113- rasm.
173
bo‘ladi (114- rasm). Hosil bo‘lgan elektron va poziton -kvantning
m0c2
yo‘nalishida E burchak ostida uchib chiqadi. Agar
E 4m0c2 2, 04M eV
bo‘lsa, e–e+-juftlik eletkronning kulon maydonida yuzaga keladi va ushbu elektron oladigan energiya etarli katta bo‘ladi va -kvant yo‘nalishida e–e+-juftlik bilan birgalikda uchib chiqadi (115- rasm). Bu hodisa uchtalik deyiladi. Elektron va pozitron hosil bo‘lish
ehtimoli Z 2 ga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. E ortishi bilan bu ehtimollik tez ortadi, so‘ngra uning ortish tezligi asta-sekin kamayadi
va E ning ma’lum bir qiymatidan boshlab esa o‘zgarmasdan qoladi. Hosil bo‘lgan elektron va pozitron o‘zini o‘rab turgan modda bilan
ta’sirlashadi. Elektron va pozitronlar modda orqali o‘tgan vaqtda modda atomlarini ionlash va uyg‘otish jarayonlari, shuningdek tormozlovchi nurlanish yuzaga keladi.
Bundan tashqari, elektron va pozitron uchun shunday o‘ziga xos jarayon mavjudki, unda ular bir-biri bilan ta’sirlashib, harakat- dagi massaga ega bo‘lgan ikki - kvantni hosil qiladi (116- rasm).
e e 2
Elektron va pozitronning elektr zaryad- lari yo‘qoladigan, neytrallashadigan bu jarayon anniglatsiya deyiladi. „Anniglyatsiya“ so‘zi yo‘qolish, yo‘q narsaga aylanish degan ma’noni anglatadi. Anniglayatsiya materiya bir turdan, ya’ni zarra shaklidan boshqa turga, ya’ni harakatdagi massaga ega bo‘lgan nur- lanish shakliga aylanadi. 1934- yilda J.Òibo
lyatsiya vaqtida yuzaga kelgan - kvantlarning energiyasi taxminan 1,02 MeV, har biriniki esa 0,511 MeVni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi. Bu energiya elektron va pozitronning tinchlikdagi energiyalari yig‘indisiga teng bo‘larkan. Bu esa massa bilan energiyaning bir- biriga proporsionallik qonuni isbotining yaqqol dalilidir.
Hamma jarayonlardagi kabi anniglyatsiyada ham massa, energiya, impuls va impuls momentining saqlanish qonunlari baja-
riladi. Hosil bo‘lgan - kvantlarning
E hv
1
2 2
harakatdagi
c c
massasi, elektron va pozitronning
m m0 /
( v — zarralarning tezligi) ifoda orqali aniqlanuvchi to‘liq massalari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ammo - kvant tinchlikdagi massaga ega emas, bu esa qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari yo‘qolishi bilan birgalikda zarralarning tinchlikdagi massalarini -kvant maydoni massasiga aylantiruvchi „anniglyatsiya“ terminini keltirib
chiqaradi. Anniglyatsiya ehtimoli pozitronning Ee
m0e
c2 ener-
giyasi kamayib borishi bilan ortadi, shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda anniglyatsiya boshlangunga qadar pozitron enregiyaga erishib bo‘ladi. Anniglyatsiya hosil bo‘lgan - kvantlar qarama- qarshi yo‘nalishda uchib chiqadilar.
Anniglyatsiya jarayoni istalgan zarra va antizarralar o‘zaro ta’sirlashganda sodir bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |