A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv


Bilimni tekshirish uchun savollar



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

 
Bilimni tekshirish uchun savollar: 
 
1.O‘zbekiston yer resurslarining muhimligi va o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan 
iborat?
2.Mamlakat yer fondi tarkibini tavsiflang. 
3.Yer toifalaridan qay biri eng yirik solishtirma qiymatga ega? 
4.Mamlakat yerdan foydalanishlarining asosiy turlarini ayting. 
5.Yer toifalari maydonlarining o‘sish sur’atlarini asosiy sabablarini ayting. 
6.Qaysi yer toifasining maydonlari eng yirik o‘zgarishga uchragan? 
7.Qaysi yer toifasining maydonlari eng kam o‘zgarishga uchragan? 
8.Hududiy belgilari bo‘yicha mamlakat yer fondi tarkibini tavsiflang. 
9.Mamlakatning har bir kishisi hisobiga qishloq xo‘jalik yerlarini solishtirma 
maydonini ayting. 
10.1 kishi hisobiga sug‘oriladigan ekin yerlarining solishtirma maydonini ayting. 
 
 
II BOB. YERDAN FOYDALANISH VA UNDAGI MUAMMOLAR 
 
2.1 Qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanishi 
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi - O‘zbekiston iqtisodiyotning muhim tarmog‘idir. 
Mamlakatning ichki yalpi maxsuloti miqdorida uning ulushi 24,0 % ga yaqinni 
tashkil etadi [37,10 b]. Jami valyuta tushumlarining 45% ga yaqini mamlakat 
agrosanoatining ulushiga tug‘ri keladi. Sug‘oriladigan yerlar ayniqsa yirik qiymatga 
egadir. Uning umumiy maydoni 4,3 mln. gani, shu jumladan 3,3mln.ga 
sug‘oriladigan ekin yerlarini tashkil etadi. «O‘zbekiston – qadim sug‘oriladigan 
mamlakat.Sug‘oriladigan dehqonchilik respublika oziq–ovqat mustaqilligining asosi 
hamda mahsulotlarni eksport qilish manbasidir» [27,191 – 192 b].
Bugungi kunda har yili respublika bo‘yicha 3,7mln. tonnaga yaqin paxta–xom 
ashyosi, 7,5 mln. tonnaga yaqin don hamda 5mln.tonnadan ortik meva–sabzavot 
mahsulotlari etishtiriladi. O‘zbekiston har yili 1,2mln. tonnaga yaqin paxta tolasi, 590 
ming tonna meva–sabzavot mahsulotini eksport kiladi. Paxta tolasi ishlab chiqarish 
bo‘yicha respublika dunyoda 4 o‘rinni hamda uni eksport qilish bo‘yicha esa 2 
o‘rinni egalaydi. Shu sababli ham agrar sohani isloh qilish uzbek iqstisodiy modelini 
tadbiq qilishda eng ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. 


24 
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishi 22,37 mln. gani tashkil etadi, shundan 
4,3 mln. gasi sug‘oriladigan yerlardir. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham O‘zbekiston 
dunyoda etakchi o‘rinni egallaydi. Sug‘orilgan yerlar ulushiga jami qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarining 95% to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jalik yerlari solishtirma miqdorini 
bir qator kamayishiga qaramasdan, ekin yerlari va ko‘p yillik daraxtzorlar 
maydonlarida deyarli o‘zgarishlar yuz bermadi. Bu xol esa qimmatli yerlardan 
foydalanish va muxofaza qilishda ijobiy tendensiyadir (3 - jadval).
Qaralayotgan davrda qishloq xo‘jalik korxonalarining sug‘oriladigan ekin 
yerlari atiga 1% ga, lalmi yerlari–2,8 %, ko‘p yillik daraxtzorlari–8,4% ga qisqargan. 
Shu bilan bir vaqtda bo‘z yerlar 33% ga ko‘paygan, yaylovlar 40,4% ga qisqargan, 
pichanzorlar esa 9,8% ga qisqargan [35]. 
2014 yili mamlakat bo‘yicha paxta maydonlari 48,5% ni, donli ekinlar – 
37,8%, sabzavot va boshqa ekinlar–14,7% ni tashkil etgan. Paxta–xom ashyosi va 
donli ekinlar yitishtirish bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sifat holati hamda ulardan 
foydalanish samaradorligi to‘g‘risida fikr bildirish mumkin (4-jadval). Paxta 
hosildorligini pasayishi tuproq unumdorligini pasayib ketganligidan guvohlik beradi. 
Bu tuproqlar bonitet ballarining dinamikasi bilan tasdiqlanadi. Birinchi galda bu 
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yomonlashganligi bilan bog‘liq. 2014 yil 
01.01. holati bo‘yicha turli darajada sho‘rlangan sug‘oriladigan yerlarning umumiy 
yerlari respublika bo‘yicha 67,3% ni , shu jumladan kuchli sho‘rlangan – 4,2% ni 
tashkil etadi. Eroziya jarayonlariga uchragan yerlarning umumiy maydoni 2 mln. 
gektarga etgan, yirik maydonlar botqoqlangan va suvga bostirilgan, ifloslangan. 
Yirikgina maydonlar sifati yomon sug‘oriladigan yerlarni tashkil etadi, amalda bu 
yerlar xo‘jalik oborotida chiqarilgan (383 ming gektar atrofida) tuproqning bonitet 
balli 1991 yilgi 60 dan [35, 203 b ]. 2008 yili 53 ga tushgan [35] (5-rasm).
Sifatning bunday yomonlashuvi oldingi respublikalar o‘rtasidagi xo‘jalik 
aloqalari buzilishi bilan bog‘liq obyektiv xarakterga ega bo‘lgan qator sabablar Bilan 
tushuntiriladi. Yerlarning meliorativ holati bo‘yicha eng murakkab holatlar ayniqsa 
Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida vujudga kelgan. 
Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarining to‘rtta tumanlarida turli sabablar 
bilan foydalanilmaydigan sug‘oriladigan yerlar to‘g‘risida 5, 6, 7 va 8 jadvallarda 
keltirgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaliklarida ularning maydonlari 5-
6% dan 20% gacha Qiziltepa tumanidagi «Toshrobod» fermer xo‘jaliklari 
birlashmasida esa 60% atrofida tuproqlarning bonitet balli esa 27 ballni tashkil etgan. 
40-45 ballda paxta hosildorligi 16-18 s / gani tashkil etadi, ammo bu ishlab chiqarish 
rentabelligini ta’minlay olmaydi. 
Sug‘oriladigan yerlarning sifat holatini pasayishiga o‘zining befarq emasligini 
bildira turib mamlakat Prezidenti I.A.Karimov yozadi. «Afsuski eng yirik yo‘qotish, 
keyingi yuz yil ichida, regionning aynan ekologik tizimiga qilindi tabiatdan 


25 
foydalanish bo‘yicha, yer va suv boyliklaridan xo‘jasizlarcha foydalanishni 
taqiqlovchi ota–bobolarimizning an’anaviy etikasi tubdan buzildi» [25, 120 b]. 
Iqtisodiy islohotlarning birinchi yillaridagi moliyaviy qiyinchiliklarga 
qaramasdan yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarga 
alohida e’tibor qaratilgan.Respublikada «2005 yilgacha bo‘lgan davrda yer–suv 
resurslaridan foydalanish samaradorligini hamda yerlar unumdorligini oshirish 
dasturi» davlat tomonidan amalga oshirildi. Unda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
-yer resurslarining holati, o‘zgarish sur’ati va foydalanishini monitoringini 
tashkil etish; 
-regionlar xususiyatlarini hisobga olish maqsadida respublika hududini tabiiy–
qishloq xo‘jalik rayonlashtirish;
-har bir xo‘jalikda tuproq bonitirovkasining yangi materiallaridan foydalanish;
-tuproqlar unumdorligini oshirish hamda ular mahsuldorligini ko‘paytirish 
bo‘yicha agromeliorativ tadbirlar o‘tkazish; 
Keyingi 10-15 yil davomida yerlarning meliorativ holatiga investitsiyalar 
amalga oshirilganligiga qaramasdan, ular etarli bo‘lmagan (9-jadval). Masalan, 
kollektor–drenaj tarmoqlarini tozalash ishlarining har yillik xajmlari zaruriy 
miqdorlarining bor-yo‘g‘i 20-25% ini tashkil etgan. O‘rmon himoyalash polosalarini 
yaratish va rekonstruksiya qilish ishlari ham ba’zan etarli darajada amalga 
oshirilmagan, ba’zan esa umuman bunday ishlar bajarilmagan. Dalalarga mineral 
o‘g‘itlar solish, ayniqsa organik ug‘itlar solish maqbul me’yorlarga umuman mos 
kelmaydi. Amaliyot ko‘rsatadiki, yerni chuqur haydash, dalalar yuzalarini tekislash, 
sho‘rini yuvish kabi meliorativ tadbirlar yoki umuman o‘tkazilmagan, yoki bo‘lmasa 
juda ham chegaralangan hajmlarda o‘tkazilgan. Yerlarni sifatini baholash (tuproq 
bonitirovkasi) bo‘yicha doimiy ravishda o‘tkazilayotgan ishlarning natijalari 
ko‘rsatadiki, sug‘oriladigan yerlarning sifatini ijobiy tomonga ko‘tarilishi haligacha 
kuzatilmayapti. 
9-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish 
samaradorligini oshirish va muxofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan tadbirlar 
hozircha etarli emas. Sug‘oriladigan yerlarni sifat holatini tubdan yaxshilash, etarli 
asoslangan investitsiyalarga tayangan kompleks meliorativ tadbirlarni amalga oshiish 
bo‘yicha maxsus davlat dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish talab qilinadi. 
Bu esa, o‘z navbatida, tuproqlar unumdorligini oddiy va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni, sug‘oriladigan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlaydi. 


26 
3 jadval 
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlari tasarrufidagi asosiy yer turlari
tarkibining dinamikasi, 1991-2007 y.y. 
Manbaa * Yergezdezkadastr davlat qo‘mitasi ma’lumotlari 
Yillar 
Jami 
yerlar, 
ming.ga 
Shu jumladan 
Meliorativ 
tayyorgarlik 
yerlari ming. 
ga 
sug‘oriladigan 
ekin yerlari 
lalmi ekin 
yerlari 
ko‘p yillik 
daraxtzorlar 
bo‘z yerlar 
yaylovlar 
pichanzorlar 
ming.ga 

ming.ga 

ming.ga 

ming.ga 

ming.ga 

ming.ga 


Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish