ma’lumot olgan mutaxassisni 
faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so‘zi ana 
shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi, 
uning asoslarini egallagan, mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib bora- 
digan yoki iJmiy darajaga ega bo‘lgan kishilar tushuniladi, xolos.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va 
asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam, 
ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o‘zaro munosabatlari, inson 
tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari 
falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan 
davrda tug‘iladigan va hal etiladigan o‘tkinchi muammolar ham 
bo‘ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko‘tarilmasa-da, o‘z 
davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Falsafa yangi g‘oyalarning tug‘ilishiga imkon beradi. Hayot, 
ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. U tarixiy 
davr bilan 
mustahkam
aloqadorlikda taraqqiy etadi. H ar bir tari­
xiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni qo‘yadi. 
Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug‘iladi. Aynan 
ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o‘ziga xos 
xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi zamonda yurtimiz fal- 
safasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va xususiyatlarning 
falsafiy asoslarini 
izohlash
zarurati shu bilan belgilanadi.
Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tari­
xiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va 
kayfiyatlari, tafakkur usullari o‘z aksini topadi. Shuning uchun 
ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o‘z 
maqsad-muddaolari va g‘oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan 
foydalanadi.
FaJsafadagi 
ustuvor
qarash va qoidalar davr mahsuli 
bo‘lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammo- 
lari unda o‘z ifodasini topadi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish