37- ma’ruza
Og‘ir yadrolarning bo‘linishi. Zanjir yadro reaksiyalari
Atom yadrolarining bo‘linishi og‘ir yadrolar uchun xos bo‘lgan maxsus jarayon bo‘lib, bu jarayon toriy yadrosidan boshlab, elektr zaryadi katta bo‘lgan barcha yadrolarda ro‘y berishi mumkin. Ushbu hodisa turli zarralar, asosan, neytronlar ta’sirida amalga oshirilib, yadro reaksiyasi xarakteriga ega bo‘ladi. Ammo og‘ir yadrolarning
181
bo‘linishi o‘z-o‘zidan ham bo‘lishi mumkin, u holda bu jarayon radioaktiv yemirilish xarakteriga ega bo‘ladi. Uran yadrolarining bo‘linishini 1938- yilda nemis olimlari O. Gan va F. Shtrassmanlar kashf etganlar. Ular uranni neytronlar bilan bombardimon qilganda davriy sistemaning o‘rta qismidagi bariy, kripton va shunga o‘x-shash elementlar hosil bo‘lishini aniqladilar. Bu hodisaning sabablarini 1939- yilda ingliz fizigi O. Frish va avstriya fizigi L. Meytnerlar tushuntirib berdilar. Ular neytronlarni tutib olgan uran yadrosi deyarli teng ikki bo‘lakka bo‘linadi, deb talqin qildilar, bu bo‘laklarni bo‘linish parchalari deb atadilar. Ammo keyingi kuzatishlar yadrolarning turli yo‘llar bilan bo‘linishi mumkinligini ko‘rsatadi. Yana yadroning bo‘linish natijasida massalarning nisbati 2:3 kabi bo‘lgan parchalarning hosil bo‘lish ehtimolligi eng katta ekanligi aniqlandi. Og‘ir yadrolarning bo‘linishi uchun quyidagi munosabatlar o‘rinlidir:
Z1+Z2=Z, A1+A2=A+1 A. (37.1)
Og‘ir yadrolarning bo‘linishi quyidagi xossalarga ega:
Og‘ir yadrolarning bo‘linishi vaqtida katta miqdorda Q energiya ajralib chiqadi. Bo‘linayotgan yadroning M massasini hosil bo‘lgan parchalarning M1 va M2 massalari bilan taqqoslash natijasida shu xulosaga kelish mumkin. Bo‘linishda ajralgan energiya Q ni
Q [M
(M 1 M 2 )]c2
(37.2)
dan topilsa, istalgan yadroning massasini esa
M Zmp ( A Z )mn M
Zmp ( A Z )mn A / c2
(37.3)
ifoda asosida topiladi. Uni (37.2) formulaga qo‘yamiz va bunda (37.1) ni ham hisobga olsak,
Q 1A1 2 A2 A A
(37.4)
kelib chiqadi, bu yerda
1A1 2 A2 — parchalarning o‘rtacha
A
solishtirma bog‘lanish energiyasi.
Og‘ir yadrolarning bo‘linishi mumkinligini
A)
bog‘-
lanish (98- rasmga qarang) yordamida ham tushuntirish mumkin. Davriy jadvalda oxirgi o‘rinlarni egallagan atomlar ( A 200 ) yadrolarining solishtirma bog‘lanish energiyasi jadvalning o‘rtasida
joylashgan atomlar ( A 100 ) yadrolarining solishtirma bog‘lanish
182
energiyasidan taxminan 1 MeV kam, ya’ni
1M eV.
Shu-
ning uchun og‘ir yadrolarning davriy jadvalning o‘rta qismi ele- mentlari yadrolariga bo‘linishi „Energetik jihatdan qulay“ bo‘ladi. Sistema bo‘lingandan so‘ng ichki energiyasi minimal bo‘lgan holatga o‘tadi. Chunki yadroning bog‘lanish energiyasi qanchalik katta bo‘lsa, yadroning hosil bo‘lishida shunchalik katta energiya ajralib chiqishi va demak, yangidan hosil bo‘lgan sistemaning ichki
energiyasi shunchalik kam bo‘lishi kerak. deb hisoblab, (37.4) da
Do'stlaringiz bilan baham: |