Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
So‘z-gaplar deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
Modal so‘z-gaplar ishtirokida gaplar tuzing.
Inkor so‘z-gaplar ishtirokida partadoshingiz bilan dialog tuzing.
Do‘stingizni yoki dugonangizni yaxshi sifatlarini ta’riflab, bog‘lanishli matn tuzing.
Uyga vazifa. „Mening tengdoshlarim“ she’rini yod oling.
dars
1- topshiriq. Berilgan savollar asosida suhbatlashing.
– ... .
Insonning hayoti nima bilan o‘lchanadi?
– ... .
Qaysi buyuk allomalar doimo kishilarga yaxshilik qilish maqsadida yashaganlar?
– ... .
Amir Temurning yaxshilik haqidagi o‘gitlarini bilasizmi?
– ... .
27
Bilib oling!
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan, o‘zaro tobe bog‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi deyiladi. Gap bo‘laklari ikkiga ajratiladi:
Bosh bo‘laklar: kesim, ega.
Ikkinchi darajali bo‘laklar: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.
Bosh bo‘laklar gapning asosiy grammatik asosini tashkil qiladi. Gapda kesim bilan bog‘lanib, shu kesimdagi qo‘shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladigan bo‘lak ega deyiladi. Ega quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi.
Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin.
Olmosh bilan: Ular to‘garak mashg‘ulotlariga muntazam qatnashar edilar.
Son bilan: Ikkovimiz biroz aylandik.
Harakat nomi bilan: O‘qish boshlandi.
Ravish bilan: Ko‘plar qatnashdi.
Modal so‘zlar bilan: Bor – boricha, yo‘q – holicha.
Sifatdosh bilan: Uqqan o‘zar, uqmagan to‘zar.
Ibora bilan: Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid.
1- mashq. Gaplarni ko‘chiring. Bosh bo‘laklarni aniqlang va eganing
ifodalanishini tushuntiring.
Namuna: 1. Otini ayagan (kim? – sifatdosh) yo‘lda qolmaydi, elini siylagan (kim? – sifatdosh) cho‘lda qolmaydi.
Otini ayagan yo‘lda qolmaydi, elini siylagan cho‘lda qolmaydi.
Inson nonni hamma taomlardan ustun qo‘ygan. 3. Uchovi ko‘chaga chiqib ketishdi. 4. Xalqimiz mehnatsevar kishilarni hurmat qiladi.
5. Kamtar kishi hech qachon qo‘pollik qilmaydi. 6. Ko‘rganni eshitgan yengibdi. 7. Yaxshilik ekkan esonlik ko‘radi, yomonlik ekkan – jabr-u zahmat.
28
mashq. Quyidagi so‘zlardan kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga ja- vob bo‘ladiganlarini alohida ustunga ajratib yozing.
Namuna:
|
Kim?
|
Nima?
|
Qayer?
|
|
amaki
|
ariq
|
Andijon
|
Andijon, amaki, ariq, bino, bola, buva, Bo‘stonliq, daryo, do- nishmand, inson, jamiyat, Jizzax, keksa, mehnat, muhandis, non, odam, Olmaliq, paxtakor, qishloq, Toshkent, umr, varrak, vijdon, tog‘, tog‘a, yaxshilik.
2- topshiriq. Matnni o‘qing. Matn yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |