A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

BIRINCHI  QISM
QADIM GI  D U N Y O ,  FEODAL  JAM ÏYATI  VA  ILK
 
KAPITALIZMNING  IQTISO DIY  TA’LIM OTLARI
I b o b .   QADIMGI  DUNYO  IQTISODIY  TA’LIMOTLARI
1.1.  Qadimgi  Osiyodagi  iqtisodiy  g‘oyalar
Dastlab  quldorlik  jam iyati  Sharqda  sinfiy  ajralish  boshlangan 
joylarda,  Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig‘ida) va Misrda 
eramizdan  awalgi  IV mingyillikda yuzaga  keladi.  Bunga  asosiy sabab 
shuki,  bu yerda texnologik  inqilob  ro‘y berdi,  metall  qurollar ishl’atila 
boshladi, qishloq xo‘ja!igida intensiv, ko‘p hollarda sug‘orma dehqon- 
chilikka o‘tildi, shu asosda nisbatan turg‘un qo‘shim cha mahsulot olish 
imkoni  tug‘ilgan.  Oqibatda  bu  jamiyatda  m ehnat  taqsimotini  rivoj- 
lantirishga,  ko‘pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, 
sinfiy tabaqalanishga turtki bo ‘ldi.
Bu  davrda  qo‘shimcha  mahsulot  olishning  asosiy  usuli  jamoaga 
birlashgan  dehqonlami  ekspluatatsiya  qilish  yo‘li  bilan  renta  -  soliq 
olish  (Osiyoda)  bo'lsa,  qullam i  (davlat  yoki  xususiy)  beayov  ish- 
latish bilan ham (Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning 
iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim «erkin» aholining ahvoli 
qullamikidan  deyarli  farq  qilmagan  (umuman,  Sharq  mamlakatlarida 
qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve 
uni tan oladi.  Lekin ko‘pgina olimlaming fikricha,  Sharqda quldorlik 
klassik  shaklda  rivoj  topmagan,  patriarxal,  ya’ni  uy  xo‘jaligida  ustun 
bo‘lgan  (Qarang:  История  Древнего  Востока.  М .,  МГУ,  1991).
Qadimgi  Hindistonning  «Manu  qonunlari»da  (m.a.  IV-III  asrlar) 
ijtim o iy   m eh n at  ta q sim o tin in g ,  h u k m ro n lik   v a  b o ‘ysunish 
institutlarining mavjudligi aytiladi.
Hindistondagi  iqtisodiy  g‘oyalami  aks  ettiruvchi  qadimgi  yodgorlik 
«Artxashastra»  (m.a.  IV-III asrlar oralig‘ida)dir (tom  m a’nosi bo‘yicha


ifoda,  amaliy  hayot  to‘g‘risidagi  fan,  bu  asar  m.av.  1II-II  asrlarda 
to‘ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta 
I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan 
yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa 
qilib qo‘yilgan.  Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu 
asarda 
«buyumning  qiymati
»  muammosi  ko‘tarilgan,  qiymat  miqdori 
«ish kunlari» bilan belgilangan,  rag‘batlantirish esa mehnat  natijalariga 
mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu  asarda  davlatni  boshqarish  bo ‘yicha  takliflar  berilgan  bo‘lib, 
bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan.  Masalan, unda mah- 
sulotning  bozor  bahosi  bilan  uning  tabiiy  qiymati  o ‘rtasidagi  farq 
aytilgan.  Tovarga  bo‘lgan  ehtiyoj  ortganda,  uning  bahosi  qiymatdan 
oshib  ketishi  mumkin,  deyilgan.  Savdo  bilan  shug‘ullanuvchilarga 
alohida  urg‘u  berilgan  bolib,  foyda  masalasi  ko‘tarilgan,  foydaning 
miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‘shilib, mahalliy 
mahsulot  uchun  5,  chetdan  kelgan  tovarlar  uchun  10  foiz  (import 
o ‘sha davrda ham  afzal) qilib belgilangan.
Qadimgi Hindistonda yaratilgan *Veda*larda ham bir qancha muhim 
iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan.  Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga 
ko‘ra, 
zardushtiylik  (zoroastrizm)
  dinining  (islomgacha)  muqaddas 
kitobi  bo‘lgan  «Avesto»  ya’ni  «hayot  yo'riqnomasi»  (asli 
«Ovasta»)
  da 
ham muhim  iqtisodiy fikriar bayon etilgan.
«Avesto»  bo ‘yicha  turli  tabiiy  ofatlarga  qarshi  zaxira  oziq-ovqatlar 
barpo qilish qo ‘Uab-quwatlanadi  (Konfutsiylik va boshqa ta’limotlarda 
ham bu g‘oya katta o‘rinni tutadi). «Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi 
davrga  mansub  fikrlarda,  masalan,  chorvadorlar  hamkori 
Tim
  to‘g‘- 
risidagi  afsonada  «oltin  asr»dagi  mol-qo‘ylaming  mo‘l-ko‘lligi  haqida 
so‘z  yuritiladi.  Yimning  xizmati  ulug‘lanib,  kuchli  sovuq,  qor  va  suv 
to‘fonidan  hayvonlar va  odamlami  qutqarish  uchun  «varu»  (qo‘rg‘on) 
qurdirib,  unga suv o ‘tkazadi,  mayda va yirik mollar, odamlar,  it,  qush, 
barcha o ‘simliklar urug‘i va yonib,  porlab turgan olovni  keltiradi  (Nuh 
payg‘ambar  bilan  solishtiring).  Odamlar  uchun  turaijoy,  hayvonlar 
uchun  mobconalar  qurilgani  aytiladi.
«Avesto»ning  3-bobi  (fargard) 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish