A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


XIX asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

XIX asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur. 
Minta- 
qamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo‘rlik bi­
lan qo‘shib olindi va bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi. 
Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik 
g‘oyalarining vujudga kelishida muhim o‘rin egalladi. Lekin 
Sho‘rolar davrida jadidchilik ko‘pincha bir tomonlama talqin 
qilindi, uning g‘oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto
60


uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo‘ldi. Mus­
taqillikka erishilgandan so‘ng bu harakatni xolisona va ilmiy 
nuqtayi nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug‘ildi. Jadidchilik 
harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, m il­
liy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib 
bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliy- 
ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga keli- 
shi bilan chambarchas bogliqligi edi.
0 ‘sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib 
chiqdi. Bular Munavvar qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon 
va boshqalardir.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining 
asoschilaridan biri bo‘lib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni 
mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, m a’rifat va 
taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir. 
Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Riso- 
layi jug‘rofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», 
«Risolai jug‘roflyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning 
asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, Beh­
budiy ko‘plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qil­
di, nashr ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning maqolalarida millat 
va Vatan taqdiri, mustaqillik g‘oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va 
boshqa masalalar o‘rin olgan.
Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla 
Avloniydir (1878—1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni 
qo‘shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni 
bolalarga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», 
«Birinchi muallim», «Alifbedan so‘nggi o‘quv kitobi» kabi dars­
liklarni yaratdi. Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud ax­
loq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda bolalarga ilm- 
fan sirlarini o‘rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish, 
Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yo‘llari, iqtisod, 
tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xon iashyo qaramligidan 
xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yo- 
ritilgan. Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya
61


inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o‘zbek 
teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat 
(1884—1939) bo‘lib, ilmning ko‘p sohalarida ijod qilgan muta- 
fakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», 
«Uchqun» to‘plami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», « 0 ‘zbek 
tili grammatikasi», «Chig‘atoy adabiyoti» va boshqa ko‘plab asar­
lar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan 
qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, 
xalqning o‘zligini tanishi, ongining o‘sishi, kuchli va rivojlangan 
davlat tuzish, xalqning bilimdon bo‘lib, tijorat va tadbirkorlik bilan 
shug£ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o'rganish 
kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va 
vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan g‘oyalari hozir ham tadbir­
korlik, m a’naviyat va m a’rifatni ravnaq toptirishda, milliy g‘oya va 
mafkurani shakllantirishda, xalqning o‘zligini anglashida muhim 
ahamiyatga ega.
Xullas, 0 ‘zbekiston hududidagi ijtimoiy-falsafiy flkr tarixini 
qisqa yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha 
uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovati- 
ning yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin musta- 
bid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, 
sinfly nuqtayi nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya 
mafkurasi talablariga to‘g‘ri keladigan g‘oya va fikrlarga e’tibor 
berildi. 1917-yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng asta-sekin 
o‘tmish m a’naviyati, falsafiy fikri o‘rnini markscha-lenincha 
mafkura egallay boshladi. Oliy o‘quv yurtlari, keng xalq ommasi 
orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ‘ib 
qilindi, ularga to‘g‘ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga 
olindi. Eng achinarlisi shuki, o‘z milliy madaniyati, urf-odati va 
an’analariga sodiq bo‘lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyoli- 
lar, shoir va yozuvchilar quvg‘inga uchrab, qatag‘on qilindi.
Lekin yuqoridan bo‘lgan tazyiqlarga qaramay, madaniy- 
m a’naviy va ijtimoiy-falsafiy m erosim izni o‘rganish, tadqiq qi­
lish tam om an to ‘xtab qolmadi. 60—70-yillarda I.M. Mo‘minov, 
V.Zohidov, 
keyinroq 
esa, 
O.Fayzullayev, 
E.Yusupov,
62


M.Xayrullayev, J.Tulenov, H .Po‘latov kabi olim larning ijtimoiy- 
falsafiy tadqiqotlari o‘sha davr tafakkurini aks ettirishda ahami- 
yatga ega bo‘ldi.
0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi falsafiy merosimizni 
xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq qilish 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobiq mafkura- 
ning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga tayanib, boy 
ma’naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur ta- 
rixini chuqur va har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish