22
4 - M A SH G‘ U L O T
Mavzu: Tip. Bulutlar – Spongia
Kerakli jihozlar:
Fiksatsiya qilingan badyaga buluti, tarqatma materiallar,
mikroskop, qo‘l lupasi, buyum oynasi, pinset, skalpel, shisha
tayoqcha, Petri idishi,
to‘g‘rilagich igna
Darsning maqsadi:
Badyaga buluti misolida ko‘p xujayrali
hayvonlarning eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan vakillarining muhim belgilarini
o‘rganish.Badyagani umumiy ko‘rinishi bilan tanishish.
VAZIFA
1.
Jadval, tarqatma material va qo‘llanmalardan foydalanib, bulutlarning
morfologik tiplari (askon, sikon va leykon) bilan tanishib chiqish va rasmini
chizish
2.
Bulutlarning ektoderma, tashqi va ichki tuzilishini o‘zgartirishini o‘rganish
va rasmini chizish
3.
Badyaga bulutining umumiy ko‘rinishi bilan tanishib chiqish
4.
Badyaga bulutining ignachalarini chizish
Bulutlar ko‘p hujayrali hayvonlar orasida eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan,
faqat suv muhitida yashashga moslashgan organizmlardir.
Bulutlar tuzilishi jihatidan nihoyatda o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib, yaqin
vaqtlargacha ularni hayvonot yoki o‘simliklar olamiga mansub ekanligini aniqlash
qiyin bo‘lgan. Faqat XVIII asrning o‘rtalariga kelib, bulutlar chuqur va to‘la
o‘rganilishi tufayli hayvonot olamiga mansub ekanligi aniqlandi.
1. Bulutlarda sodda (tuban) ko‘p hujayrali organizmlar bo‘lib, ularda hali to‘qima,
maxsus organlar va nerv sistemasi shakllanmagan.
Bulutlar yakka-yakka va ko‘pincha yoki kolonial holda o‘troq hayot
kechiruvchi hayvonlardir.Ular odatda dengiz va okeanlarda, ba’zi vakillari
chuchuk suvlarda tarqalgan. Tanasi sirtqi tomondan epitelial, ichki tomondan
yoqali-hivchinli hujayralar-xoanatsitlar bilan qoplangan.Ikkala qavat orasida
mezogleya mavjud. Bulutlarni butun tanasi g‘ovak bo‘lib, g‘ovaklardan kirgan suv
paragastral bo‘shliqqa tushadi.U erdan esa oskulum orqali chiqib ketadi.
Yoqasimon hujayralarning xivchinlari yordamida suv harakatga keladi.
Bulutlar suv-kanal sistemalarining murakkablashishiga qarab 3 ta
morfologik tipga bo‘linadi: askanoid, sikanoid va leykonoid.
1.
Askanoid tipida tuzilgan bulutlarda pora (g‘ovak) lar bevosita xoanatsit
hujayralar bilan qoplangan paragastral bo‘shliqqa ochiladi.
23
2.
Sikonoid tipida tuzilgan bulutlarda olib keluvchi kanallar xoanatsit
hujayralar bilan qoplangan radial kanallarga, ular esa paragastral bo‘shliqqa
ochiladi.
3.
Leykonoid tipida tuzilgan bulutlar eng murakkab bo‘lib, xoanatsit hujayralar
bilan qoplangan kameralar tana devorida joylashgan bo‘ladi.Kameralar
o‘zaro, tashqi muhit va paragastral bo‘shliq bilan murakkab kanallar
sistemasi orqali birlashgan bo‘ladi;
II.Sxemada ektoderma qavatini hosil qiluvchi yassi cho‘zinchoq hujayralar-
pikanatsitlar va poralarni hosil qilib turuvchi hujayralar-poratsitlarni solishtirib
ko‘ring va rasmini chizing. Entodermani hosil qiluvchi –yoqali hivchinli
hujayralar-xoanatsitlarni ,mezogleyada joylashgan yirik tuxum hujayralari,
cho‘zinchoq skleroblast va amyobasimon arxeotsit hujayralarni toping.
Skleroblastlar, ignachalarspikulalar hosil bo‘ladi.
Arxeotsitlar organizmning “zapas” qismlari bo‘lib, har xil hujayralarga
aylanishi mumkin.Organizmning qaeri jarohatlansa shu hujayra hisobiga tiklanadi.
III. Badyaga bulut chuchuk suvlarda yashovchi organizm bo‘lib, tanasining shakli
turli-tuman bo‘ladi. Odatda koloniya bo‘lib, yashaydi, tanasi shilimshiq bo‘lib,
qo‘lansa hid kelib turadi.Bodyagani sirtida bir necha oskulumlar ham ko‘rinib
turadi.Oskulumlarlar soni qancha bo‘lsa, koloniyada shuncha individ bor
hisoblanadi.
IV. Maxsus tayyorlangan preparatni mikroskopning kichik ob’ektivi ostida
kuzating. Mikroskop ostida bir-biriga yopishgan va kremniy moddasidan tashkil
topgan
bulut
ko‘rinadi.Rasmini
chizib
qo‘ying.
8- rasm. Bulutning morfologik tuzilishi:
1-оskulyum; 2-poralar; 3-skelet ignachalari;
4-pinaкоsitlar (tashqi qavat); 5-хоаnositlar;
6-kollentidlar; 7-porosit (pora hosil qiluvchi
hujayra); 8-bo’shliq
Do'stlaringiz bilan baham: