A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Oziq-ovqat muammosi. 
Bugungi dunyo aholisi 7 millionga 
yetdi va uning soni ortib bormoqda. Tez o‘sib borayotgan dunyo 
aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi keyingi payt- 
larda jahonning bir qancha mintaqalarida ancha keskinlashdi. 
Mavjud m a’lumotlarga asosan, dunyo xalqlarining 2/3 qismi
196


г
doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari 
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan yer may- 
donlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga ni tashkil 
etmoqda. Holbuki, 1950-yilda bu ko‘rsatkich 0,5 ga ni tashkil 
etgan edi.
Oziq-ovqat zaxiralarining o‘sishini, bir tomondan, ishlana- 
digan yer maydonlarini kengaytirish hisobiga, ikkinchi tomon­
dan ekilayotgan maydonlarning hosildorligini oshirish hisobiga 
ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda hosildorlikni ko‘paytirish 
ustida juda ko‘p ishlar qilinib, o‘tgan asrning 80-yillari oxir- 
lariga kelib dunyo miqyosida yetishtirilgan mahsulot o‘sishining 
90% hosildorlikni ko‘tarish hisobiga to‘g‘ri keldi. Ammo, bizga 
m a’lumki, bunday muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qi- 
lingan qattiq zug‘um natijasida erishildi. Juda ko‘p yerlar bun­
day tazyiqqa dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bugungi 
kunda ana shu yerlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat 
qolmadi.
Bunday tahlikali holatning sabablarini aholining tabiiy o‘sishi 
nihoyatda tez sur’atlar bilan ko‘paygani, ularning ish va oziq- 
ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan 
intilishi bilan tabiiy muhitning ekologik muvozanatini saqlash 
uchun yetarli mablag‘ni topa olmayotganligidan izlash kerak.
Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi 
tafovutni yo‘qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul 
muammolari qatoridan o‘rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda 
zamonaviy texnologiya, ilg'or ishlab chiqarish malakasi va insoni- 
yatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxi- 
rasi to‘planib, shu bilan birga aholining tabiiy o‘sish darajasining 
pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘z mamlakati aholisi- 
ning iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga 
olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat- 
ning o‘ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda in- 
dustrlashtirish jarayoni o‘tgan asrimizning 70-yillari boshidayoq 
tugallanib, eng‘ avval AQSH, keyinchalik Germaniya, Yaponiya 
va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyo­
tining yanada yuqoriroq bosqichiga o‘ta boshladi. Bunda ilmiy-
197


texnika yutuqlari ko‘proq talabga mos va yuqori texnologiyani 
rivojlantirishga ko‘p e’tibor berdi, tabiiyki, oqibatda juda katta 
foyda olina boshlandi. Bunday ishlab chiqarish jarayonida ma- 
lakasiz yoki kam malaka va bilimga ega bo‘lgan ishchi kuchlariga 
ehtiyoj keskin kamayib ketadi.
Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologi- 
ya, murakkab mashina va uskunalar bilan o‘lchanadi. Rivojla- 
nayotgan mamlakatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator ja- 
rayonlardan o‘tgan.
Birinchidan, bu mamlakatlar tabiiy boyliklari hisobiga ort- 
tirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshi- 
ga tushadigan salmog‘i keskin darajada ko‘paydi.
Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug‘ilishini chegaralash, 
ularga sarflanadigan mablag‘ni yuqori texnologiyani egallashda 
zarur bo‘lgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko‘zda tu- 
tildi.
Uchinchidan, ilmiy tadqiqot, oliy o‘quv yurtlari va maorifga 
taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi 
darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash 
yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot da- 
rajasini belgilovchi eng asosiy omil — ilmiy tafakkur esa jamiyat 
a’zolarining m a’rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu sohada, bu­
tun jahon miqyosida fan va ta’limga 3—4% yalpi milliy mahsulot- 
ning miqdorida mablag‘ ajratilayotgan bir paytda, 0 ‘zbekistonda 
bu ko‘rsatkich bir necha m arta ko‘p miqdorda ekanligi kelajakka 
katta umid bilan qarashga imkon tug‘diradi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida ba’zi mamlakatlar o‘rtasidagi 
iqtisodiy ko‘rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib bordi. 
Agar XX asrning 60-yillarida Hindistonda ishlab chiqariladi- 
gan yalpi ijtimoiy mahsulot jon boshiga 50-70 dollarni tashkil 
etgan bo‘lsa, Afg‘onistonda 60-70 dollar, Turkiyada 243 dollar, 
Yaponiyada 1400 dollar, AQShda 3600—3800 dollar bo‘lgan. 1994 
yilgi m a’lumotlarga muvofiq, yalpi milliy mahsulot jon boshiga 
Hindistonda 370 dollar, Afg‘onistonda 80 dollar, Turkiyada 3900 
dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar,
198


Italiyada 14,8 ming dollar, AQShda 26 ming dollar, Janubiy Ko- 
reyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bo‘lgan.
Demak, kambag‘al davlatlarning kambag‘allashishi yanada 
kuchayib bormoqda. Buning bosh sababchisi, shu mamlakat- 
lardagi demografik jarayon ekanligi ta’kidlanmoqda. Aholining 
faqat miqdoriy o£sishining o‘zi ko‘r-ko‘rona yaxshi yashash tarziga 
olib kelavermaydi. Buning uchun mamlakat aholisining e’tiqodi, 
milliy psixologiyasi, qadriyat va an’analarini hisobga olgan holda 
faol demografik siyosat olib borish zarur.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish