A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tafakkur qonunlari. 
Inson bilish jarayonida buyum va hodisa­
lar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qiladi, 
fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy bog‘lab, xulosalar hosil 
qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur 
qonuni nima ekanligini bilib olish zarur.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, 
izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniq- 
lik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va asoslanganlik to‘g‘ri 
tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning 
asosini tashkil etuvchi belgilar bo‘lganligi uchun, ularning har 
birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
204


Ayniyat qonuni. 
Biror buyum yoki hodisa haqida flkr yuritil- 
ganda, ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. 
Predmet haqidagi fikr necha m arta va qanday holatda takrorla- 
nishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega 
bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qo- 
nunining mohiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqi­
da aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir 
vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «А—А» 
formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayo­
nida turli fikrlarni aynanlashtirish va, aksincha, o‘zaro aynan 
bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu m an­
tiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayoni­
da bu qonunni bilib yoki bilmasdan buzish holatlari uchraydi. 
Ba’zan bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bog'liq 
bo‘ladi. Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning 
qo‘llanishi ham ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishi- 
ga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Bahs-munozara ja­
rayonida qanday qilib bo‘lsa ham raqibini aldash va yutib chiqish 
maqsadida Ayniyat qonuni talablarini ataylab buzuvchilar sofist­
lar deb ataladi, ularning ta ’limoti esa sofistika deyiladi.
0 ‘zbek xalqiga xos bo‘lgan askiya san’atida Ayniyat qonuni ta- 
labining ataylab buzilishini so‘zlarning o‘z ma’nosida emas, balki 
ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishini kuzatish mumkin. Bu o‘ziga 
xos so‘z o‘yini bo‘lib, unda qo‘llaniladigan nozik qochirimlar 
askiya aytuvchining mahoratini ko‘rsatadi va tinglovchilarning 
kulgusiga sabab bo‘ladi. Aytish mumkinki, hayotda, amaliyot- 
da tushunchalarning turli ma’nolarda qo‘llanilishi g‘arazli yoki 
beg‘araz, yaxshi yoki yomon maqsadlarga xizmat qilishi mumkin.
Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakl- 
lariga xos bo‘lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning 
talablari tafakkurning har bir shakliga xos bo‘lgan konkret qoi- 
dalarda aniq ifodalanadi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish