A. S. (guruh rahbari); Fattohov



Download 1,01 Mb.
bet40/92
Sana18.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#819513
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

Qo‘shimcha adabiyotlar


[9] — 191—98, 255—57- betlar, [1] — 437—40- betlar,
[7] — 771—74- betlar.


Nazorat uchun savollar


    1. Nurlanishning qanday turlarini bilasiz?

    2. Qanday qilib issiqlik nurlanishi yuzaga keladi?

    3. Luminessensiya hodisasi nima?

    4. Kirxgof qonunini tushuntiring.

    5. Qanday jismlarga absolut qora jism deyiladi?

    6. Òermos kolbasining sirti nima uchun ko‘zgusimon qilib tayyorlanadi?

    7. Stefan—Bolsman qonunini ta’riflang.



16- ma’ruza


Spektral asboblar. Spektral analiz va uning fan va texnikada qo‘llanishi.
Infraqizil va ultrabinafsha nurlar
Yorug‘lik spektrlarini o‘rganishda ishlatiladigan asboblar umumiy nom bilan spektral asboblar deyiladi. Òurli shakldagi prizmalar, linzalar, ko‘zgular, panjaralar spektral asboblarning asosiy elementlari hisoblanadi. Eng sodda spektral asbob spektro- skopdir. Spektorskop parallel nurlar dastasini hosil qiluvchi
7 4
kollimator, harkatlanuvchi va og‘diruvchi prizmalardan tashkil topgan bo‘ladi. O‘rganilayotgan gaz yoki bug‘ spektrlari spek- troskopning kirish qismiga to‘g‘rilanib, chiqishda ko‘rish trubasida ayrim-ayrim spektrlarning holati spektroskop barabanining ko‘rsatishiga asosan yozib boriladi. Odatda, spektroskop bara- banining ko‘rsatishi aniq to‘lqin uzunlikka ega bo‘lgan yorug‘likka nisbatan darajalangan bo‘ladi. Spektroskop yordamida turli manbalardan chiqayotgan yorug‘lik spektrlarining to‘lqin uzun- ligini aniqlash mumkin. Bu esa faqat maxsus yo‘nalishni ochib beradi. Ushbu yo‘nalishni spektral analiz deb yuritiladi. Hozir- gacha davriy sistemadagi deyarli barcha elementlarning nurlanish spektrlari o‘rganilgan va spektral atlaslar kitobi mavjud. Demak, moddaning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun spektral ana- lizlardan foydalanish mumkin ekan. Bu usul yordamida turli kimyoviy birikmalarning tarkibini tez va aniq katta sezgirlikda baholash mumkin.
Spektral analiz ixtiyoriy uzoq masofada bo‘lgan bug‘ va gazlar tarkibini aniqlash imkoniga ega, faqat nurlar spektral asbobga tushsa bas. Bu usuldan astronomiyada Quyosh va yulduzlarning kimyoviy tarkibini, ularning temperaturasini aniqlashda keng foydalaniladi.
Spektral analiz yordamida dastlabki ishqoriy metallar — rubidiy va seziy G. Kirxgof va R. Bunzenlar tomonidan kashf etildi. Dastlab 1868- yilda Quyosh tarkibida geliy borligi uning spektriga qarab aniqlandi (grekcha „gelios“ — quyosh). Yer atmosferasida esa 1905- yilga kelib juda oz miqdorda geliy olindi. Odatda, spektral analizlarni yutilish spektrlariga qarab ham olib borish mumkin. Masalan, natriy bug‘lari to‘ldirilgan idish orqali o‘tganda tarkibida natriy elementi bo‘lgan manbadan chiqqan nurlar yutiladi va h.k.
Hozirgi vaqtda miqdoriy spektral analiz usuli ishlab chiqilgan. Bu usulda kimyoviy element nurlanish spektrining intensivligiga qarab, tekishirilayotgan namunada shu elementning protsent ifodasidagi tarkibi aniqlanadi. Spektral analizdan metallurgiya va mashinasozlikda, kimyo va ayniqsa geologiyada, meditsina va shuningdek, fan va texnikaning ko‘pgina boshqa sohalarida keng foydalaniladi.
Yorug‘lik spektrlari bilan o‘tkaziladigan tajribalar shuni ko‘r- satadiki, spektrning katta to‘lqin uzunlikka ega qismidagi nurlanish o‘zi bilan ko‘proq energiya olib yurar ekan. Uchlari sezgir galva-
7 5

nometrga ulangan termojuft (69- rasm) ekranda qizil rang tomon harakatlansa, G galvanometr ko‘rsatishi ortadi. Aksincha, pastga harakatlanganda kichik EYK hosil bo‘lar ekan.


Òermojuft uchlarini sezilarli (ko‘proq) qizishi qizil to‘lqin uzunlikdan yana yuqoriga ko‘tarilishida yaxshi seziladi. Bu esa qizil- nurdan yuqorida ko‘zga ko‘rinmaydigan sohada nurlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bu nurlarning to‘lqin uzunligi qizil nurlarnikiga qaraganda ancha kattaroqdir.
Spektrda qizil nurlardan keyin joylashadigan, ko‘rinmaydigan nurlar infraqizil nurlar deb ataladi.
Ular issiqlik ta’siriga ega. Shuning uchun ularni ko‘pincha issiq- lik nurlari deb ham ataladi. Ular 0,76 dan 1 mm gacha to‘lqin uzunlikka ega va qizil nurlarga nisbatan kuchsizroq sinadi. Òajribalar shisha spektrning qisqa to‘lqinli qismini kuchli yutishini ko‘rsatadi. Shuning uchun uni tekshirayotganda shaffof bo‘lgan kvars prizma va linzalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shu narsa ayon bo‘ladiki, qisqa to‘lqinlar kimyoviy ta’sirga ega ekan. Masalan, yorug‘likka sezgir qog‘oz (fotosurat qog‘ozi) u nur ta’sirida tezda qorayar ekan. Spektrning binafsha qismining chetiga joylashgan, ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar ultrabinafsha nurlar deb ataladi. Ultra- binafsha nurlarning to‘lqin uzunligi 0,4 dan 0,01 mkm gacha bo‘lib, binafsha nurlarga nisbatan kuchliroq sinadi.
Qattiq jism qiziganda infraqizil nurlar chiqaradi. Umuman, atom va molekulalardan tashkil torgan barcha jismlar o‘zidan infraqizil nurlarni chiqarishi mumkin.
Quyosh nurlanishi juda ko‘p infraqizil va ultrabinafsha nurlarga boy. Yerning infraqizil nurlanishi katta energiyani o‘zi bilan atmosferaga olib ketadi va Yer sirtining sovishiga olib keladi. Xuddi mana shuning uchun tunda havo ochiq bo‘lsa ham, kunduz kuni Yer sirti qattiq qizigan bo‘lsa ham tunda sovuq bo‘ladi. Agar havoda bulut bo‘lsa, Yerdan chiqayotgan infraqizil nurlar bulutlardan qaytib atmosfera sovishini kamaytirar ekan. Masalan, qishda bulut quyuq bo‘lganda Yer yuzi ancha issiq bo‘ladi.
7 6
Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlar atmosferada kuchli yutiladi. Shuning uchun Yer sirtida ultrabinafsha nurlar baland tog‘lardagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Ultrabinafsha nurlar bakteriyalarni o‘ldiradi, ya’ni yaxshi dizenfektor bo‘ladi. Uncha katta bo‘lmagan dozalar odam uchun foydalidir.
Infraqizil nurlar texnikada turli xil materiallarni quritishda, qorong‘ida fotosurat olishda, planetaning turli sirtlarini tempera- turalari farqini aniqlashda va h.k. da foydalaniladi.
Ultrabinafsha nurlar fotografiyada ko‘zga ko‘rinmaydigan yoki o‘chib ketgan yozuvlarni qayta tiklashda ishlatiladi. Ko‘pgina moddalar ultrabinafsha nurlar yutganda ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chiqara boshlaydi. Fanda ultrabinafsha nurlar qattiq jism sirtini o‘rganishda ham ishlatiladi.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish