A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

Suvdan foydalanish 
Qishloq xo’jalik 
Sanoat 
Maishiy- kommunal 


40 
yildagiday samarali faoliyat ko‘rsatganida edi, ko‘paytirilgan maydondan (200 ming 
gaga) yaqin qo‘shimcha ravishda 0,5 mln. t. paxta-xom ashyosi olingan bo‘lur edi. 
Bu ko‘rib chiqilayotgan toifa yerlaridan nooqilona foydalanilayotgandan darak 
beradi. Ushbu toifa yerlari uchun bugungi kunda yurilayotgan yer hisobining 
nohaqqoniyligi, ulardan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud emasligi 
xarakterlidir. Kanal va kollektorlarni har bir tozalashda do‘ngliklarni kengayishi 
kuzatiladi, bu hol har doim ham hisobga olinavermaydi; maydonlarni o‘lchash 
chog‘ida ko‘pincha kanallar va kollektorlarni naturada kengliklarini o‘lchash ishlari 
bajarilmaydi; ichki xo‘jalik kanallari va kollektorlarining maydonlari har doim ham 
qishloq xo‘jalik yerlaridan chiqarib tashlanmaydi, yer turlarining tarkibini o‘rnatish 
amaliyoti bu yerda mavjud emas va hak. 
10-jadval 
Suv xo‘jaligi yerlari maydonining o‘sish sur’atlari 1991-2015 y.y* 
Yillar 
1991 
1995 
2000 
2005 
2010 
2015 







yer 
maydoni, 
ming.ga 
618,8 
702,0 
810,2 
825,4 
821,1 
832,4 

Yergeodezikadastr davlat qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha mualliflar tomonidan tuzildi 
Baholash ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqilmagan, sug‘oriladigan yerlar va suv 
fondi maydonlarini ilmiy asoslangan maqbul nisbatlari mavjud emas, ushbu yerlardan 
keyinchalik samarali foydalanish bo‘yicha qandaydir maqsadli dasturlar mavjud 
emas. Hozirgi vaqtda ushbu toifa yerlari etarli darajada aniqlik kiritilmasdan hisobga 
olinadi, ulardan foydalanish samaradorligini baholash amaliyoti mavjud emas. 
11,12,13 
va 
14-jadvallarda 
faqatgina 
sug‘orish kanallari hamda 
kollektor-drenaj tarmoqlarining (gidrotexnik obyektlar va inshootlarsiz) texnik 
ko‘rsatkichlari keltirilgan. Respublika bo‘yicha kollektor-drenaj tarmoqlarining 
bugungi kundagi umumiy uzunligi 132,1 ming km.ni, shu jumladan magistral va 
xo‘jaliklararo–32,0 ming. km va ichkixo‘jalik-100,1 ming.km ni tashkil etadi. 
Joyning ushbu elementi bilan band bo‘lgan maydon mos ravishda 216, ming ga, 
127,9 va 88,4 ming gani tashkil etadi. 1 ga sug‘oriladigan ekinzor maydoniga gektar 
kollektor va zovur maydoni to‘g‘ri keladi. Sug‘orish tarmoqlarining umumiy uzunligi 
197,6 ming kmni, shu jumladan magistral hamda xo‘jaliklararo–27,4 ming kmni va 
ichkixo‘jalik– 170,2 ming kmni tashkil etadi. Joyning ushbu elementi bilan band 
bo‘lgan yer maydoni mos tarzda 118,0 ming gani, 32,9 va 85,1 ming gani tashkil 
etadi. 1 ga sug‘oriladigan ekinzor maydoniga 0,04 ga magistral va xo‘jaliklararo 
kollektorlar, 0,05 ga–ichki xo‘jalik hamda 0,09 ga–jami ushbu elementlar to‘g‘ri 
keladi. Sug‘orish tarmoqlari bo‘yicha-1 ga sug‘oriladigan ekinzorlarga 0,036 ga jami 
sug‘orish tarmoqlari, 0,012 ga magistral va xo‘jaliklararo hamda 0,024 ga ichki 
xo‘jalik kanallari to‘g‘ri keladi. 


41 
Qayd qilish zarurki, kollektorlar, sug‘orish kanallari, ichki xo‘jalik yo‘l 
tarmoqlari, shuningdek gidrotexnik inshootlar bilan band yerlar qishloq xo‘jaligida 
ishlab chiqarish vositalari rolini o‘ynaydi. Ular ichki tarmoq ishlab chiqarishining 
iste’moli uchun foydalaniladi. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksi bo‘yicha bunday yerlar yer solig‘idan ozod qilingan bo‘lsalar-da, bu 
maydonlar yer solig‘iga tortilishi zarur. Sug‘orish, kollektor va yo‘l tarmoqlari bilan 
band yerlarni soliqqa tortish qishloq xo‘jalik Yerlaridan oqilona va samarali 
foydalanishga imkon beradi. 
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida suvdan 
foydalanish va suv fondi yerdan foydalanishida bozor tamoyillarini qo‘llash asosida 
suv fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish zarur. Bunda muhim 
vazifalar bo‘lib, bir tomondan, suv fondi yerlaridan oqilona foydalanishni ta’minlash 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ulardan foydalanish samaradorligini baholash ishlarini 
amalga oshirish imkoniyatlarining mavjudligi hisoblanadi. Birinchi holatda 
obyektlarni mavjudligini maqbul rejimini ta’minlaydigan suv ho‘jaligi tizimlarini 
minimal me’yoriy yer uchastkasi bilan balandligini hamda texnik ko‘rsatkichlar 
tizimini ishlab chiqish va ilmiy asoslash zarur. Bundan tashqari, yerdan 
foydalanishning pullilik tamoyiliga hamda ularni qishloq xo‘jalik jarayonida 
qatnashishiga mos tarzda suv fondi yerlariga asoslangan yer solig‘ini kiritish zarur,bu 
o‘z navbatida ulardan oqilona foydalanishni rag‘batlantiradi. Ushbu yerlardan 
foydalanish samaradorligini baholash uchun baholash ko‘rsatkichlari tizimini ishlab 
chikish zarur. 
Suv fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini baholash uchun o‘z ichiga 
texnik- texnologik hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni jamlagan baholash ko‘rsatkichlar 
tizimi ishlab chiqilishi zarur. Fikrimizcha, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagilar 
bo‘lishi zarur:
-irrigatsiya va kollektor-zovur tarmoqlarini hamda ulardagi injenerli inshoatlarni 
ishchi holatida ushlab turishga to‘la va solishtirma ekspluatatsion harajatlar; 
-sug‘orish suvining kadastr qiymati; 
-sug‘orish suvining tashkiliy qiymati (umumiy va solishtirma, suv manbaasiga 
nisbatan yer uchastkasi joylashgan o‘rnihisobga olgan holda tabaqalashtirilgan); 
-suv fondi yerlaridan yer solig‘i (suv xo‘jaligi tizimi); 
-qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish tannarxida suv ta’minoti va meliorativ 
tadbirlarga sarflanadigan harajatlarning solishtirma miqdori; 
-qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorliklari; 
-sug‘oriladigan yerlarning bonitet balli (tizim bo‘yicha o‘rtacha, AVP bo‘yicha 
tabaqalangan); 
-sug‘oriladigan suvning bonitet balli (tizim bo‘yicha o‘rtacha, AVP bo‘yicha 
tabaqalangan); 
-irrigatsiya tarmoqlarining rentabelligi 


42 
11-jadval 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish