chiqadi va o‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr be-
jiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida
bosh
ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy-
ro‘zqor tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga
berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatla-
rini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar
uchun ibrat boiarli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayo-
tiy tajribaga ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni
bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil
insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda
falsafani o‘rganish
deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda
tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460
yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, sen hali
yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», de-
ganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi
470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan:
« 0 ‘z-o‘zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa nar-
sa emas, o'zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xoraz-
miy va Forobiy,
imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn
Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos
xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan
to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali
faylasuf dara-
jasiga ko‘tarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham
donishmand yoki mutafakkir deb bo‘lmaydi. Haqiqiy faylasuflar
hayotda nihoyatda kam bo‘ladi. Ular o‘z davri va millatining
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko'rsatadi. Xudo-
ning o‘zi aql-zakovat, iste’dod,
kuch-quvvat ato etgan, yorqin
tafakkurga ega boclgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy
taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoni/ g‘oyalar, ma’naviy
boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand
odamlar bo‘lgan.
11
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davr-
da bizda falsafa ixtisosligi bo‘yicha ma’lumot
olgan mutaxassisni
faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so‘zi ana
shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi,
uning asoslarini egallagan, mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib bora-
digan yoki iJmiy darajaga ega bo‘lgan kishilar tushuniladi, xolos.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va
asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam,
ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o‘zaro munosabatlari, inson
tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari
falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan
davrda tug‘iladigan va hal etiladigan o‘tkinchi
muammolar ham
bo‘ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko‘tarilmasa-da, o‘z
davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim
ahamiyat kasb etadi.
Falsafa yangi g‘oyalarning tug‘ilishiga imkon beradi. Hayot,
ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. U tarixiy
davr bilan
mustahkam
aloqadorlikda taraqqiy etadi. H ar bir tari
xiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni qo‘yadi.
Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug‘iladi. Aynan
ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o‘ziga xos
xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi zamonda yurtimiz fal-
safasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va
xususiyatlarning
falsafiy asoslarini
izohlash
zarurati shu bilan belgilanadi.
Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tari
xiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va
kayfiyatlari, tafakkur usullari o‘z aksini topadi. Shuning uchun
ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o‘z
maqsad-muddaolari va g‘oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan
foydalanadi.
FaJsafadagi
ustuvor
qarash
va qoidalar davr mahsuli
bo‘lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammo-
lari unda o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: