dars
3- topshiriq. Suhbat matnini to‘ldiring. Aniqlovchilarni aniqlang.
Nargiza, sen O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida bo‘lganmisan?
– ...
Qanday me’moriy obidalarni ko‘rding?
– ...
Senga ko‘proq qaysi tarixiy obida yoqdi?
– ...
– ...
4- topshiriq. Matnni o‘qing. Matn yuzasidan savollarga javob bering.
Biz yashayotgan ikki daryo oralig‘ida joylashgan zamin O‘z- bekistondir. Yurtimizda qadimiy va navqiron shaharlar ko‘p. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva kabilar dunyoga o‘zining me’moriy obidalari bilan mashhurdir. Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, afsonaviy Buxorodagi Ark qal’asi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor majmualari, Labi hovuz ansambllari, Ko‘hna Xivaning Ichan qal’asi, Juma masjidi, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qal’a, Toshhovli va boshqalar bunga misoldir.
Bu muzey-shaharlarga dunyoning barcha burchaklaridan har yili minglab sayyohlar kelib, tarixiy yodgorliklarimizni zavq bilan tomosha qiladilar. Ular aynan mana shu obidalarimizni ko‘rib hayratga tushadilar.
54
Matn yuzasidan savollar
O‘zbekistondagi qanday qadimiy shaharlarni bilasiz?
Samarqand, Buxoro, Xivadagi qanday me’moriy obidalarni bilasiz?
O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishida me’moriy obidalarning o‘rni qanday?
Biz tarixiy obidalarni saqlash uchun nima qilishimiz kerak?
mashq. Blis-so‘rovnomani bajaring.
Me’moriy obidalar
|
Samarqand
|
Buxoro
|
Xiva
|
Registon maydoni
|
+
|
|
|
Ark qal’asi
|
|
|
|
Ichan qal’a
|
|
|
|
Pahlavon Mahmud maqbarasi
|
|
|
|
Somoniylar maqbarasi
|
|
|
|
Shohi Zinda ansambli
|
|
|
|
Bibixonim madrasasi
|
|
|
|
Dishan qal’a
|
|
|
|
Go‘ri Amir maqbarasi
|
|
|
|
55
5- mashq. Gaplarni ko‘chiring, aniqlovchilarni toping.
Uyning devori yashil rangga bo‘yalgan. 2. Kuzgi bug‘doy erta pishadi. 3. Madrasaning eshiklari ikki xil ekan. 4. Ulug‘bek madrasasi uzoq yillardan beri saqlanib kelinmoqda. 5. Biz, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari Samarqandga bordik. 6. Toshkentdagi mana shu obidalarni ko‘rib chiqdik. 7. Sulton Mahmudning juda ham go‘zal bog‘i bo‘lgan.
O‘qigan odam hayotda qiynalmaydi. 9. Elyor bizning maktabda o‘qiydi.
6- mashq. Berilgan gaplardan aniqlovchilarni topib, daftaringizga yozing.
Maqtanchoq odam hammaga ham yoqavermas ekan. 2. Mavlono Fazliddin uyining qayerdaligini Tohirga batafsil tushuntirdi. 3. Madrasa hovlisining har bir burchagiga gullar ekilgan. 4. Daladagi ishlarni bitirib qo‘ydik. 5. Mana shu yer bizning tug‘ilib o‘sgan zaminimiz.
6. Ansamblning yaxlitligi jihatidan Xiva O‘rta Osiyoda yagona hi- soblanadi. 7. Obidalarning ko‘pchiligi Amir Temur davrida bunyod etilgan.
5- topshiriq. Matnni o‘qing. Matn yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |