A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

258


I
Gipoteza (faraz) — bilimlarning mavjud bo‘lish va taraqqiy etish
shakli. 
Muammoni hal etish jarayonida m a’lum bir gipotezalar 
ilgari suriladi va asoslanadi. 
Gipoteza (faraz) 
— o‘rganilayotgan 
hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiruvchi asosli tax- 
min tarzidagi bilim shaklidir.
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza 
shaklida vujudga keladi va shu ma’noda u bilimlarning mavjud 
bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Chin, 
ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, 
masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment nati- 
jalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular 
turli xil taxminlar, farazlar shaklida mavjud bo‘ladi.
Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntiruvchi 
taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan 
faktlar, ular uchun xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar haqidagi mu­
lohazalar yoki mulohazalar tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qi- 
luvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element, 
deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, gipotezaning 
bosh g‘oyasida aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida
atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar — vaqtinchalik, 
mo‘ljalni to‘g‘ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari 
surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq 
qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehti- 
moliy xulosa chiqarish hisoblanadi. Shuningdek, gipoteza ba’zi 
hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida ham ilgari surilishi 
mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni 
tahlil qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, tal­
qin etish natijasida paydo bo'ladi. Ana shuning uchun ham gipoteza 
— bu har qanday taxmin emas, balki o‘zining muayyan mantiqiy 
kuchiga ega mulohaza, ma’lum bir darajada asoslangan farazdir.
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bos- 
qichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va 
ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) mu- 
vofiqligi aniqlanadi.
259


Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib 
chiqadigan natijalarning mavjud faktlarga nomuvofiqligini 
ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mav- 
qeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning 
chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bolgan holatlar 
aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning 
Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi 
Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid 
kelganidan keyin rad etildi.
Shuni alohida ta ’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodisa 
haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi 
mumkin. Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi aha- 
miyatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa gipoteza qu- 
riladi va bu hoi to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha
ya’ni muammoning yechimi topilmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan 
bo‘lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juziy 
gipotezalarni ajratish mumkin.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish