52
I
hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyat-
larini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali
ta’sir ko‘rsatdi. Ulug‘bekning astronomiya sohasidagi g‘oyalarini
Yevropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar
rivojlantirdilar.
Ulug‘bek Islom diniga chuqur e’tiqod qo‘ygan, ilohiyot rivojiga
munosib hissa qo‘shgan, maktab va madrasalar qurishga e’tibor
bergan shoh va jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho‘rolar
davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari Islom diniga qarshi qara-
tildi, hatto uni ateist darajasiga ko‘tarishga urinishlar ham bo‘ldi.
«Ulug‘bek Mirzo, — deb ta ’kidlagan edi Alisher Navoiy, — do-
nishmand podshoh edi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi». «Temurxon
naslidin Mirzo Ulug‘bek, Ki dunyo ko‘rmadi podshoh aningdek»
misralari ham Navoiyga tegishlidir.
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy
markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm-
ronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz
berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur
mutafakkirlar yetishib chiqdi. 0 ‘rta asr mumtoz adabiyotining va-
kili, ulug‘ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyni (1414—1492)
Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asar-
lar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola»,
«Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo‘llari
haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir. Jomiyning eng yirik
asari «Haft avrang» bo‘lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-
abror», «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun»,
«Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy,
mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, Xudo
mavjud bo‘lganda, borliq yo‘q edi, dunyo o‘zining boshlang‘ichini
Ollohdan olgan, demak, Xudo hamma narsaning yaratuvchisidir,
deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvar-
lik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Mutafakkirning
ko‘pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g‘oyalari
tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e’tiqod qilib, uning
nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi.
53
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan
biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin M ir Alisher
Navoiydir (1441—1501). Uning otasi G ‘iyosiddin kichkina Shahri-
sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hi-
rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472-
yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi,
xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi.
Navoiy ijodi boy bo‘lib, asarlari turli mavzularga bag‘ishlangan.
«Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va
Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda
«Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr»,
«Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon»,
«Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo‘lib, unda jamiyat va
inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil
jamoa, ta’lim-tarbiya
haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan
iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o‘xshatish va
ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon
qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in
son g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu-
lik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa
go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qim-
matli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka
erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat
qilmoqda.
0 ‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlaridan biri Ka-
moliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm. 1440/1450 — 1505-yillarda
yashagan) bo‘lib, 0 ‘rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo-
jiga hissa qo‘shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi,
keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifi bilan Xirotga ko‘chib
keladi. U qolgan umrini Hirotda o‘tkazadi va shu yerda vafot etadi.
Olimning muhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuvvatnomayi
sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami-
ya» va boshqalardir. Koshifiy katta olim va mudarris bo‘lib yetisha-
di, butun um rini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga bag‘ishlaydi. U
54
Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada bo‘ladi. «Mavlono Husayn
Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin
borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor
voqe’ bo‘lubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, daxli bo‘lmag‘ay. Xususan,
va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur
ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida.
XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta
inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining
o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar,
taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bo‘linib ketishi,
iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab bo‘ldi. Natijada Mova-
rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |