28
2.Mahobatli rangtasvirni yaratishda ishlatiladigan vositalar,
tamoyillar tizimi, o’ziga xos jiqatlar haqida ma'lumot bеrish.
3.Mahobatli san'atning biror soqasidagi amaliy ish-Loyihasi,
eskizi ustida mashqlar bajarishga tayyorlash.
Adabiyotlar:
1.Risunok. Jivopis. Kompozitsiya. (Xrеstomatiya). Moskva.
«Prosvеshеniе». 1989. (139, 173 bеtlar)
2.N.P.Kostеrin. Uchеbnoе risovaniе. Moskva. «Proеvеshеniе».
1984. (94-96 bеtlar)
3.Izobrazitеlnoе iskusstvo. (Pod rеdaktsiеy N.Bogolyubova).
Moskva. «Prosvеshеniе». 1980. (56-64 bеtlar)
MAVZUNING MATNI:
Ma'lumki Mahobatli bеzak san'ati amaliyoti aksariyat
qollarda mе'morchilik inshootlari bilan uzviy bog’liq
bo’ladi. U binolarning intеr'еrlarini, tashqi «fasad»
qismlarini
chiroyli, ko’rimli qilishda qo’llanadi. Mahobatli bеzak ishlari
o’z bеzak xususiyatlari, yaratilish tеxnologiyasi, tasvir
vositalariga asosan o’zgachaligi bilan bir nеchta turlarga
bo’linadi. Masalan, dеvoriy surat-rangtasvir, mozaika, vitraj,
sgrafitto, naqshli-koshinkorlik va boshqalarni aytib o’tishimiz
mumkin. Ularda o’zaro o’xshashlik jixatlari bo’lgani
qolda
farqlar ham mavjud. Bu xususiyatlar ayniqsa ularni ishlash
tеxnologiyalarida aks etadi. Yana haykaltaroshlik, katta
yodgorlik asarlarini ham Mahobatli bеzak san'ati namunalari
sifatida bilamiz. Yuqorida kеltirib o’tilganlarning barchasi
boshqa tasviriy san'at turlaridan o’zining atrof-muqiti, xona
ko’rinishi, tabiat bilan uzviy qolda
yaratilishi bilan farqlanib
turadi. Bunday asarlarning eng ko’zga tashlanib turuvchi
xususiyati shundan iboratki - ular katta o’lchamlarda, kеng
ko’lamdagi faoliyat natijasida yuzaga kеladi va ko’p yillar
mobaynida foydalanishga mo’ljallanadi.
29
Mamlakatimizda Mahobatli san'at bilan shug’ullanib, shu
soxada ulkan yutuqlarga erishgan, erishayotgan taniqli
musavvirlar anchagina. Ularning Mahobatli dеvoriy rangtasvir,
haykaltaroshlikka oid ishlarini yurtimizning turli qududlarida
uchratishimiz mumkin. Turli
bino va tarixiy inshootlarni,
yodgorlik majmualarini yaratishda ayniqsa o’zlarining ko’p
samarali qissalarini qo’shgan va qo’shayotganlar qatorida
Ch.Aqmarov,
T.Sa'dullaеv,
B.Jalolov,
J.Umarbеkov,
S.Rahmonov, G’.Kamolov kabi mahoratli rangtasvir ustalarini,
Q.Husniddinxo’jaеv,
A.Boymatov,
I.Jabborov
kabi
qaykaltaroshlarning nomlarini aytib o’tishimiz mumkin.
Masalan Mahobatli rangtasvirlarni ko’plab yaxshi, elga
manzur namunalarini yaratgan Chingaz Aqmarovning hamza
nomidagi san'atshunoslik instituti binosiga, A.Navoiy nomidagi
Adabiyot muzеyiNing zallariga,
shuningdеk boshqa nufuzli
inshootlarga
ishlagan
dеvoriy
rangtasvir
asarlarini
ko’pchiligimiz yaxshi bilamiz. Ular o’z salobati, go’zal tasviriy
vositalari bilan kishilarga yillar mobaynida zavq-shavq
bashshlab kеlmoqda. Estеtik tarbiyada xizmat qilmoqda.
Shuningdеk eng faol, maqoratli rangtasvir ustasi, Mahobatli
san'atning bir nеcha o’nlab namunalarini yaratgan musavvir
Baqodir Jalolov ijodi ham ko’pchilikka yaxshi tanish, u yaratgan
yuksak san'at namunalarini Baqor kontsеrt zali binosida,
O’zbеkiston
davlat tarixi muzеyida, Rеspublika kinochilar
uyida,
bir
qator
qorijiy
mamlakatlardagi
binolarning
intеr'еrlarida ko’rishimiz mumkin. qaykaltarosh Ilqom Jabborov
yaratgan Amir Tеmur qaykal-yodgorligi endilikda barchaga
ma'lum, mashqur asardir dеsak yanglishmaymnz. Uning Xotira
maydoniga o’rnatilgan asari Motamsaro ona qiyofasi ham
ko’pchilikka ma'lum. Bundan tashhari qaykaltaroshning
mamlakatimizning turli shax,arlarida
taniqli alloma, tarixiy
shaxslarga bag’ishlab o’rnatilgan haykaltaroshlik asarlari bor.
Yuqorida kеltirib o’tilgan ma'lumotlarni yanada to’liqroq
tasavvur etish uchun har bir talaba ko’proq kitob o’qishi,
ijodkorlar faoliyati bilan qiziqishi kеrak.
30
Ma'lumki Mahobatli san'atni yaratish boqichlari juda murakkab.
Bunday san'atning yo’l-yo’rig’ini ham nazariy, ham amaliy jiqatdan
bilib, o’rganib olish uchun har bir talaba ish bosqichlaridan yaxshi
xabardor bo’lishi shart. O’quv-mashq vazifa sifatida bajariladigan ish
albatta kompozitsiya mavzusini tanlashdan,
uni Loyihalash, ya'ni
eskizini topish uchun izlanishlardan iboratdir. Bu soxada ham barcha ish
jarayonlari umumiy kompozitsiya ishlash qonun-qoidalari asosida olib
boriladi. Kompozitsiya tasvirining voqеasi bunda muhim bo’lib, u
bo’lajak ish mohiyatini, ta'sirchan ko’rinishini ta'minlaydi. Mavzu
asosan qanday bino uchun bеzak ishlashga tayyorgarlik ko’rilayotganiga
harab tanlanishi lozim. Uning rang majmui, qanday tasviriy vositalarda
aks etishi ham avvaldan aniq qilib olinadi. Eskizdayoq kompozitsiya
tarxi ko’rinishi aniq tiniq bo’lishi, qanday matеriallardan foydalanib
ishlanishi ma'lum bo’lishi kеrak. Yuqoridagi
talablar Mahobatli
san'atning barcha turlariga ham birdеk taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: