dars Adabiy o‘qish
topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Ona tili- ngizga tarjima qiling.
O‘zbek xalqida qadimdan mehr-oqibat, saxiylik, ota-ona va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollik kabi insoniy fazilatlar bor. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi orasida bir-birini yo‘qlash, nochor va nogiron oilalarga yordam berish odat tusiga kirgan.
O‘zbekistonliklarning ma’naviy qiyofasini belgilaydigan meh- mondo‘stlik, kattalarga hurmat, to‘y va marosimlarda o‘zaro yor- damlashish, hashar, oilada bir-biriga ko‘maklashish, oila buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi udumlar ko‘p yillardan beri mavjud. Shunday ekan, ota-bobolarimiz udumiga sodiq qolaylik. Bir-birimizdan yordamimizni ayamaylik. Axir, moddiy yordam bera olmasak ham, yaxshi so‘z, shirin muomala, do‘stona munosabat bilan yordam berish mumkin-ku! Aziz bolalar, bir-biringizdan yordamingizni ayamang!
Lug‘at
saxiylik – щедрость
mehr-oqibat – милосердие, благодарность
yo‘qlamoq – вспоминать
ma’naviy qiyofa – моральный облик
ko‘maklashish – оказывать поддержку
93
6- topshiriq. Matndan foydalanib, nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
O‘zbek xalqida qadimdan ..., ..., ... kabi insoniy fazilatlar bor.
O‘zbek xalqi orasida ... va ... oilalarga yordam berish odat tusiga kirgan.
Ota-bobolarimiz udumiga ... ... bir-birimizdan yordamimizni ayamaylik.
topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Lug‘at tuzing.
Bolalar! Ota-onani hurmat qilish, ular oldida odob saqlash, xizmatlarini bajarish hammamizning vazifamizdir. Ota-onangizni ranjitadigan so‘zlar aytishdan, ko‘ngillarini qoldiradigan ishlardan doimo saqlaning.
Aqlli bolalar ota-onalarini hurmat qilib, kuchlari yetguncha ular xizmatida bo‘ladilar. Ularga yomon so‘z aytishdan, achchiqlanib qarashdan o‘zlarini saqlaydilar.
Ota-onangizni izzat-hurmat qilishga, ularning olqishlarini olishga g‘ayrat qiling. Har bir bola ota-onasining nasihatlarini diliga joylab, ularga har vaqt amal qilishi kerak. Ota-onasiga ozor berib, ularning dillarini og‘ritadigan bola hech qachon baxtli bo‘lmaydi.
topshiriq. Berilgan maqol va hikmatlarni o‘qing, ularning mazmu- nini o‘z ona tilingizga tarjima qiling.
Har yerning urf-odatini hurmat qil.
Qush uyasida ko‘rganini qiladi.
O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.
Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir.
Kishining go‘zalligi uning tilidan bilinadi.
Oilada hamjihatlik bo‘lmasa, uni baxt tark etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |