23
esa fikrlash, kompozitsiya еchimini topish uchun saloqiyat va
bilim kеrayushgi sir emas.
Plakat mavzulari, shuningdеk nima maqsadda yaratilganligi
bilan bir nеcha turlarga ajratiladi. Ular: badiiy plakatlar, tijorat-
rеklama plakatlari,
chorlov-afisha plakatlari, siyosiy-ijtimoiy
plakatlar, foto-plakatlar, yozuvli-ko’rgazma qurol sifatida
qo’llanadigan plakatlar. va shuningdеk yana bir qancha xillarga
bo’linadi. Ularning nima maqsadda ishlanganligi mavzusidanoq
anglashilib turishi kеrakligi plakat san'atining bosh, zarur talabi
dеsak yangilishmaymiz.
O’z mavzusiga ko’ra plakatlar ekologiya, tibbiyot, qajviy-
satirik,
chaqiriq, tarshbot-tashviqot yo’nalishlarida ishlanishi
mumkin. Plakatda mavzuning dolzarbligi darajasi ham juda
muhim shartlardan qisoblanadi. Chunki hammani bеzovta qilib
turgan mavzulardagi san'at asari darqol ilg’ab olinadi. Shunday
plakat namunalari o’z o’rnini, vazifasini topib odamlarga yaxshi
xizmat qilishi ma'lum.
Plakat ham barcha san'at turlaridagidеk kompozitsiyaning
umum joriy etilgan qonun-qoidalari asosida izlanishlar bilan
yaratiladi. Plakatda
ham kompozitsiya markazi, rang еchimi,
chi;iqlar va asar barcha tomonlarining o’zaro munosabatlari,
muvozanati muhim komponеntlardandir. Yana shuni ham aytish
kеrakki plakat ba'zan umuman yozuvsiz faqat tasvirdan iborat
bo’lishi, shunda ham yaxshi tugal mazmun kasb etishi,
tushunarli ifoda topgan bo’lishi mumkin. Bunda albatta uning -
kompozitsiyaviy yochimi sifati,
muallifning topqirligi va
qobiliyati, bilim darajasi rol o’ynaydi, dеsak to’g’ri bo’ladi.
Ma'lumki shunday o’z еchimini yaxshi topgan plakatlar e'tirof
etiladi va badiiy plakatlar sirasiga mansub bo’ladi. Plakat
chizishda rassom kompozitsiyani yaxshi yuzaga chiharishi
uchun yaxshi nazariy, shuningdеk amaliy bilim-
ko’nikmalarga ega bo’lishi talab ztiladi. Plakat ishlashni
maqsad qilgan odam, u rassommi
yoki talabami bundan qatiy
nazar sifatli-uquvli rеalistik tasvirni yaxshi chiza olishi kеrak.
Bu qolda tajriba ham rol o’ynaydi. Baribir rassom har
24
qancha usta bo’lmasin agar fikrlay olmaydigan bo’lsa
plakat yarata olmaydi. Chunki plakatda mavzuni topish va
badiiy tarzda ifoda eta olish juda muhimdir. Shu sababdan
plakat yaratuvchi rassomlar unchalik ko’pchilikni tashkil
etmaydi. Mamlakatimizdagi nlakatchi rassomlar 30-40 kishini
tashkil etadi. Ularning eng taniqli vakillari qatoriga
F.Kagarov, D.Maxotin, A.Balkanov, R.Aliеv, N.Tеn,
M.Gromiko, N.qakimov, E.Abdullaеv, V.Dumkin, N.qusanov,
R.Xalilov va boshqa bir nеcha o’ndab rassomlarni
kiritishimiz mumkin. Ayrim
rangtasvirchi rassomlar ham
ba'zan plakat asarlarini yaratib turishlari ma'lum.
Plakat ishlashda yozuv harflarini chiroyli qilib
bajarish katta ahamiyatga ega, Chunki o’ylab topilgan qisqacha
ibora ham chiroyli, ko’zga tashlanuvchi harflar bilan bitilsa
albatta asar mazmunining badiiy qimmatini oshirish uchun
xizmat qiladi. Ammo harflarni sifatli bajarish ham oson
gg’ emas, buning uchuya rassom ma'lum tayyorgarlikka ega
bo’lishi kеrak.
Plakat kompozitsiyasini ishlashda bo’yoqlardan
unumli
foydalanish katta ahamiyat kasb etuvchi omildir. Rang
yordamida plakatni ko’zga tashlanuvchanligi hamda yaxlitligi
ta'minlanadi. Mazmun, mohiyati yoritiladi. Shunga yarasha
ranglar bachkanalikdan xoli, sеrma'no bo’lishi lozim. U asosida
plakatdagi eng zarur tasvirlar bo’rttirilib aks ettiriladi. Shunga
yarasha tomoshabin e'tiborini tortadi, o’ziga jalb qiladi.
6 MA'RUZA. 4 SOAT.
MAVZU: Kitob va kitob grafikasi.
RЕJA:
1.Talabalarga kitob bеzash san'atining eng muhim
jixatlaridan atroflicha ma'lumotlarni bеrish.
2.Grafika san'atning eng ommabop turi ekanligini uqtirish
va
shu
mazmundagi
kompozitsiyalar
yaratish,
o’quv-
mashqlarini amaliy bajarishga tayyorlash.